Ispaniya
Ispaniya (Espana), Ispaniya Qirolligi (Reino de Espana) — Yevropaning jan.gʻarbida, Pireney ya.o.da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o.lari, Afrikaning shim. qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya sh.lari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas o.lari ham I.ga qaraydi. Mayd. 504,75 ming km2. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid sh.
Do'stlaringiz bilan baham: |