Davlat tuzumi I. — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 978 y dek dagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29 dek dan kuchga kirgan; Tabiati



Download 101,78 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi101,78 Kb.
#216573
1   2   3
Bog'liq
Ispaniya

Tarixi


I. hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha boʻlgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari koʻp topilgan. Mil. av. 7-a.dan I.ning jan. va sharqiy sohil boʻylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan oʻzlashtira boshlangan. Mil. av. 700—500 y.larda Oʻrta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boʻldi. Mil. av. 5—3-a.larda Pireney ya.o. orkali kelgan kelpiarnmt iberlar b-n qoʻshilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. 3-a. oxirlarida I. hududining koʻp qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil. av. 2-a. boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 y.da Rim I. hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga boʻlib yubordi. Mil. 409 y. I.ga alanlar, svev va vandallar, 418 y.dan vestgotlar kirib kela boshladi. 711—718 y.larda Pireney ya. o.ning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 y. mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929 y.da esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031 y. xalifalik bir necha amirlikka boʻlindi. 8-a.dan boshlab mavrlar koʻl ostida boʻlgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-a). 12-a.
da dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boʻldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.
1479 y. Aragon b-n Kastiliya oʻrtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand b-n kastiliyalik Iza-bellaning 1469 y.gi nikohi) natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480 y. absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504 y. I.ga Neapol qirolligi (Jan. Italiya) va Sitsiliya qoʻshib olindi. I. 1494—1559 y.larda Italiyaga qarshi urushlarda Shim. va Oʻrta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl I ning taxtga oʻtirishi (1516) b-n I.da Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili I.ga Niderlandiya qoʻshib olindi.
16-a.ning 1-yarmida I. Markaziy va Jan. Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin o.lari (1563—73)ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni oʻziga qoʻshdi. I. qiroli Karl I Gabsburg "Muqaddas Rim im-periyasi"ning qiroli boʻlgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. I.ga qaram boʻlgan Niderlandiyada 1566 y. inqilobi boshlandi. 1581 y. Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi b-n Shim. Niderlandiya I.dan ajralib chikdi. I. 16— 17-a.
larda Angliya b-n urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum boʻldi ("Yengilmas armada" — ispan flotining 1588 y.dagi halokati bunga yoʻl ochdi). Oʻttiz yillik urush (1618—48), Fransiya hamda Angliya b-n boʻlgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, I. Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum boʻldi. Gabsburglarning soʻnggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga oʻtishi munosabati b-n ispan merosi uchun Yevropada urush (1701 — 14) boshlandi. Natijada I. Italiya, Jan. Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759—88)da maʼrifatli absolyutizm ruhidagi islohot oʻtkazildi.
1808 y. Fransiya I.ni bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi b-n qoʻshilib ket-di (1808—14). I.da boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810—26) avj olishiga turtki boʻldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820 y. qoʻzgʻolon koʻtarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823 y. Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.
1834—43 y.larda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868 y. boshlangan inqilob natijasida respublika oʻrnatildi (1873). Respublika tarafdorlari oʻrtasida hamjihatlik yoʻqligi oqibatida demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). I.-Amerika urushi (1898)da I. magʻlubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum boʻldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.
l-jahon urushi yillarida I. beta-raf turdi. 1921 y. ispan qoʻshinlari Marokashda magʻlu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Choʻchib qolgan reaksiya 1923 y. sent.da harbiy toʻntarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini oʻrnatdi.
1931 y. 14 sent.da boshlangan inqilob natijasida respublika eʼlon kilindi. 1936—39 y.lardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939—75) oʻrnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagʻonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.
2-jahon urushida I. betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga "zan-gori diviziyasi"ni yubordi. 1959 y.da Franko diktaturasiga qarshi tinch yoʻl b-n kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962 y.da Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi oʻtkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boʻldi, "vertikal sindikatlar"ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962—63 y.lardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juzʼiy "erkinliklar berish" siyo’satiga oʻtishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971 y. muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975 y.da F. Franko vafotidan soʻng qirol Xuan Karlos I davlat boshligʻi boʻldi. 1976 y.dan koʻpchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. 1977 y. I.da 1936 y.dan keyingi birinchi parlament saylovi boʻldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.
I. 1956 y.da Shim. Marokash, 1968 y.da Ekvatorial Gvineya, 1976 y.da Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993 y.lardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000 y.gi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi.



GULISTON TIBBIYOT KOLLEJI

Mustaqil ish

Mavzu: 1918-1939 yillarda Ispaniya

Bajardi: Zarfullayeva Zaynab

Qabul qildi: Mamatqulova Dilafruz
Download 101,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish