MEHNAT FAOLIYaTI
2006 – 2010 yy.- Andijon davlat universitetida talaba
2010 –2012 yy.- Andijon davlat universitetida magistr
2012 - h.v. – Andijon davlat universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasida assistent
“Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan
foydali maslahatlar
“Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo`yicha foydali maslahatlar
Yurtboshimiz Islom Karimov milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta`riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo ma`suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. ».
«Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» T. «O`zbekiston», 2000 yil. 7 bet.
Yurtboshimiz Islom Karimov milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta`riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo ma`suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. ». «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» T. «O`zbekiston», 2000 yil. 7 bet
«Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar » fanining asosiy vazifasi esa o`z tizimidagi bilim va tushunchalarning barchasini pedagogik tamoyillar asosida, ma`rifiy yo`llar bilan talabalar ongiga singdirish. Shu asosda ularda yangicha dunyoqarash va mafkuraviy immunitet asoslarini, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish, yosh avlod ongida g`oviy bo`shliq vujudga kelishiga yo`l qo`ymaslikdan iboratdir.
Mustaqillik yillarida to`plangan tajriba va ijtimoiy hayot rivoji aslida inson, jamiyat g`oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko`rsatdi. Zotan, odamzot o`zining ruhi va shuuridagi ko`pdan-ko`p savollarga javob bo`ladigan, uni doimiy faoliyatiga undab turadigan hayotbaxsh g`oyaga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi inson qalbi va ongida ham bo`shliq bo`lmaydi. Jamiyat hayotida sog`lom g`oya ustivor bo`lib turmasa, odamlarning qalbi va ongini yot, zararli g`oyalar egallab, halqning turmush tarzini izdan chiqaradi. Xuddi dunyoning boyligi turli kuchlar o`rtasida talash bo`lganidek, insonlarning qalbi va ongini egallab, ularni o`z qo`lidagi qurolga aylantirish maqsadi ham jahonda har xil tajovuzkor oqim va ta`limotlarni o`zaro kurashga undashi, ayniqsa, bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Prezidentimiz milliy istiqlol g`oyasining vazifasi haqida to`xtalib shunday degan edi: «Men milliy istiqlol g`oyasi bugun tez sur`atlar bilan o`zgarayotgan dunyoda o`zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanimizni his etib yashashga bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o`sib kelayotgan avlodga etkazishga xizmat qilmog`i zarur, deb bilaman» (o`sha kitob, o`sha bet)
Bu orzu-umidlar va intilishlarni amalga oshirish ushbu fanni o`qitishda bir qator talablarga ahamiyat berishni zaruratga aylantiradi.
Mazkur tavsiyalarga amal qilish ushbu fanning mohiyati, tushunchalari, tamoyil va xususiyatlarini atroflicha ochib berishga xizmat qiladi. Bu fan o`qituvchisi amaliy mashg`ulotlar olib borishda o`ta ma`suliyat, alohida kuyinchaklik bilan yondoshib, har bir mashg`ulotni yuqori saviyada olib boradilar.
“Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” faniga oid
Do'stlaringiz bilan baham: |