Read more at: https://scribes.ru/uz/kak-napisat-zaklyuchenie-primery-kak-napisat-vyvod-pravilno-primer-i.html
11. Mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishga qaratilgan ilmiy matnga xos xususiyatlarni bayon qiling.
11)Ilmiy maqola, odatda, tuzilish jihatidan bir nechta qismga boʻlinadi. Maqolaning kirish qismida muhokama etilayotgan mavzuning dolzarbligi taʼriflanadi va asoslab beriladi, shuningdek, tadqiqot sohasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi, vazifalari muammo sifatida qoʻyiladigan masalaning yechimi, taklif etilayotgan yechimning nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qoʻyilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiriladi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, kim/nima uchun amalga oshirilgani haqidagi fikrlar bilan yakunlanadi hamda olib borilgan ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi haqida fikr bildiriladi.
12. Ma’lum bir mavzu bo’yicha ilmiy ma’lumot berih maqsadida tayyorlangan yozma, ko’rgazmali yoki og’zaki hujjat qanday nomlanadi, uning xususiyatlarini yoriting.
11. Keys bayoni. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi
Topshiriq. Ushbu fikrdan kelib chiqib, esse yozishda qanday holat maqsadga muvofiq emasligi haqida mulohaza qiling.
Esse yozishda bir qolipdagi so’zlardan foydalanish, so’zlarni qisqartirish, yuzaki xulosa chiqarishdan xoli bo’lish kerakEsseda birgina mavzu atrofida fikr yuritiladi .Unda birgina fikr o’rtaga tashlanadi va rivojlantiriladi .Uning bir necha mavzu va bir necha g’oyasi bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Esse erkin kampozitsiya asosida yoziladi.Yaxshi esseni mavzuni yaxshi tushungan uni har tamonlama idrok eta olgan o’z g’oyalari bilan o’quvchini o’ylanishga majbur eta oladigan odamgina yoza oladi. Esse yozishda bir qolibdagi so’zlardan foydalanish so’zlarni qisqartirish yuzaki xulosa chiqarishdan xoli bo’lishi kerak. Essening tili salmoqlilikni talab qiladi .Bunda esse mavzusini oydinlashtirish xajmini va maqsadini aniq belgilab olish muximdir. Esseda badiiy to’qima va fantaziya bo’lmaydi.Unda adabiy til uslublaridan to’g’ri va o’rinli foydalaniladi. Esse ixcham hajimli bo’lgani bois ,fikir muloxaza bildirishda batafsil xikoyalashdan cheklanish ,keltirilgan ma’lumotni ipidan ignasigacha bayon etishdan saqlanish,bir aytilgan fikrni yana qayta takrorlashga yo’l qo’ymaslik kerak.Uzoqdan uzoq,aralash turdagi qo’shma gaplar o’rniga qisqa va ixcham ifoda usulini qo’llagan maqul. Esse xatboshilarga to’g’ri ajratilishi kerak.Esseni yozib bo’lgach ,uni qayta-qayta o’qib chiqish tavsiya etiladi. Ensiqlopediya va to’g’ri manbaalardan olingan ma’lumotlar o’z o’rnida qo’llanilishi kerak. Aks xolda ,essening badiiyligi va ta’sirchanligiga putur yeadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham:
Do'stlaringiz bilan baham: |