Davlat tilida ish yuritish


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
 
Taqriz deganda qanday matnni tushunasiz? 
2.
 
Taqriz  matni  tayyorlang  va  unda  qanday  til  birliklarini  qo‘lladingiz? 
Nima uchun?  
3.
 
Annotatsiya haqida tushuncha bering. 
4.
 
Annotatsiya matni tayyorlang va uni tahlil qiling. 
5.
 
Rezyume  matni haqida ma’lumot bering. 
6.
 
Matndagi til vositalarini tahlil qiling. 
 
 
 
37- MAVZU:
 FIKR IFODASINING USUL VA YO‘LLARI  
Maqsad:
  Fikrni  mantiqli,  izchil  ifodalashda  tilning  qanday  vositalaridan 
foydalanishni o‘rgatish.  
REJA: 
1. Fikr ifodasining turlari. 
2. Fikrni maqsadga ko‘ra ifodalash. 
3. Fikrni uslublar asosida ifodalash. 
4. Gapning mantiqiyligini ta’minlash.   
 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar: 
til  materiali,  darak  gaplar,  so‘roq  gap,  buyruq 
gap,  istak  gap,  gap  shakli,  fikr  qolipi,  so‘zlashuv  uslubi,  rasmiy-idoraviy  uslub, 
ilmiy-kitobiy  uslub,  publitsistik  uslub,  badiiy  uslub,  iqtibos(sitata),  maqol, 
hikmat, olinma gap, o‘zlashtirma gap, tasdiq tarsi, inkor tarsi, aniqlik mayli, fe’l, 
ot.   
 
Kishi  tafakkur  qiladi.  Ongida  tashqi  borliq  haqida  istak,  niyat,  fikr-
mulohaza tug’iladi. Ana shularni tashqariga chiqarish, boshqa kishilarga yetkazish  
yoki  so‘rash,  bilish,  aniqlash,  izhor  qilish  uchun    turli  usullardan  foydalanadi. 
Bular  fikr  ifodasining  usul  va  yo‘llari  hisoblanadi.  Fikr  ifodasi  maqsadga  va  til 
materiallaridan foydalanishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.  
I
. Firk ifodasini maqsadga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
1.
 
Darak gaplar. 
2.
 
So‘roq gaplar. 
3.
 
Buyruq gaplar. 
4.
 
Istak gaplar. 
Kishi  o‘zidagi  biror  fikr,  mulohaza  yoki  ma’lumotni  boshqalarga 
yetkazmoqchi bo‘lganda, yoki  o‘ziga ma’lum bo‘lmagan axborotni boshqalardan 
so‘ramoqchi,  da’vat  etish,  kechinmani  bayon  qilish  maqsadi  bo‘lsa,  darhol  shu 
maqsadlaridan biriga muvofiq keladigan gap shaklini tanlaydi.  
So‘zlovchi  o‘zi  bilgan  xabarni  tinglovchiga  yetkazmoqchi  bo‘lsa,  fikriga 
mos  shakl  sifatida  darak  gap  shaklini  tanlaydi.  Bunday  gaplarning  xususiyati 
shundaki, gapning kesimi tasdiq yoki inkor tarzidagi aniqlik maylida bo‘lgan fe’l 
bilan  ifodalanadi: 
Tushga  yaqin  osmonda  taftsiz  quyosh  ko‘rindi
(tasdiq  tarzida, 
aniqlik  mayli,  fe’l). 
Agar  kishilar  bir-birlariga  ta’mali  munosabatda  bo‘lsalar, 
ular kamol topmaydilar
(inkor tarzida, aniqlik maylida, fe’l). 


 
146 
Ba’zan  darak  gapning  inkor  shakli  orqali  tasdiq  ma’nosi  ham  ifodalanadi: 
O‘qimay  qo‘yman. 
Bundagi  fikr    tasdiq  orqali  ifodalangan  fikrdan  kuchliroq 
bo‘ladi. 
 Kesimi bo‘lishsiz fe’ldan, yo‘q, emas so‘zlarini olgan ot va sifatdoshlardan 
biri bilan berilsa, bunday gaplar darak-inkor mazmunidagi gaplar deyiladi. 
Kesimi  bo‘lishli    va  aniqlik  maylidagi  fe’l  bilan  ifodalansa,  tasdiq-darak 
gap hisonlanadi.  
Tinglovchini  ma’lum  bir  harakat-holatni,  voqea-hodisani  bajarishga  yoki 
bajarmaslikka  da’vat  etuvchi  gaplar  buyruq  gaplar  deyiladi.  Buyruq  gaplarda 
kesim  buyruq  maylida,  aniqlik  nisbatida,  ikkinchi  shaxsda  bo‘ladi: 
Oldin  o‘yla, 
keyin so‘yla.Sanamay, sakkiz dema. 
Rasmiy-idoraviy  uslubda  majhullik nisbati, uchinchi  shaxs,  buyruq  fe’llari 
bilan  ham  ifodalanishi  mumkin: 
Ishga  qabul  qilinsin.
 
Ishdan  bo‘shatilsin. 
Qarorning bajarilishi rais zimmasiga yuklatilsin. 
 
Buyruq  gaplarning  buyruqni  ifodalagan  kesimi  tushib  qolishi  mumkin, 
lekin uning o‘rni fikr ifodasi chog’ida sezilib turadi: 
Hamma shanbalikkka! 
  
Nutqiy 
muomala 
jarayonida 
fikringiz, 
hoxingizni 
boshqalarga 
yetkazmoqchi  bo‘lsangiz,  kesimi  shart-istak  maylidagi  fe’llar  bilan  ifodalangan 
gaplardan  foydalanasiz.  Bunday  gaplar  istak  gaplar  deyiladi: 
O‘qib  oq-qorani 
tanisam, ota-onamga xizmat qilsam deyman.  
Kishi o‘ziga kerakli ma’lumot yoki axborotni olish uchun tarkibida so‘roq 
olmoshi, so‘roq yuklamasi yoki so‘roq ohangi bor bo‘lgan gaplardan foydalanadi. 
Bunday gaplar so‘roq gaplar deyiladi: 
Bog’dagi gullar quridimi?
 
O‘qishga nima 
maqsadda kirding?
   
So‘roq  olmoshi  bor  gaplar,  so‘roq  yuklamasi  yoki  so‘roq  ohangi  bor 
bo‘lgan  gaplardan  aniq  javob  talab  qilishi  bilan  farqlanadi: 
Guruhingizda  kim 
yaxshi o‘qiydi?
  
So‘roq  yuklamasi  yoki  so‘roq  ohangi  bor  bo‘lgan  gaplar 
ha
  yoki 
yo‘q
 
javobini talan etadi.   
II
.  Firk  ifodasini  til  materiallaridan  foydalanishga  ko`ra  ham    bir  necha 
shakllari mavjud. Bular quyidagilardir: 
1.
 
So‘zlashuv uslubi. 
2.
 
Rasmiy-idoraviy uslub. 
3.
 
Ilmiy-kitobiy uslub. 
4.
 
Publitsistik uslub. 
5.
 
Badiiy uslub. 
Bunda  so‘zlovchi  til  materialidan  turli  maqsadda  foydalanadi.  Natijada, 
xabar mazmunidagi fikr-mulohazalar ham uslubiy farqlanishi mumkin.  
Masalan: 1) 
Tibbiyot kolleji shahar markazidan uzoqda joylashgan

2) 
Shahar markazidan tibbiyot kolleji  uzoqda joylashgan

3) 
Uzoqda joylashgan tibbiyot kolleji shahar markazidan.
 
Xabar  mazmunidagi fikrni bu  kabi uch  xil  til  vositasi  yordamida berilishi, 
fikr  ifodasining  uslubiy  farqlanishiga  misol  bo‘ladi.  Birinchi  va  ikkinchi  o‘rinda 
berilgan  gaplar  kitobiy(badiiy,  rasmiy,  publitsistik)  uslublarga  xos,  uchinchi 


 
147 
o‘rinda berilgan shakl esa so‘zlashuv uslubiga xos. Ammo har uchala ko‘rinishda 
ham bir xil fikr, ya’ni kollejning markazdan uzoqda ekanligi ifodalanmoqda. 
Buyruq  shaklidagi  fikr  ifodasi  uchun  ba’zan,  rasmiy-idoraviy  uslubdagi 
majhullik nisbati, uchinchi shaxs, buyruq fe’llari ham qo‘llanishi mumkin: 
Ishga 
qabul  qilinsin.
 
Ishdan  bo‘shatilsin.  Qarorning  bajarilishi  rais  zimmasiga 
yuklatilsin. 
 
 So‘zlashuv  uslubida  esa,  buyruqni  kuchaytirish,  do‘q-po‘pisa  ma’nosini 
ifodalash  maqsadida  kesim  gapning  boshiga  ko‘chirilishi  ham  mumkin:  O
ling 
matohingizni! Yig’ishtir  ermagingni!
  
Ba’zan  badiiy  uslubda, ba’zan  esa so‘zlashuv uslubida  darak mazmundagi 
fikrni  ifodalash  uchun  so‘roq  gaplardan  ham  foydalaniladi: 
Buni  kim  ham 
bilmaydi?(
Buni  hamma  biladi)  Bunday  gaplar  javob  talab  qilmaydi,  Chunki 
javobi o‘zida bo‘ladi.  
Bunday  gaplar  badiiy  uslubda  qo‘shiq,  maqol,  topishmoq  tarkibida  ko‘p 
uchraydi: 
So‘z aytganda bilib aytmaysanmi? 
Naql-maqol qo‘shib aytmaysanmi?  
Maqoldagi  asosiy  fikrni  saqlagan  holda  darak  gapga  aylantirilsa, 
quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: 
So‘z aytganda bilib ayt, 
Naql-maqol qo‘shib ayt. 
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  fikr  ifodasi  uchun  uning  maqsadga 
ko‘ra darak, so‘roq, buyruq yoki istak ekanligini bilish zarur. Shunda kelib chiqib, 
unda  qo‘llanadigan  til  birliklari  tanlanadi.  Nutq  tegishli  uslub  shakliga  kiradi. 
Ammo bulardan tashqari fikr ifodasi vaqtida so‘zlovchi yoki yozuvchi so‘zlarning 
lug’aviy ma’nosiga e’tibor berishi kerak. Agar bu hol buzilsa, nutqida mantiqiylik 
buziladi.  
Masalan, “Qalb sadosi” gazetasining 2007 yil № 21(114) noyabr sonining 
birinchi  sahifasida  “O‘zbekiston  Xalq  shoiri  Anvar  Obidjon  60  yoshda”  degan 
yozuv, uning ostida quyidagi she’r berilgan: 
“Xassos yozuvchisiz, ham shoiri zamon, 
Qo‘ydingiz nasru nazm ko‘shkiga arkon, 
Rutbangiz ulugdir, shon-martabangiz  
Bolalar shoiri deb atalmish unvon. 
Tavalludingiz qutlug’ Anvar Obidjon! 
Gulmat, Kulkul Afandi Polosoniysiz,  
Hajviyotu qo‘shiqda ham purlisoniysiz, 
Ijod bag’rida havvosu ummoniysiz, 
Muhabbat madhida duru maoniysiz, 
Oltmish yoshingiz qutlug’ Anvar Obidjon!”  
Mazkur  parchadagi  “purlisoniysiz”  so‘zining  o‘zagi  “pur”  (ko‘p,  mo‘l) 
hamda  lison(til)  so‘zlaridan  iborat  bo‘lib,  ular  qo‘shilib  yangi  ma’no  kasb  etishi 
lozim  edi.  Yangi  ma’no  esa  sevimli  shoirning  fazilatlaridan  biri  bo‘lishi  kerak. 
Chunki, she’rning asosiy yo‘nalishi ta’rif-tavsifda ekanligi shundan dalolat beradi. 
Ammo bu yerda ko‘ptilliysiz degan yuzaki  ma’no chiqib she’rning asl ma’nosiga 


 
148 
ziyon  bermoqda.  Agar  shu  o‘ringa  qo‘shtirnoq  qo‘yilsa,  so‘z  ko‘chma  ma’noga 
o‘tadi.   
She’rning  sakkizinchi  qatoridagi  “havvosu  ummoniysiz”  so‘zi  ham 
noto‘g’ri qo‘llangan. Oqibatda fikr ifodasi noaniq, mantiqsiz chiqqan. 
Bundan  tasqari,fikrni  asoslashda  iqtibos(sitata),  maqol  va  hikmatlardan 
foydalanish  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Fikrimiz  isboti  ushun  quyidagi  rivoyatga 
e’tibor qilaylik: 
Aytishlaricha,  xonliklardan  birida  ustamon  o‘g’ri,  yirik  jinoyatchi  qo‘lga 
olinibdi.  Uni  dorga  osish  orqali  o‘limga  hukm  qilishibdi.  Hukm  ijro  etiladigan 
kun  poytaxt  aholisi  O‘rda  maydoniga  yig’ilibdi.  Hamma  hukm  ijrosini  intizorlik 
bilan  kutmoqda.  Tegishli  tadbirlar  ko‘rilgan.  Jallod  arqonini  tekshirmoqda. 
Jinoyatchini  olib  kelishibdi  va  o‘lim  oldidan  aybiga  iqrorligini  so‘rashibdi. 
“Iqrorman,” deb javob qilibdi. So‘ngra ibodatga ruxsat berishibdi. Mahkum ikki 
rakat namoz  o‘qibdi. So‘ngra, oxirgi istagingni ayt, deyishibdi. 
 
–  Agar  imkon  bo‘lsa,  meni  xonimizning  dargohlarida  bir  kosa  suv  bilan 
mehmon qilishsa, – debdi maxbus. 
 
O‘lim  oldida  turgan  odamning  so‘nggi  tilagi  bajarilishi  kerak.  Shuning 
uchun  xon  suv  berishlarini  buyuribdi.  Maxbusga  xon  nomidan  bir  kosa  suv 
tutishibdi. U esa suvni oxirigacha sipqoribdi. So‘ng xonga murojaat qilibdi: 
– Ey, qiblai olam, o‘zingizning muruvvatingiz bilan meni mehmon qildingiz. 
Endi men sizning mehmoningizman. Mehmon atoiy xudo deydilar. Shuning uchun 
uning  gunohidan  o‘tilur.  Bu  xalqning  azaliy  odati.  Men  dargohingizda  bir 
mehmonman, shuning uchun gunohimdan o‘ting. 
Xaloyiq  maxbusning  topqirligi  va  ustamonligidan  lol  qolibdi.  Xon  ham 
hayron.  
O‘rtaga  sukunat  tushibdi.  Xon  mulohazali  kishi  ekan.  “–Agar  buni 
o‘ldirtirib yuborsam, mehmonini ostirib yubordi degan gap chiqadi. Obro‘yimga 
putup  yetadi.  Agar  shu  gapi  uchun  qo‘yib  yuborsam,  mening  nomimga  dog’ 
tushmaydi,”– degan mulohazaga boribdi va o‘limni bekor qilibdi.
           
Maxbus  o‘z  fikrini  ifodalashda  xalq  hikmatlaridan  unumli  foydalanish 
natijasida o‘limdan qutilib qoldi. Shu o‘rinda mazkur rivoyat mazvu uchun sitata 
vazifasini ham o‘taydi.  
 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish