d) Sog’im qo’shig’i
. Sigir, qo’y, echki, biya, tuyalarni sog’ishda erkalash
ohangida aytiladigan qo’shiqlarni sog’im qo’shiqlari deyiladi. Sigir sog’ish bilan
bog’liq qo’shiqlar – «ho’sh-ho’sh» yoki «ho’shim» deyiladi.
Ular ham boshdan-
oyoq govmish sigirga murojaat shaklida to’qilgan bo’lib, sutli sigir mehnat ahli
ro’zg’orini to’kin qiladigan xazina deb ardoqlanadi, sog’ish
paytida silab-siypab
aytilgan qo’shiq govmishni iydiradi:
Saralab eding o’tingni, ho’sh-ho’sh,
Iyib bergin sutingni, ho’sh-ho’sh,
Olmazor buloq o’ting bor, ho’sh-ho’sh,
Oqar buloq suting bor, ho’sh-ho’sh.
e) Hunarmandchilik qo’shiqlari
. O’zbek xalq qo’shiqlari orasida
hunarmandchilik qo’shiqlari anchagina salmoqli o’rin egallaydi.
Bunday
qo’shiqlarda hunarmand yoki kosibning uzoq tarixiy sharoitlardagi moddiy va
ma`naviy hayoti, ichki ruhiy kayfiyati ibtidoiy ish qurollari tufayli tug’ilgan
mehnat mashaqqati bilan qo’shilib tasvirlanadi:
Bo’z to’qiymiz qirog’ini o’xshatib,
Moki otaman dastginamni qaqshatib,
Bozordagi shoyilardan yaxshi etib,
Nafisdan o’xshagan bo’zim yaxshidir.
2. Mavsum-marosim va urf-odat qo‟shiqlari
. Insonning yashash va hayot
kechirish tarzi, yilning to’rt fasli, mehnat oylari,
bayramlar, urf-odatlar,
marosimlar, mavsumiy ish-harakatlar bilan bog’liq ravishda juda ko’p qo’shiqlar
yaratilgan. Marosimlar, odatlar, turli-tuman bo’lganidek, bularga bag’ishlangan
qo’shiqlar ham xilma-xildir:
boychechakning ochilishi, yangi yil – navro’zning
kelishi, bahor yomg’iri, laylak kelishi, ekinlarning pishishi,
xirmon quvonchi,
donlarni qushlardan saqlash singari voqealarga qo’shiq bag’ishlangan. Qo’shiqlar
xalqning oila bayramlarini, marosimlarini bezab kelgan. Mavsum va marosim
bayramlarida kishilar o’yin-kulgi qilgan,
dam olishgan, yangi mehnat faoliyatiga
ilhomlanganlar.
a) Alla
. Bolalarni uxlatish vaqtida onalar tomonidan kuylangan qo’shiqlar
alla deb ataladi. O’tmish alla qo’shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum
sharq onasi obrazi gavdalanadi.
Uning betinim xatti-harakati, beminnat mehnati
tufayligina murg’ak go’dak ulg’ayadi, voyaga etadi.
b) YO, ramazon
. eski yil kalendaridagi ramazon oyida bolalarning (ilgarigi
zamonda kattalarning ham) hovlima-hovli yurib aytadigan qo’shiqlari edi.
v) Sus xotin
. Qurg’oqchilik munosabati bilan yomg’ir chaqirish marosimida
aytiladigan «Sus xotin», «Talabi boron» («YOmg’ir talab») qo’shiqlari turli irimlar
qadimdan qolgan animistik tushunchalar bilan bog’langan.