Davlat tuzumi
I. — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978 y. 6 dek.dagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29 dek.dan kuchga kirgan;
Tabiati
I. subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar b-n birga 5 ming km dan koʻproq. I. hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shim.-gʻarbda 800— 1000 m, jan.sharqda 500—600 m. Ular oʻrtasida jan.-gʻarbdan shim.sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. I.ning shim.-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor. Ular sharqda Pireney togʻlariga ulanib ketadi. Jan. va jan.sharqida Andalusiya togʻlari, jan.gʻar-bida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m) I.dagi eng baland togʻdir. I.da uran, mis, simob, qoʻrgʻoshin, temir, volfram, qalay, oltin, ku-mush, margimush, marganets konlari bor. Toshkoʻmir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
Iqlimi shim. va shim.-gʻarbida moʻʼtadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000—2000 mm. Sohilda yanv.ning oʻrtacha t-rasi 7— 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogin. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Meseta platosida 4—5°, jan.da 12—13°, iyulniki 23—29°. I.ning markazi, sharqi va jan.sharqida yogʻin kam (300—500 mm).
Daryolari, asosan, yomgʻirdan toʻyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shim. va shim.gʻarbidagi daryolar yil boʻyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va b. Ulardan energiya olishda va sugʻorishda foydalaniladi. I.ning shim. va shim.-gʻarbidagi togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan oʻrmonlari, tog yon bagʻirlaridagi togʻ podzol tuproqlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Pireney togʻlarida 2000 m dan balandda oʻtloq mintaqalari joylashgan. I.ning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragʻay, sarv, kashtan, zarang , lipa va b. usadi. I.ning eng chekka jan.da palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan tulki, suvsar, qoʻngʻir ayiq, boʻrsiq, tog echkisi, serna, viverra, quyon, tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun (Yevropada faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyob hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va b.
Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va b. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.
Do'stlaringiz bilan baham: |