tahlil qilish mumkin. O’zbek fol’klori asarlari,
avvalo ikki katta gruppaga
bo’linadi:
1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog’liq asarlar.
2. Turli urf-odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lmagan fol’klor janrlari.
Birinchi gruppaga:
a) mehnat qo’shiqlari (ho’p-mayda, turey-turey, churey-churey, ho’sh-ho’sh
va boshqalar);
b) mavsum qo’shiqlari;
v) marosim qo’shiqlari (tug’ilish, to’y, aza va boshqalar);
g) olqish, afsun va qarg’ishlar;
d) aytimlar kiradi.
Ikkinchi gruppa epik (doston, ertak, afsona, rivoyat, lof, latifa), lirik
(qo’shiq, ashula, terma), dramatik (aksiya, og’zaki drama) va kichik (maqol,
topishmoq) janrlarni o’z ichiga oladi. Har bir janr o’z navbatida yana ichki turlarga
bo’linadi. Masalan, ertaklarni hayvonlar haqidagi, sehrli, fantastik,
hayotiy-
maishiy va hajviy turlarga bo’lish mumkin.
Asosan mustaqil to’rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi,
el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunalariga qo’shiq deyiladi.
Qo’shiq termini keng ma`noda bo’lib, xalq she`riyati, lirik qo’shiqlar, xalq lirikasi,
ashulalar degan umumiy nomlar ostida yuritilib kelinadi. SHu bilan birga, uning
konkret namunalarining o’z nomlari bor. Masalan, «YOr-yor», «O’lan», «Lapar»,
«Lirik terma», «Alla», «Bayt-g’azal», «Kelin salom», «Xush kelibsiz», «Yig’i» va
boshqalar. Qo’shiqlarni ijro etuvchilar qo’shiqchi, go’yanda, ashulakash
(ashulachi), laparchi, o’lanchi deb nomlanadi. Qo’shiqlarda
ham kollektivlik,
og’zakilik, variantlilik, anonimlik kabi xususiyatlarni ko’ramiz. Ular, asosan,
barmoq vaznida yaratilgan bo’lib, ba`zan aruzda to’qilganlari ham uchraydi. Xalq
qo’shiqlari uchun musiqiylik, ravonlik, kuylashga (ijrochilikda ko’pchilik yoki
yakka) moslik xosdir.
Qo’shiq termini birinchi
marta XI asrda yozilgan, ilmiy adabiyotlarning
bizgacha etib kelgan eng qadimiysi hisoblangan Mahmud Koshg’ariyning
«Devonu lug’otit turk» asarida
qoshug’
shaklida berilgan bo’lib, bu so’zning izohi
she`r, qasida deb ko’rsatilgan. SHuningdek, «qo’shiq» so’zini YUsuf Xos
Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Zamaxshariyning
«Muqaddimatul-adab» lug’atida ham xudi shu ma`nolarda uchratamiz. Xususan,
Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon» va Zahiriddin Bobirning «Risolai aruz»
asarlarida qo’shiq so’zi surud, ayolg’u, lahn,
turki tarona, ashula, o’lan, chipga
(chinka) nomi bilan ham tarqalgan, ular qo’shiqning turli janrlarini atash uchun
qo’llanilgani bayon qilinadi.