Tarixi
Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. taxminan mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — jomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan. Oʻsha davr moddiy yodgorliklarini oʻrganish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini koʻrsatadi. Mil.av. 2-ming yillik mobaynida janubiy moʻgʻul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillik arafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Mil.av. 5—4-asrlarda dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, metall qurollar qoʻllanilgan. Mil.ning boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilik paydo boʻldi. 4-asr oʻrtalarida tashkil topgan yirik qabilalar ittifoqi — Yamato asoshida ilk yapon davlati tarkib topdi. 5-asrdan iyeroglif yozuvi, 6-asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari tashqi aloqalarda "tenno" unvonini qoʻllay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga "imperator" soʻzi bilan tarjima qilinadi. 646 yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi, aholi esa davlat chek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy maʼmuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt Kioto (Heyan)ga koʻchirildi. 8-asrda mamlakat janubidagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. 10-asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (shoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. 11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-asrning oʻrtalarida Honshudan shimoli-sharqda Minamoto, janubi-gʻarbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi 1185 yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi. 1192 yilda shimoli-sharqliklar oʻz sardorlari Yoritomo Minamotoni shogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Imperator sulolasi shogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan moʻgʻullar 1274 va 1281 yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo boʻlgan kuchli tayfun moʻgʻul qoʻshinlarini halok qildi. Yaponiya tarixida bu tayfun "kamikaze" ("ilohiy shamol") nomini oddi. 13-asrdan savdo va hunarmandchilik korporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka oʻtildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1485—93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamashiro qoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya oʻrtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning oʻrtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603 yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz. Tokio)ga koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867 yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatʼiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni oʻrnatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni koʻrishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat mustamlaka boʻlishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri boʻddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgʻor oʻringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo boʻla boshladi. 1854—58 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻddi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambagʻallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meyji isin sodir boʻldi, shogun hukumachi agʻdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qoʻliga oʻtdi. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy islohotlar yoʻliga oʻtib, tezlashgan modernizatsiya orqali gʻarb davlatlari darajasiga yetishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.
1869-yilda poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, oʻrniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa oʻrniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] taʼsis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat boʻylab koʻchib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda oʻtkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qoʻliga oʻtdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga ishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya qabul qilindi, 1890 yilda parlament taʼsis etildi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894 yilda Koreyada qoʻtarilgan dehqonlar qoʻzgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledao orollarini, rusyapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shimoliy Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan shartnomalar asosida oʻzaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qoʻgarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avgustda Yaponiya Koreyani oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa rayonlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi.
Birinchi jahon urushi boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari Uzoq Sharqdagi oʻz mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya Olmoniyaga qarshi urush ochdi va oktyabrda Olmoniyaga qarashli Marshall, Mariana, Karolina orollarini, shuningdek, Xitoyning Shanʼdun provinsiyasini u yerda Olmoniya ijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachilik siyosati kuchayib 1918—22 yillarda Uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha oʻlkalarni ishgʻol etib turdi. 1920 yildan Yaponiya iqtisodiyotida tushkunlik boshlanib, u 1925 yilgacha davom etdi. 1925 yil 20 yanvar dan Yaponiya bilan sobiq SSSR oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida Pekin konvensiyasi imzolandi. 1926 yil 25 dekabrda Yaponiya taxtiga imperator Hirohito (1901—89) oʻtirdi. 1929—33 yillarda boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistik diktatura oʻrnatishga intiluvchi oʻta reaksion "yosh ofitserlar" guruhi faollashdi. 1931 yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga kirishdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi. 1936 yil 25 noyabrda Yaponiya fashistlar Germaniyasi bilan "Antikomintern pakti"ni imzoladi. 1937 yil iyulda Xitoyni bosib olish uchun urush boshladi va 1938 yil uning butun sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya qoʻshinlari shoʻro armiyasi tomonidan Hasan koʻli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSHning Janubiy Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga oʻtdi. 1940 yil Hindixitoyning shimoliy qismini bosib oldi. Shu yil 27 sentyabrda Olmoniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida "Uchlar pakti" imzolandi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniya va Italiya ittifoqchisi sifatida qatnashdi.
1941-yil 7 dekabrda Yaponiya AQShning PyorlXarbordagi harbiy bazasiga hujum qilishi bilan Ikkinchi jahon urushiga kirdi. 1942 yilYaponiya imperiyasi Buyuk Britaniya va Fransiyaning Janubiy Sharqiy Osiyodagi koʻplab mustamlakalarini egallab ulkan hududni oʻz nazoratiga oldi. Ammo 1943 yildan egallagan hududlarini yoʻqota boshladi. 1945 yil AQSH harbiyhavo kuchlari Yaponiyaning Hiroshima (6 avgust) va Nagasaki (9 avgust) shahrilariga atom bombasi tashladi. Sovet hukumati 1945 yil 9 avgustda Yaponiyaga qarshi Manjuriya strategik operatsiyasini boshladi. 1945 yil 2 sentyabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻlganligi toʻgʻrisidagi aktga imzo chekdi va uning hududini ittifoqchilar nomidan AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qildi. 1946—48 yillarda boʻlib oʻtgan Tokio sud jarayonida asosiy yapon harbiy jinoyatchilari jazoga tortildi.
Urushdan soʻng Yaponiyada tub siyosiy va ijtimoiyiqgisodiy islohotlar oʻtkazilib, qurolli kuchlar va oʻng tashkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistik konsernlar qayta tashkil etildi. 1947 yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaro mojarolarni qurol kuchi bilan hal qilishdan va shu maqsadda qurolli kuchlar tuzishdan voz kechdi.
1951 yil 8 sentyabrda Yaponiya bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqalar davlatlar oʻrtasida San Fransisko sulh shartnomasi imzolanib, mamlakat suvereniteti tiklandi hamda Yaponiya bosib olgan barcha mustamlakalaridan voz kechdi. Shu yili Yaponiya bilan AQSH oʻrtasida imzolangan xavfsizlikni kafolatlash toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra, Yaponiyada AQSH harbiy bazalari joylashtirildi. 1956 yil 19 oktyabrda SSSR bilan Yaponiya oʻrtasida urush holatiga barham berish, diplomatiya munosabatlarini tiklash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzolandi.
1950-yillar boshidan Yaponiya iqtisodiyoti tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1960-yillarning oxiriga kelib "yapon moʻʼjizasi" atamasi paydo boʻldi va u yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha kapitalistik dunyoda 2-oʻringa chiqdi. 1990-yillarda Yaponiya jahon miqyosidagi eng katta sarmoyador davlatga aylandi. Yaponiya — 1956 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 23 dekabr — imperator tugʻilgan kun (1933). Oʻzbekiston suverenitetini 1991 yil 28 dekabrda tan olgan va 1992 yil 26 yanvarda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari
Liberaldemokratik partiya, 1955 yil asos solingan; Yaponiya demokratik partiyasi, 1996 yil tuzilgan; Yangi Komeyto partiyasi, 1964 yil tashkil etilgan; Yaponiya Sotsialdemokratik partiyasi, 1945 yil asos solingan; Yaponiya Kommunistik partiyasi, 1922 yil tashkil etilgan; Yangi konservativ partiya, 2002 yil tuzilgan. Yaponiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi — Shinrengo, 1989 yil 21 noyabrda Yaponiya kasaba uyushmalari Bosh kengashi (1950 yil tuzilgan) va Umumyapon xususiy korxonalar xodimlari kasaba uyushmasi (1987 yil tashkil etilgan)ning qoʻshilishi natijasida tuzilgan.
Xoʻjaligi
Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003).
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr stansiyalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr stansiyalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr stansiyasi ishladi. Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va hokazo qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy rayon: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur rayonlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib, u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% qishloq xoʻjaligida band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002 yil 11 mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek, kartoshka, sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi; pillachilik va baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari boʻlib, dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga toʻgʻri keladi.
Transporti
Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo orollarini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.
Tashqi savdosi
Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektrik asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgʻi, oziq-ovqat va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. 2003 yil Yaponiyaning importi 383,3 mlrd. AQSH dollarini, eksporti 417,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena.
Tibbiy xizmati
Aholi salomatligining koʻrsatkichlari boʻyicha Yaponiya jahonda yetakchi oʻrinda turadi. 2001 yil 1,85 mln. oʻrinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika boʻlgan (har 100 ming aholiga 1458 oʻrin). Yaponiyada 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach toʻgʻri keladi. Yaponiyada oʻz issiq suv manbalariga ega boʻlgan 3023 kurort bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003 yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003 yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim universitet, professional kollej va texnika institutlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka universiteti (1886 yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi ilmiy tadqiqotlarni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks institutlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79 akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio universiteti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reportyor", 1874 yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879 yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872 yildan), "Nixon keydzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876 yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950 yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jurnal, byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923 yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955 yildan), "Kurasi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946 yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886 yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923 yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan syakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945 yildan) va Jiji Sushin (1945 yildan). Radioeshittirish 1925 yildan va telekoʻrsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925 yil tashkil etilgan. 222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996).
Adabiyoti
Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta 712 yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759 yil 4516 folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati antologiyasi — "Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratildi. 9-asrning oʻrtalarida birinchi adabiy nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratiddi. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan "Gendzimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari Yaponiya mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratildi, badiiy kundaliklar keng tarqaldi, sheʼriyat antologiyalari tuzildi. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir .pardali dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan shahar adabiyoti paydo boʻldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toʻplamlari tuzildi. 17—19-asrning 60-yillarida adabiyotda demokratik gʻoyalar avj oldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qildi. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boshi) sheʼriyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning oʻrtalaridan yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina boshlandi. Simey Ftabatey (1864—1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boshqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 20-asrning boshlaridan sheʼriyatda Yevropa sheʼriyatining taʼsiri va romantik gʻoyalar koʻzga tashlandi. Realist yozuvchilar asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy oʻrin oldi. E.Zolya ijodi taʼsirida naturalizm uchun kurash harakati boshlandi. 1930—40 yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi apologetik gʻoya hukmron boʻddi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bir qancha yapon yozuvchilari oʻz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida milliy adabiyotning koʻp asrlik anʼanalariga murojaat qildilar. Dzyunʼitiro Tanidzakining "Mayda qor" (1943—48), Yasunari Kavabataning "Mingta turna" (1951), "Eski poytaxt" (1961—62) romanlari shu toifadagi asarlar boʻlib, ularda kuchli ichki lirizm va goʻzallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 1967 yil Yukio Misimaning goʻyoki yapon madaniyatiga xos boʻlgan jangovarlik anʼanalarni tiklashga chorlovchi trilogiyasi ("Vatanparvar", "Xrizantema" va "Shahid boʻlgan qahramon ovozi") yaratildi. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari boʻlgan turli goyaviyestetik yoʻnalishdagi yozuvchilar oʻz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish manfaatlari yoʻlida militarizm va anʼanaviylikni inkor etdilar. Shu oqim vakillarining urush mavzuiga oid asarlari, jumladan, Shohey Ookaning "Daladagi olovlar" (1951), Hiroshi Nomaning "Boʻshliq mintaqasi" (1952), Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari yaratildi. Yosie Xottaning "Yolgʻizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Yasushi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" (1957) va "Samarqandga sayohat" (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yoʻlida amalga oshirilgan maʼnaviy muloqot va Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlariga bagʻishlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik gʻoyalarning oʻzaro harakat va kurashlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava Jumpey, Ishikava Takuzo, Kayko Takeshi, Oe Kenzaburo oʻz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni koʻtardilar. Yaponiya adabiyotida Hiroshima fojiasi mavzusi keng oʻrin oldi (Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uygʻunlashgan holda falsafiy masalalar bayon etildi. Yaponiyada xitoy madaniyati taʼsirida xitoy tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14— 15-asr va 17—19-asr boshlarida yuksalgan. Yaponiya adabiyotning yirik vakillari boʻlgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari Kavabata (1968 yil Nobel mukofochi sohibi), Kendzaburo Oe (1994 yil Nobel mukofochi sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur.
Meʼmorligi
Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryuji monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) shahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻparklar bunyod etish sanʼati, qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht devorlar bilan oʻraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi shakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Yaponiya shaharlari vayron boʻldi; 50-yillardan qurilish keng koʻlamda avj oldi. Milliy meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanashi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning Shinzyuku rayonidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Satio Otani). 18yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange Kendzo; Komadzava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kenzo) qurildi. 1960-yillar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq.
Tasviriy sanʼati
Yaponiya sanʼatining qadimiy yodgorliklari jomon madaniyati davri (mil.av. 8—1-ming yilliklar oʻrtalari)ga mansub. Mil.av. 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idish namunalari saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan bezatildi (Nara shahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk oʻrta asrlarda rang-tasvir va haykaltaroshlikda portret janri shuningdek, teatr niqoblari sanʼati rivojlandi. Yaponiya rang-tasviri buddizm hamda Xitoy sanʼati taʼsirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻldi.
Bu davrda Fujivara Takayoshi, Fujivara Nobuzane va Toba Sojo kabi rassomlar mashhur boʻldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turadi (Fujivara Takanobuning "Minamoto Yoritoma portreti"). 14—15-asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tush rang-tasviri rivoj topdi [Josetsu, Shubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi bilan mashhur) manzaralari]. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir shakllandi. Kano maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri oʻz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi sanʼati yuqori darajaga erishdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda choy tarqalishi munosabati bilan kulollik va chinni buyumlar tayyorlash avj oldi. 17-asr boshlarida yogʻochga rangli gravyura ishlash sanʼati — ukiyyoe yapon sanʼatining yetakchi turiga aylandi (Moronobu Hishikava, Harinobu Suzuki, Utamaro Kitagava, Hokusay Katsushika, Hiroshige Ando kabi ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroshligining oʻziga xos turi hamda kiyimlar uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon amaliy bezak sanʼati (kashtadoʻzlik, mato toʻqish, loklangan buyumlar tayyorlash. toʻr toʻqish) buyumlari katga mahorat bilan tayyorlandi. 19-asr oxirlaridan Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rang-tasvir — "yoga" rivojlana boshladi (Asai Chu, Kuroda Seyki va boshqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.). 20-asr 1-yarmida abstrakt sanʼat, ekspressionizm, syurrealizm taʼsiri seziladi. "Nihonga" rang-tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takuechi Seyho kabilar milliy anʼanalar ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Genji, Yorimoto Shirin, Yanase Masamu, Suzuki Kenji kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng oʻrin oldi; koʻp asarlar Hiroshima va Nagasakidagi atom bombasidan halok boʻlganlar fojiasiga bagʻishlandi (Maruki Iri va Toshiko, Mita Genjiro, Sakurai Makoto, Fukuda Shinsey, Ono Tadashige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy sanʼatida grafika demokratik va ommaviy sanʼat turi sifatida mashhur. Taniqli rassom N.Hirayama ijodida Buyuk ipak yoʻli manzaralari muhim oʻrin tutadi. Tasviriy sanʼatda turli oqim va yoʻnalishlarning koʻpligi koʻzga tashlanib turadi.
Musiqasi
Musiqasi qadimiy anʼanalarga boy boʻlib, oʻz taraqqiyoti jarayonida xitoy va koreys, hind va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalqlari musiqa madaniyati taʼsirida boyigan; u mehnat, turmush, diniy marosimlar bilan bogʻlangan. Qoʻshiqlar bir ovozli, qoʻsh metrlar ustun. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: chertib chalinadigan — shamisen (lyutnya), koto (13 torli sitra); puflama — nokan, shakuhachi (fleytalar), soo (lab organi), hichiriki (goboy turi); zarbli — tayko, kotsuzumi, otsuzumi (barabanlar), shoko (gong). Professional musiqa diniy harakatlar va teatr bilan bogʻliq boʻlgan; uning sarchashmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi. 14-asrda teatrning noo sanʼati (qoʻshiq, raqs, cholgʻu asboblar joʻrligida ijro etiladigan deklamatsiya), 16— 17-asrlarda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri musiqasi va kabuki (mumtoz yapon teatri turlaridan biri) musiqasi shakllandi. Yaponiyada musiqa sanʼatini rivojlantirishda Musiqa tadqiqotlari instituti (1879 yil tashkil etilgan, 1886 yildan Tokio musiqa maktabi) muhim rol oʻynadi. 1897 yil yapon simfonik orkestrining birinchi konserti boʻlib oʻtdi. Yevropada musiqa taʼlimini olgan Yamada Kosaku, Nobutoki Kiyoshi, Kiyose Yasuji, Matsudayra Yoritsune kabi kompozitorlar kompozitorlarning yangi federatsiyasi (1930 yildan Yaponiya zamonaviy musiqa uyushmasi)ni tuzdilar. Oʻz ijodlarida milliy anʼanalarga suyangan holda,Yevropaning kompozitsion usullariga ham murojaat etdilar. 1960—80 yillarda Mamiya Mitio va Akutagava Yasusi kabi kompozitorlar folklor va yapon mumtoz musiqasidan keng foydatandilar. 1940-yillarning oxiridan Seki Akiko rahbarligida antiimperialistik xarakterdagi "Yaponiyaning kuylovchi ovozlari" ommaviy xor harakati keng yoyildi. 1950-yillarning oxiridan avangardizm taʼsiri koʻzga tashlana boshladi, eksperimental musiqa turlari tarqaddi. Hoz. davrda ommaviy va mumtoz musiqa bilan birga milliy musiqa turlari yoyilgan. Folklor musiqasini yigʻish, oʻrganish va tarqatishga alohida eʼtibor beriladi. 1970-yillarda karaoke (boʻsh orkestr) havaskorlar ijrochiligi paydo boʻlib, u aholi orasida juda ommalashdi. Kompozitorlardan Noda Teruyaki, Hachimura Yoshio, Ikebe Shinitiro, ijrochi dirijyorlardan Abe Komei, Masashi Ueda, Vatanabe Akeo, Ivaki Hiroyuki, Moro Takashi, pianinochi Tanaka Keyko, skripkachi Kubo Yoko mashhur. Yaponiyada 20 dan ortiq simfonik orkestr, kamer cholgʻu ansambli, xor jamoalari va boshqalar bor. Tokioda Davlat musiqa akademiyasi (1887 yildan), 20-asr musiqasi instituti (1957 yildan), Milliy nafis sanʼat va musiqa unti, Toxo oliy musiqa maktabi faoliyat koʻrsatadi.
Teatri
Teatr sarchashmalari qadimiy xalq dehqonchilik bayramlarida koʻrsatilgan tomoshalardan boshlanadi. 7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo boʻldi; ular yapon mumtoz teatrining shakllanishiga yordam berdi. 8—12-asrlarda sangaku musiqali raqs tomoshalari keng yoyildi. 12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi turlari’— dengaku va sarugaku rivojlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yapon teatrining yangi turi — noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat) vujudga keldi. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Kiotoda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri — 20-asr boshlari teatrning yangi turlari — simpa va sinkokugeki paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Yevropa teatri taʼsirida singeki teatr yoʻnalishi (hoz. drama teatri) shakllandi. 20-asrning 1-choragida Tokioda "Rodo gekidan" nomidagi birinchi ishchi teatri faoliyat koʻrsatdi. Keyinchalik Tokioda "Sukizi shogekijo" va "Hayuza" teatrlari vujudga keldi; ularning repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yushi pyesalari oʻrin oldi. 1947 yil "Mingey" teatri oʻz faoliyatini boshladi. Teatr qoshida "Mingey" kinostudiyasi ishladi. 1966 yil Tokioda "Kokuritsu gekijo" milliy teatr markazi tashkil etildi va u anʼanaviy janrlarni saqlash va rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Yaponiyaning zamonaviy teatr sanʼati anʼanaviy teatr (bugaku, noo, kabuki, joruri) va Yevropa tipidagi teatr (drama, opera, balet)ga boʻlinadi. Bugaku teatrining anʼanalari mumtoz musiqa va raqsning rivojlanishida asos boʻldi. Teatr artistlaridan Kita Minoru, Hosho Motomasa Kuro, Itimura Manzeamon, Nakamura Kanzaburo, Nakamura Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Koshiro, Mizutani Yayeko, Shimada Shogo, Tatsumi Ryutaro va boshqalar mashhur. Kinoshi. Yaponiyada birinchi badiiy film 1899 yilsuratga olingan. 1903 yil Tokioda birinchi doimiy kinoteatr, 1908 yil birinchi kinostudiya tuzildi. 1923 yildan Kioto shahri kino markaziga aylandi. 1931 yil birinchi ovozli film ("Qoʻshni ayol va xotinim", rejissyor Gosho Heynosku) yaratildi. 1936 yil Mizoguchi Kenji "Elegiya Naniva" va "Gionlik opasingillar" filmlarini yaratdi. 1930-yillarda "YA. filmlar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egallab turdi. Urushgacha boʻlgan kinofirmalar ("Toho", "Shinko" va boshqalar)ning asosiy filmlari militaristik mazmunda boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda yapon kinoshida Imai Tadashi, Yamomoto Satsuo, Kinoshita Keysuke va boshqalar rejissyorlar ijodi bilan bogʻliq boʻlgan ilgʻor gʻoyalar oʻz aksini topdi. Ular oʻz filmlarida Hiroshima fojiasi, mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950—60 yillardagi eng yaxshi filmlar: "Rashomon" (1950), "Qizil soqol" (1964; ikkalasining rejissyor Kurasava Akira), "Har qalay biz yashayapmiz" (1951, rejissyor Imai Tadashi), "Hiroshima bolalari" (1952) va "Yalang orol" (1960; ikkalasining rejissyor Sindo Kaneto). 1960-yillardagi mashhur rejissyorlar: Yamamoto Satsuo, Koboyashi Masaki, Imai Tadashi. 1960—70-yillarda koʻproq hujjatli filmlar shuhrat qozondi. S.Ogava, N. Suchimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar oʻz filmlarida zamonning nizoli muammolarini koʻtarib chikdilar. 1958 yildan boshlab "Toey" kinokompaniyasi ishlab chiqara boshlagan multiplikatsion filmlar butun jahonga tarqaldi. 1970—80 yillarda yapon kinosi televideniye bilan raqobat natijasida inqirozli holatda boʻlsada, "19 yoshli yalangʻochlar" (1970, rejissyor Shindo Kaneto), "Jangchi sharpasi" (1982, rejissyor Kurosava Akira), "Loyqa daryo" (1981, rejissyor Kohay Oguri), "Narayama haqida afsona" (1983, rejissyor Imamura Sohey) kabi filmlar yaratildi. Keyingi yillarda T. Kitano, M.Syou, S.Ivai, N.Takenaka kabi mashhur kino ijodkorlari yetishib chiqdi. 1969—96 yillar davomida namoyish etilgan "Janob Tora" seriali yaponlar orasida mashhur. Yapon kinoshida Yamada Isuzu, Mifune Toshiro kabi aktyorlar shuhrat qozongan. "Nikkatsu", "Shotiku", "Toho", "Toey" va boshqalar kinokompaniyalar faoliyat yuritadi.
Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari
Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |