Hujjat turlari va xususiyatlari
Ikki mansabdor shaxsning
imzolari kollegial organlar
hujjatlariga qo‘yiladi. Qarorlar va bayonnomalar kollegial or-
ganning rahbari va kotibi tomonidan imzolanishi tavsiya etila-
di. Kollegial organlarda yakkaboshchilik tartibi asosida qabul
qilinadigan farmoyishlarda bitta imzo bo‘ladi.
Hujjatlar (dalolatnomalar, moliya hujjatlari va sh.k.) maz-
muni uchun bir necha shaxslar javobgar bo‘lgan taqdirda, ikki
yoki undan ortiq imzolar qo‘yiladi.
Komissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda uni tayyor-
lagan
shaxslar lavozimi emas, balki komissiya tarkibidagi
taqsimlangan vazifalari ko‘rsatiladi. Masalan:
Komissiya raisi
(imzo)'>(imzo)_V._Mahmudov_Komissiya_a’zolari__(imzolar)'>(imzo)
V. Mahmudov
Komissiya a’zolari
(imzolar)
A. Hakimov
R. Abrorov
B. Nabiyev
Hujjat bir necha mansabdor
shaxslar tomonidan imzo-
langanda, ulaming imzolari egallab turgan lavozimlariga mu*
vofiq ustma-ust navbat bilan joylashtiriladi. Masalan:
Institut direktori
(imzo)
Z. Hoshimov
Bosh hisobchi
(imzo)
V. Sobirov
Hujjat lavozimlari teng bir necha shaxslar tomonidan
imzolanganda, ulaming imzolari egallab turgan lavozimlariga
muvofiq ketma-ket navbat bilan joylashtiriladi. Masalan:
0 ‘zbekiston Respublikasi
Alisher Navoiy nomidagi
Moliya vaziri
0 ‘zbekiston milliy
kutubxonasi direktori
0. Nasriddinxo‘jayev
U. Teshaboyeva
(imzo)
(imzo)
Elektron hujjat aylanishi jarayonida
elektron raqamli im-
zolardan elektron hujjatlami tasdiqlashda foydalanilmoqda.
37
Hujjat turlari va xususiyatlari
Elektron raqamli imzo elektron hujjat axborotini elektron
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus
o ‘zgartirish natijasida hosil qilingan
hamda elektron raqamli
imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot-
da xatolik y o‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq
kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan
imzo turidir. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elek
tron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilin
gan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o ‘ziga m a’lum b o ‘lgan
va elektron hujjatda elektron raqamli
imzoni yaratish uchun
m o‘ljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. Elektron
hujjatdagi elektron raqamli imzo o ‘z shartlarga rioya etilgan
taqdirda qog‘oz hujjatga q o‘lda qo‘yilgan
imzo bilan bir xil
ahamiyatga ega bo‘ladi.‘
@ . «K elishuv ustxati». Kelishish hujjat loyihasini dast-
labki ko‘rib chiqish va baholash usulidir. Kelishish tashkilot
ichida ham (turli tarkibiy bo ‘linmalar
va mansabdor shaxslar
bilan), uning tashqarisida ham (hujjat loyihasidagi masala-
larga o ‘z vakolatlariga muvofiq bevosita munosabati bo‘lgan
b o ‘ysunuvchi va b o‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga
oshirilishi mumkin.
Hujjat loyihasini ichki kelishish
imzolovchining shaxsiy
imzosi va imzolash sanasini o ‘z ichiga olgan viza bilan ras-
miylashtiriladi. Zarur b o‘lgan hollarda imzolovchining lavozi-
mi ko‘rsatilishi mumkin. Uning imzosini ismi va otaismining
bosh harflari, familiyasi bilan ko‘rsatib yozish shart.
Masalan:
KELISHILDI
0 ‘zR Moliya vazirligi reja bo‘limi boshlig‘i
Do'stlaringiz bilan baham: