Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Taqriz deganda qanday matnni tushunasiz?
2.
Taqriz matni tayyorlang va unda qanday til birliklarini qo‘lladingiz?
Nima uchun?
3.
Annotatsiya haqida tushuncha bering.
4.
Annotatsiya matni tayyorlang va uni tahlil qiling.
5.
Rezyume matni haqida ma’lumot bering.
6.
Matndagi til vositalarini tahlil qiling.
37- MAVZU:
FIKR IFODASINING USUL VA YO‘LLARI
Maqsad:
Fikrni mantiqli, izchil ifodalashda tilning qanday vositalaridan
foydalanishni o‘rgatish.
REJA:
1. Fikr ifodasining turlari.
2. Fikrni maqsadga ko‘ra ifodalash.
3. Fikrni uslublar asosida ifodalash.
4. Gapning mantiqiyligini ta’minlash.
Tayanch so‘z va iboralar:
til materiali, darak gaplar, so‘roq gap, buyruq
gap, istak gap, gap shakli, fikr qolipi, so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub,
ilmiy-kitobiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub, iqtibos(sitata), maqol,
hikmat, olinma gap, o‘zlashtirma gap, tasdiq tarsi, inkor tarsi, aniqlik mayli, fe’l,
ot.
Kishi tafakkur qiladi. Ongida tashqi borliq haqida istak, niyat, fikr-
mulohaza tug’iladi. Ana shularni tashqariga chiqarish, boshqa kishilarga yetkazish
yoki so‘rash, bilish, aniqlash, izhor qilish uchun turli usullardan foydalanadi.
Bular fikr ifodasining usul va yo‘llari hisoblanadi. Fikr ifodasi maqsadga va til
materiallaridan foydalanishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
I
. Firk ifodasini maqsadga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1.
Darak gaplar.
2.
So‘roq gaplar.
3.
Buyruq gaplar.
4.
Istak gaplar.
Kishi o‘zidagi biror fikr, mulohaza yoki ma’lumotni boshqalarga
yetkazmoqchi bo‘lganda, yoki o‘ziga ma’lum bo‘lmagan axborotni boshqalardan
so‘ramoqchi, da’vat etish, kechinmani bayon qilish maqsadi bo‘lsa, darhol shu
maqsadlaridan biriga muvofiq keladigan gap shaklini tanlaydi.
So‘zlovchi o‘zi bilgan xabarni tinglovchiga yetkazmoqchi bo‘lsa, fikriga
mos shakl sifatida darak gap shaklini tanlaydi. Bunday gaplarning xususiyati
shundaki, gapning kesimi tasdiq yoki inkor tarzidagi aniqlik maylida bo‘lgan fe’l
bilan ifodalanadi:
Tushga yaqin osmonda taftsiz quyosh ko‘rindi
(tasdiq tarzida,
aniqlik mayli, fe’l).
Agar kishilar bir-birlariga ta’mali munosabatda bo‘lsalar,
ular kamol topmaydilar
(inkor tarzida, aniqlik maylida, fe’l).
146
Ba’zan darak gapning inkor shakli orqali tasdiq ma’nosi ham ifodalanadi:
O‘qimay qo‘yman.
Bundagi fikr tasdiq orqali ifodalangan fikrdan kuchliroq
bo‘ladi.
Kesimi bo‘lishsiz fe’ldan, yo‘q, emas so‘zlarini olgan ot va sifatdoshlardan
biri bilan berilsa, bunday gaplar darak-inkor mazmunidagi gaplar deyiladi.
Kesimi bo‘lishli va aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalansa, tasdiq-darak
gap hisonlanadi.
Tinglovchini ma’lum bir harakat-holatni, voqea-hodisani bajarishga yoki
bajarmaslikka da’vat etuvchi gaplar buyruq gaplar deyiladi. Buyruq gaplarda
kesim buyruq maylida, aniqlik nisbatida, ikkinchi shaxsda bo‘ladi:
Oldin o‘yla,
keyin so‘yla.Sanamay, sakkiz dema.
Rasmiy-idoraviy uslubda majhullik nisbati, uchinchi shaxs, buyruq fe’llari
bilan ham ifodalanishi mumkin:
Ishga qabul qilinsin.
Ishdan bo‘shatilsin.
Qarorning bajarilishi rais zimmasiga yuklatilsin.
Buyruq gaplarning buyruqni ifodalagan kesimi tushib qolishi mumkin,
lekin uning o‘rni fikr ifodasi chog’ida sezilib turadi:
Hamma shanbalikkka!
Nutqiy
muomala
jarayonida
fikringiz,
hoxingizni
boshqalarga
yetkazmoqchi bo‘lsangiz, kesimi shart-istak maylidagi fe’llar bilan ifodalangan
gaplardan foydalanasiz. Bunday gaplar istak gaplar deyiladi:
O‘qib oq-qorani
tanisam, ota-onamga xizmat qilsam deyman.
Kishi o‘ziga kerakli ma’lumot yoki axborotni olish uchun tarkibida so‘roq
olmoshi, so‘roq yuklamasi yoki so‘roq ohangi bor bo‘lgan gaplardan foydalanadi.
Bunday gaplar so‘roq gaplar deyiladi:
Bog’dagi gullar quridimi?
O‘qishga nima
maqsadda kirding?
So‘roq olmoshi bor gaplar, so‘roq yuklamasi yoki so‘roq ohangi bor
bo‘lgan gaplardan aniq javob talab qilishi bilan farqlanadi:
Guruhingizda kim
yaxshi o‘qiydi?
So‘roq yuklamasi yoki so‘roq ohangi bor bo‘lgan gaplar
ha
yoki
yo‘q
javobini talan etadi.
II
. Firk ifodasini til materiallaridan foydalanishga ko`ra ham bir necha
shakllari mavjud. Bular quyidagilardir:
1.
So‘zlashuv uslubi.
2.
Rasmiy-idoraviy uslub.
3.
Ilmiy-kitobiy uslub.
4.
Publitsistik uslub.
5.
Badiiy uslub.
Bunda so‘zlovchi til materialidan turli maqsadda foydalanadi. Natijada,
xabar mazmunidagi fikr-mulohazalar ham uslubiy farqlanishi mumkin.
Masalan: 1)
Tibbiyot kolleji shahar markazidan uzoqda joylashgan
.
2)
Shahar markazidan tibbiyot kolleji uzoqda joylashgan
.
3)
Uzoqda joylashgan tibbiyot kolleji shahar markazidan.
Xabar mazmunidagi fikrni bu kabi uch xil til vositasi yordamida berilishi,
fikr ifodasining uslubiy farqlanishiga misol bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi o‘rinda
berilgan gaplar kitobiy(badiiy, rasmiy, publitsistik) uslublarga xos, uchinchi
147
o‘rinda berilgan shakl esa so‘zlashuv uslubiga xos. Ammo har uchala ko‘rinishda
ham bir xil fikr, ya’ni kollejning markazdan uzoqda ekanligi ifodalanmoqda.
Buyruq shaklidagi fikr ifodasi uchun ba’zan, rasmiy-idoraviy uslubdagi
majhullik nisbati, uchinchi shaxs, buyruq fe’llari ham qo‘llanishi mumkin:
Ishga
qabul qilinsin.
Ishdan bo‘shatilsin. Qarorning bajarilishi rais zimmasiga
yuklatilsin.
So‘zlashuv uslubida esa, buyruqni kuchaytirish, do‘q-po‘pisa ma’nosini
ifodalash maqsadida kesim gapning boshiga ko‘chirilishi ham mumkin: O
ling
matohingizni! Yig’ishtir ermagingni!
Ba’zan badiiy uslubda, ba’zan esa so‘zlashuv uslubida darak mazmundagi
fikrni ifodalash uchun so‘roq gaplardan ham foydalaniladi:
Buni kim ham
bilmaydi?(
Buni hamma biladi) Bunday gaplar javob talab qilmaydi, Chunki
javobi o‘zida bo‘ladi.
Bunday gaplar badiiy uslubda qo‘shiq, maqol, topishmoq tarkibida ko‘p
uchraydi:
So‘z aytganda bilib aytmaysanmi?
Naql-maqol qo‘shib aytmaysanmi?
Maqoldagi asosiy fikrni saqlagan holda darak gapga aylantirilsa,
quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
So‘z aytganda bilib ayt,
Naql-maqol qo‘shib ayt.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fikr ifodasi uchun uning maqsadga
ko‘ra darak, so‘roq, buyruq yoki istak ekanligini bilish zarur. Shunda kelib chiqib,
unda qo‘llanadigan til birliklari tanlanadi. Nutq tegishli uslub shakliga kiradi.
Ammo bulardan tashqari fikr ifodasi vaqtida so‘zlovchi yoki yozuvchi so‘zlarning
lug’aviy ma’nosiga e’tibor berishi kerak. Agar bu hol buzilsa, nutqida mantiqiylik
buziladi.
Masalan, “Qalb sadosi” gazetasining 2007 yil № 21(114) noyabr sonining
birinchi sahifasida “O‘zbekiston Xalq shoiri Anvar Obidjon 60 yoshda” degan
yozuv, uning ostida quyidagi she’r berilgan:
“Xassos yozuvchisiz, ham shoiri zamon,
Qo‘ydingiz nasru nazm ko‘shkiga arkon,
Rutbangiz ulugdir, shon-martabangiz
Bolalar shoiri deb atalmish unvon.
Tavalludingiz qutlug’ Anvar Obidjon!
Gulmat, Kulkul Afandi Polosoniysiz,
Hajviyotu qo‘shiqda ham purlisoniysiz,
Ijod bag’rida havvosu ummoniysiz,
Muhabbat madhida duru maoniysiz,
Oltmish yoshingiz qutlug’ Anvar Obidjon!”
Mazkur parchadagi “purlisoniysiz” so‘zining o‘zagi “pur” (ko‘p, mo‘l)
hamda lison(til) so‘zlaridan iborat bo‘lib, ular qo‘shilib yangi ma’no kasb etishi
lozim edi. Yangi ma’no esa sevimli shoirning fazilatlaridan biri bo‘lishi kerak.
Chunki, she’rning asosiy yo‘nalishi ta’rif-tavsifda ekanligi shundan dalolat beradi.
Ammo bu yerda ko‘ptilliysiz degan yuzaki ma’no chiqib she’rning asl ma’nosiga
148
ziyon bermoqda. Agar shu o‘ringa qo‘shtirnoq qo‘yilsa, so‘z ko‘chma ma’noga
o‘tadi.
She’rning sakkizinchi qatoridagi “havvosu ummoniysiz” so‘zi ham
noto‘g’ri qo‘llangan. Oqibatda fikr ifodasi noaniq, mantiqsiz chiqqan.
Bundan tasqari,fikrni asoslashda iqtibos(sitata), maqol va hikmatlardan
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Fikrimiz isboti ushun quyidagi rivoyatga
e’tibor qilaylik:
Aytishlaricha, xonliklardan birida ustamon o‘g’ri, yirik jinoyatchi qo‘lga
olinibdi. Uni dorga osish orqali o‘limga hukm qilishibdi. Hukm ijro etiladigan
kun poytaxt aholisi O‘rda maydoniga yig’ilibdi. Hamma hukm ijrosini intizorlik
bilan kutmoqda. Tegishli tadbirlar ko‘rilgan. Jallod arqonini tekshirmoqda.
Jinoyatchini olib kelishibdi va o‘lim oldidan aybiga iqrorligini so‘rashibdi.
“Iqrorman,” deb javob qilibdi. So‘ngra ibodatga ruxsat berishibdi. Mahkum ikki
rakat namoz o‘qibdi. So‘ngra, oxirgi istagingni ayt, deyishibdi.
– Agar imkon bo‘lsa, meni xonimizning dargohlarida bir kosa suv bilan
mehmon qilishsa, – debdi maxbus.
O‘lim oldida turgan odamning so‘nggi tilagi bajarilishi kerak. Shuning
uchun xon suv berishlarini buyuribdi. Maxbusga xon nomidan bir kosa suv
tutishibdi. U esa suvni oxirigacha sipqoribdi. So‘ng xonga murojaat qilibdi:
– Ey, qiblai olam, o‘zingizning muruvvatingiz bilan meni mehmon qildingiz.
Endi men sizning mehmoningizman. Mehmon atoiy xudo deydilar. Shuning uchun
uning gunohidan o‘tilur. Bu xalqning azaliy odati. Men dargohingizda bir
mehmonman, shuning uchun gunohimdan o‘ting.
Xaloyiq maxbusning topqirligi va ustamonligidan lol qolibdi. Xon ham
hayron.
O‘rtaga sukunat tushibdi. Xon mulohazali kishi ekan. “–Agar buni
o‘ldirtirib yuborsam, mehmonini ostirib yubordi degan gap chiqadi. Obro‘yimga
putup yetadi. Agar shu gapi uchun qo‘yib yuborsam, mening nomimga dog’
tushmaydi,”– degan mulohazaga boribdi va o‘limni bekor qilibdi.
Maxbus o‘z fikrini ifodalashda xalq hikmatlaridan unumli foydalanish
natijasida o‘limdan qutilib qoldi. Shu o‘rinda mazkur rivoyat mazvu uchun sitata
vazifasini ham o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |