75
boshqaradi balki, ma’lum bir odamlar faoliyatining izchilligi va davomiyligini
ta’minlaydi. Shaxsiy xat esa faqat axborot yetkazishi, his-tuyg’i, ichki kechinma
haqida ma’lumot berishi mumkin. Demak, har ikki xat ham inson hayotida muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ular til orqali amalga oshiriladi. Buning uchun til va uning
vositalari, qonuniyatlarini bilish zarur. Busiz hech qanday rasmiy yoki shaxsiy xat
yozish malakasini egallab bo‘lmaydi.
Xatlar qadim zamonlardayoq inson hayotidagi asosiy faoliyat turlaridan
biriga aylangan. Yozuvning paydo bo‘lishi kishilik taraqqiyotida yangi sahifani
ochgan. Xat yozish shu darajada
katta ahamiyatga egaki, u orqali shaxsning ruhiy-
psixologik dunyosini, estetik va axloqiy dunyoqarashini bilib olish mumkin.
Shuning uchun xat yozish san’at darajasiga chiqqan. Maxsus xattotlik maktablari
faoliyat ko‘rsatgan. Ulardan yetuk mirzolar yetishib chiqqanlar. Hirotlik Sulton
Ali Mashhadiy, Qo`qonlik Munnavar mirzolari shular jumlasidandir. Bunday
xattotlik maktablari, asosan, Hirot, Samarqand, Qo‘qon, Toshkent, Buxoro, Marv
kabi yirik shaharlarda ish olib borgan. Hatto Xiva, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro
shaharlaridagi tarixiy obidalar devoridagi naqshlar ham ko‘fiy va suls usuluda
yozilgan ko‘hna xatlar bo‘lib, ular Qur’on oyatlari yoki biror shoirning satrlaridir.
Adabiyotdagi bir janr noma janri deb atalib, u ham nasriy, ham nazmiy yo‘l
bilan yoziladi. Alisher Navoiy hazratlarining “Munshaot” to‘plami, Xamsadagi
xatlar, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan
kunlar”
romanidagi Kumushning Otabekka, Otabekning Kumushga
yozgan xatlari
shular jumlasidandir.
Jahon adabiyotida epistolyar asar deb nomlanuvchi asarlar turkumi bo‘lib,
ular faqat xat orqali bitiladi. Frans Kafkaning “Otamga xat”,F.M.
Dostoevskiyning “G’arib kishilar” romani xat bilan yozilgan.
Xulosa yasaydigan bo‘lsak, xatlar turi va vazifasidan qat’iy nazar inson
hayotida muhim o‘rin egallaydi.
Xatlar o‘z mohiyati va qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
1.
Rasmiy xatlar.
2.
Shaxsiy xatlar.
Rasmiy xatlar muassasalar o‘rtasidagi aloqalarda ishlatiladi. Bunday xatlar
orqali turli so‘rovlar, ko‘rsatmalar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif,
bildirish, iltimos, kafolatlarlar bеriladi yoki qabul qilinadi. Ularni xizmat xatlari
deb ham yuritiladi.
Xizmat xatlari rasmiy uslubda yoziladi. Unda rasmiy uslubning
xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Jumladan, hujjatchilik xarakteri ustun bo‘ladi.
Shuningdek, barcha xizmat xatlari rasmiy ish qog’ozlariga kamida uch nusxada
yoziladi. Ikkitasi tashkilotning o‘zida qoladi va ular maxsus jildda saqlanadi.
Uchinchi nusxasi esa zarur tashkilotga yuboriladi. Ularda imzo chekuvchining
lavozimi va ismi sharifi aniq ko‘rsatiladi. Bunday xatlar maxsus daftarga qayd
qilinadi. Raqamlangan bo‘ladi.
Xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarni bajaradigan
vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (aloqa xat, da’vo xat, so‘rov xat, iltimos
xat, taklif xati va boshqalar).
78
Agar xatga biror-bir hujjat ilova qilinayotgan bo‘lsa, xatning quyi qismi chap
tomoni hoshiyasiga "Ilova" so‘zi qo‘yiladi, so‘ng tartib raqami bilan ilova
qilinayotgan hujjatlar nomi, nusxasi va bеti ko‘rsatilgan holda bеriladi. Har bir
ilova qilinayotgan hujjat nomi alohida qatorda joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: