Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Sinonimlik tushunchasini izohlang.
2.
Kasb-hunar so‘zlariga misollar ayting.
71
3.
Kasb-hunar so‘zlarining uslubiy farqlanishiga misollar keltiring.
4.
Kasb-hunar so‘zlarini almashtirib qo‘llashga misollar yosing.
5.
O‘zingingiz o‘qigan badiiy asardan kasb-hunar so‘zlarini toping va ularni
sinonimlari bilan almashtib daftaringizga ko’chiring.
72
IV-BO‘LIM. ISH YURITISH
20- MAVZU: O‘ZBEK MUNSHAOTI TARIXI. TARIXIY HUJJAT
TURLARI
REJA:
1.
Munshaot haqida tushuncha.
2.
O‘zbek munshaotining tarixiy bosqichlari.
3.
Tarixiy hujjat haqida ma’lumot.
4.
Hozirgi o‘zbek ish yiritishining rivojlanishi.
Tayanch so‘z va iboralar: m
unshaot, tarixiy bosqich, vasiqa,
vasiyatnoma, farmon, yorliq, shartnoma, tilxat, so‘g’d hujjatlari.
Juda qadim davlardan boshlab davlat va jamiyatni madaniy ko‘rinishda
boshqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi boshqaruv esa o‘zining maxsus usuliga ega
bo‘lib, u turli ish qog’ozlari va ma’muriy meyorlarga asoslangan. Jamiyatni bu
kabi boshqarish jarayoni ish yuritish deb ataladi. Hozir kunda ham jamiyatni
tartibli boshqarish uchun maxsus qonunlar, yo‘riqnomalar, tartib- qoidalar,
nizomlar ishlab chiqilgan. Ana shunday hujjatlarni tayyorlash va ularning
bajarilishini nazorat qiluchilarni ish yurituvchilar deb atalanadi. Qadimda ularni
bitikchi, yozuvchi, mirzo, nozim, munshiy, kotib deb atashgan.
“Munshaot” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, insho so‘zining ko‘pligini ifodalaydi
hamda “yozuvchi”, “qayd qiluvchi”, “bayon qiluvchi” kabi ma’nolarni anglatadi.
Munshaot deganda, biror davlatning rasmiy tili asosida davlat va jamiyat
ishlarini tashkillash va olib borish, boshqarish tushuniladi. Davlat, jamoat, va
nodavlat tashkilotlarida maxsus kishikar bo‘lib, ular ish yurituvchi vazifasini
bajaradilar. Hokimiyatlarda konselyariya xodimlari, boshqa joylarda bevosita ish
yurituvchilar, yana boshqa tashkilotlarda esa kadrlar bo‘limi rasmiy xatlar bilan
ishlaydilar.
O‘zbek munshaoti tarixi ilk o‘zbek davlatchilik davriga borib taqaladi.
Eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq ajdodlarimiz ihson va tabiiyat o‘rtasidagi
o‘zaro mutanosiblikni bilganlar va tabiiyatni avaylash maqsadida turli tartib-
qoidalar ishlab chiqqanlar. Shunga ko‘ra ular o‘z hayotlarini tashkil etganlar.
Ularning ko‘pchiligi yozilmagan qonun ko‘rinishida bugungi kungacha yetib
kelgan. Bular odob-axloq kodeksidir.
O‘zbek munshaoti tarixida “Avesto” muqaddas kitobi ham muhim o‘rin
egallaydi. Unda turli rasmiy-diniy boshqaruv me’yorlari, tartib qoidalar, nizomlar
bayon qilingan va o‘sha davrda ajdodlarimiz jamiyatni ana shu manbaa asosida
boshqarishgan. Masalan, Yaxshi hokimlar hokimlik qilsin, (yomon hokimlar
hokimlik qilmasin) Ular ezgulik ta’limoti va sadoqatni amalda namoyon qiladilar.
Bu ta’limot kishilar va ularning avlodlariga farovonlik olib keladi.
Bizgacha yetib kelgan sug`d tilidagi tilxat, vasiyat, shartnoma, rasmiy xat
kabi o`nlab hujjatlar Camarqand, Farg`ona, Toshkent hokimliklaridagi ish yuritish
haqida ma’lumot beradi.
Eramizning boshlarida Osiyo qit’asining kattada qismida markazlashgan
ulkan Turk hoqonligi tashkil topgan va u arab bosqiniga qadar yashagan. Bizga
undagi turli rasmiy qog’ozlar, tilxatlar, vasiyatlar yetib kelgan. Turkiy
73
toshbitiklaridagi Tunyo‘quq, Bilga hoqon, Kul tigin vasiyatnomalari(Kitob
so‘ngidagi ilovaga qaralsin), Andijon viloyatidan topilgan sopoldagi ahdnoma
shular jumlasidandir.
Eramizning VIII asridan boshlab yurtimizga arablar bostirib kira boshlagan
va hokimiyat arablar qo‘liga o‘tgan. Ish yuritish ham arabcha olib borilgan. Bu
hol XIX asrning oxiri, XX sarning boshlarigacha davom etgan. Undan keyin,
rus-kirill tartibida ish yuritilgan. 1989 yildan buyon esa o‘zbek tilida ish
yuritilmoqda.
O‘zbek munshaoti tarixini shartli ravishda quyidagi taraqqiyot bosqichlarga
bo‘lish mumkin.
1.Eramizgacha bo’lgan eng qadimgi davr munhsaoti.
Bu davrdagi manbaa og’aki hujjatlar, “Avesto” kitobi va Shiroq, To‘maris
kabi rivoyatlarni kiritish mumkin.
2.Eramizning I asridan VII-VIII asrigacha bo‘lgan davr munshaoti.
Bu davr ham o‘zining so‘g’diy xatlari, tangalari, shartnomalar, tilxatlari,
uyg’ur moniylik, buddaviylik, shomoniylik yo‘riqnomalari bilan qadrlidir. Turk
hoqonligi, Xunlar imperiyasi, Sug’diyona davlati munshaoti o‘rganiladi.
3.IX-XIX asrlarni o‘z ichiga olgan turkiy-islomiy davr:
A) IX-XI asr umumturkiy davr munshaoti. Bu davrda G’aznaviylar,
Qoraxoniylar davlatidagi ish yuritish asosiy manbaa hisoblanadi.
B) XII-XIII asr ilk o‘zbek munshaoti, Xorazmshohlar mamlakati munshaoti
o‘rganiladi.
D) XIV-XVI asr yoki Temuriylar davri munshaoti.
E) XVII-XIX asr uch xonlik munshaoti (Qo‘qon xonligi munshaoti XIX
asrning 60-yillarigacha o‘rganiladi).
4. XIX asr so‘nggi choragi va XX asrning boshlaridan 1989 yilgacha
bo‘lgan mustamlaka davri,
5.
Hozirgi o‘zbek munshaoti.
Mazkur tarixiy bosqichlarda ajdodlarimiz yorliq, arznoma, qarznoma,
vasiqa, tilxat, shartnoma, farmon, amr, sulh, bitim, nizom kabi tarixiy hujjat
turlaridan keng foydalanishgan. Ulardan aksariyati hozir ham o‘z maqomida
ishlatiladi. Masalan, Bobur mirso davlatida Farmon oily qoniniy hujjat
hisoblangan. X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitim, arznoma, qarznoma,
vasiqa kabi hujjatlar keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan turlicha bo‘lgan. Ular
xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash kabi mazmunni ifodalagan. Bu
o‘rininda To‘xtamishxonning 1393 qili polyak qiroli Yag’aylaga yo‘llagan
yorlig’i, Boburning otasi Umar shayx mirzoning 1469 yili marg’ilonlik Mir Said
Ahmad ismli kishiga bergan yorlig’I, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779 yil
2-iyunda Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig’i va boshqalar
shular jumlasidandir.
O‘rta Osiyo hududlaridan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy
jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos
hujjarchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish
yuritish huquqiy maqomga ega bo‘lgan. Davlat mahkamalarida munshaot tizimi
shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. Buni Buxoro amirligi, Xiva va
74
Qo`qon xonliklari misolida yaqqol ko`rish mumkin. Bugungi kunda ham
Xudayorxon o`rdasidagi O`lkani o`rganish muzeyida o`nlab tarixiy hujjatlar
saqlanadi.
O‘zbek tilining rasmiy–idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar
hukmdorligi davrida boshlandi. X-asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari
saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va
nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Bu davrda o‘zbek tilining rasmiy-idoraviy
imkoniyati kuchaydi. Rasmiy doiralarda nutq madaniyatiga alohida e’tibor
berilgan. Lekin, mamlakatimizga ruslar bostirib kelishgach, o‘zbek ish yuritish
tizimining o`sishi to`xtatildi. Bu esa o‘zbek tilining rasmiy til sifatidagi
imkoniyatlarini pasaytirdi. Lekin 1989-yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilgach, o‘zbek tili yana rasmiy ish yuritishda o‘z mavqeini egalladi.
Mustaqillik yillarida esa uning maqomi mustahkamlandi. Hozirda Oliy yig’ilish
huzuridagi maxsus kommisiya davlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni
doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Arxivlar boshqarmasi huzuridagi
mutaxassislar esa ish yuritishning talablari bilan hujjatlarga zarur o‘zgartitishlar
kiritib, yangi turdagi hujjatlar shaklini tayyorlashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |