Davlat universiteti «O„zbek xalq og„zaki ijodi»


Ardvisura Anaxita haqida mif



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/50
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#496050
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
ozbek xalq ogzaki ijodi

Ardvisura Anaxita haqida mif
. «Avesto»da Anaxita zabardast, xushqomat, 
kamarini baland bog’lagan, to’g’ri so’z, marhamatli go’zal qiz sifatida namoyon 
bo’ladi. U kishilarga kuch-qudrat baxsh etuvchi, suvning mo’l bo’lishini 
ta`minlovchi ma`buda. Xudo ibtidoiy kishilar tasavvurida mavhum tushuncha, 
xayoliy mavjudot emas, balki u yoki bu mehnat quroli bilan qurollangan real siymo 
edi. 
«Avesto»da shuhrat topgan qahramonlarning yovuzlik timsoliga (Aji Dahok, 
dev va sehrgarlar) qarshi qo’yilgan qismlar bor. Ularda tasvirlanishicha, 
yovuzlikka qarshi chiqqan pahlavon jang oldidan g’alaba qozonishni so’rab, 
muqaddas homiyga sig’inadi, iltijo qiladi: «O, marhamatli, zabardast Ardvisura 
Anaxita, menga madad ber, uch og’iz va uch boshli, olti ko’z va ming xil kuchlar 
sultoni, bahaybat Aji Dahok ustidan g’olib chiqay». SHunday ekan, bu motiv ertak 
va dostonlardagi qahramonlarning ajdar bilan jang qilish epizodini eslatadi. 
Demak, ana shu jang motivi mazkur kitob yaratilmasdan burun ham xalq og’zida 
mavjud bo’lgan. Kitob avtori Zaratushtra ana shu motiv shuhratidan foydalangan 
va uni o’z g’oyasi uchun xizmat qildirgan. Anaxita, asosan suv va hosildorlik 
ma`budasi bo’lgan. Anbarona esa Anaxitaning keyingi variantidir. 
Kayumars va Jamshid haqida miflar
. Kayumars haqida mif qadimgi O’rta 
Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Uning turli xil variantlarini qadimiy yozma 
manbalardan «Avesto», «Tarixi Tabariy» hamda Abu Rayhon Beruniyning 
«O’tmish asrlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida, Firdavsiyning 
«SHohnoma» asarida ko’rish mumkin. Kayumars «Avesto»da, asosan Gaya 
Maretan, ba`zi o’rinda esa Gaya Martan deb yuritildi. «G’iyosul lug’at»da esa 
Kayumars Gavomard deb ko’rsatiladi. Arxeolog S.P.Tolstovning fikricha, 
Gavomardning ma`nosi inson-buqa. U Amudaryo bo’yida yashagan. Bo’yi 
daryoning u beti bilan bu betiga etgan. Gavomard – Kayumars Xorazmda 
yashagan. 
Ushbu mifning Beruniy asaridagi bayoniga ko’ra, Axrimanning yomon 
qilmishlaridan xudo hayratda qoladi. Uning peshanasidan ter chiqadi. Terni artib 
tashlaganda, ter donasidan Kayumars tug’iladi. Xudo Kayumarsni Axriman yoniga 
jo’natadi. Kayumars Axriman yoniga etib kelib, uning elkasiga minib oladi vash u 
holda dunyoni aylana boshlaydi. Nihoyat, Axriman bir hiyla bilan Kayumarsni 
elkasidan uloqtirib tashlaydi va uning ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi 
tomoningdan eyay, deb so’raydi Axriman. Oyoq tomonimdan, deb javob beradi 
Kayumars, toki dunyo go’zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars 
Axrimanning u aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni 
boshi tomonidan eya boshlaydi. Beliga etganda Kayumarsning urug’donidan ikki 


dona erga tushadi. Ulardan o’simlik o’sib chiqadi. O’sha o’simliklardan bir o’g’il, 
bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo’ladi. 
Mifda Kayumars erda paydo bo’lgan birinchi odam sifatida ta`riflangan. 
Kayumars yaxshilik va ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi haqidagi ibtidoiy 
ishonchning obrazli ifodasidir. 
Mifning qisqacha mazmuni quyidagicha: O’tgan zamonda Nuh payg’ambar 
bo’yi bulutga etadigan bir duradgor ustani chaqirib, kema yasab berishni so’rabdi. 
Bu odamning nomi Odami Od ekan. U nihoyatda baland bo’yli, kuchli bo’lib, 
daryo va dengizda baliqni ushlab, quyosh issig’iga tutib pishirib, eb keta berar 
ekan. Odami Od Nuh payg’ambarni elkasiga mindirib toqqa olib chiqibdi. Qaerda 
baland daraxt bo’lsa, kema uchun kesmoqchi bo’libdi. Tog’da to’rtta katta chinor 
bor ekan. U chinorlarni tomir-pomiri bilan sug’urib olib, o’z elkasiga ortib, ustiga 
Nuh payg’ambarni o’tqazib, dengiz bo’yiga ravona bo’libdi. Odami Odning qorni 
hech ovqatga to’ymas ekan. Nonushtasiga bir hovuz suvga non to’g’rab er ekan. 
Odami Od kemani bitiribdi. Hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o’zi 
kemani torta ketipti. 
Hikoyada Odami Od odamlar ajdodi birinchi odam sifatida namoyon 
bo’lgan. Mazkur naqlda qadimgi inson dunyoqarashi o’z ifodasini topgan. Od so’zi 
tojik va fors tilida ulkan odam ma`nosini bildiradi. Binobarin, mifologik obraz 
qadimiy urug’lardan birining himoyachisi, homiysi bo’lgan bo’lishi kerak. Od 
naqlda umumxalq manfaatini ko’zlab ish tutadi. Nihoyatda ulkan va g’ayri tabiiy 
kuchga ega.
Demak, mazkur mif didaktik mazmun kasb etgan. Umuman olganda, mif, 
afsona, asotir, rivoyat va boshqa qadimgi asarlarda insoniyatni yaxshilikka 
etaklash, ezgulik asosida tarbiyalash bosh mavzu qilib tanlanganligini ko’ramiz. 
Bir so’z bilan aytganda, bu janrlar tom ma`nodagi didaktik masalalarni qamrab 
olgan va asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Hozir ham bu noyob 
asarlar o’z qimmati yo’qotgan emas. Bu manbalar yozma adabiyotga ham kata 
xizmat qilib kelmoqda.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish