g) YOrg’ichoq qo’shiqlari
. YOrg’ichoq deb atalgan qo’l tegirmonini kuni
bo’yi aylantirish mashaqqatli mehnat. Bug’doy, arpa, jo’xori, tariqni un qila turib
aytiladigan qo’shiq mehnat kishisiga hamroh. Og’ir toshning g’o’ldirab, bir joyda
aylanib turishi ohangida to’qilgan qo’shiqlar ham vazmin, ham cho’zib aytiladigan
bo’ladi:
YOrg’ichoq torta-torta toldi qo’lim,
Ikki tosh orasida qoldi qo’lim.
d) Sog’im qo’shig’i
. Sigir, qo’y, echki, biya, tuyalarni sog’ishda erkalash
ohangida aytiladigan qo’shiqlarni sog’im qo’shiqlari deyiladi. Sigir sog’ish bilan
bog’liq qo’shiqlar – «ho’sh-ho’sh» yoki «ho’shim» deyiladi. Ular ham boshdan-
oyoq govmish sigirga murojaat shaklida to’qilgan bo’lib, sutli sigir mehnat ahli
ro’zg’orini to’kin qiladigan xazina deb ardoqlanadi, sog’ish paytida silab-siypab
aytilgan qo’shiq govmishni iydiradi:
Saralab eding o’tingni, ho’sh-ho’sh,
Iyib bergin sutingni, ho’sh-ho’sh,
Olmazor buloq o’ting bor, ho’sh-ho’sh,
Oqar buloq suting bor, ho’sh-ho’sh.
e) Hunarmandchilik qo’shiqlari
. O’zbek xalq qo’shiqlari orasida
hunarmandchilik qo’shiqlari anchagina salmoqli o’rin egallaydi. Bunday
qo’shiqlarda hunarmand yoki kosibning uzoq tarixiy sharoitlardagi moddiy va
ma`naviy hayoti, ichki ruhiy kayfiyati ibtidoiy ish qurollari tufayli tug’ilgan
mehnat mashaqqati bilan qo’shilib tasvirlanadi:
Bo’z to’qiymiz qirog’ini o’xshatib,
Moki otaman dastginamni qaqshatib,
Bozordagi shoyilardan yaxshi etib,
Nafisdan o’xshagan bo’zim yaxshidir.
2. Mavsum-marosim va urf-odat qo‟shiqlari
. Insonning yashash va hayot
kechirish tarzi, yilning to’rt fasli, mehnat oylari, bayramlar, urf-odatlar,
marosimlar, mavsumiy ish-harakatlar bilan bog’liq ravishda juda ko’p qo’shiqlar
yaratilgan. Marosimlar, odatlar, turli-tuman bo’lganidek, bularga bag’ishlangan
qo’shiqlar ham xilma-xildir: boychechakning ochilishi, yangi yil – navro’zning
kelishi, bahor yomg’iri, laylak kelishi, ekinlarning pishishi, xirmon quvonchi,
donlarni qushlardan saqlash singari voqealarga qo’shiq bag’ishlangan. Qo’shiqlar
xalqning oila bayramlarini, marosimlarini bezab kelgan. Mavsum va marosim
bayramlarida kishilar o’yin-kulgi qilgan, dam olishgan, yangi mehnat faoliyatiga
ilhomlanganlar.
a) Alla
. Bolalarni uxlatish vaqtida onalar tomonidan kuylangan qo’shiqlar
alla deb ataladi. O’tmish alla qo’shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum
sharq onasi obrazi gavdalanadi. Uning betinim xatti-harakati, beminnat mehnati
tufayligina murg’ak go’dak ulg’ayadi, voyaga etadi.
b) YO, ramazon
. eski yil kalendaridagi ramazon oyida bolalarning (ilgarigi
zamonda kattalarning ham) hovlima-hovli yurib aytadigan qo’shiqlari edi.
v) Sus xotin
. Qurg’oqchilik munosabati bilan yomg’ir chaqirish marosimida
aytiladigan «Sus xotin», «Talabi boron» («YOmg’ir talab») qo’shiqlari turli irimlar
qadimdan qolgan animistik tushunchalar bilan bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |