So’z tarkibida tartib (asosga qo’shimchalarning qo’shilish tartibi)
I. O’zbek tilida aksariyat hollarda ko’makchi morfemalar, ya’ni yetakchi morfemadan keyin qoshiladi.
M: zamon+dosh+lar+im+ga, bil+im+don+lar+ing+ni, ko’r+gan+lar +im +ning tushun+di +m , yashil+roq,
2. O’zbek tilida aksaryat hollarda so’zlar tarkibida morfemalar asos+ so’z yasovchi qo’shimcha +lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashadi.
M: kitobxonlarga so’zida kitob – asos, -xon – so’z yasovchi qo’shimcha, –lar- lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha, -ga - sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha. G’alla-kor-lar-ni , faxr-lan-ish-di, aql-li-lar-dan.
3. Yetakchi morfemadan so’ng so’z yasovchi qo’shimchalar, shakl yasovchi qo’shimchalar ikkitadan qo’shilsa , yuqoridagi tartib saqlanadi. M: mulk-dor-lik , bil-im-li, jo’sh-qin-lik (ikkita so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilgan) , kel-ayotir-man, ( ikkita shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilgan), bor-ayotgan-ingiz-ni (uchta shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilgan), bil-im-don-lar-ingiz-ni, ( asosdan so’ng + so’z yasovchi + so’z yasovchi+ lug’aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi +sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilgan).
4. Ba’zi so’zlarda so’z yasovchi qo’shimcha yetakchi morfemadan oldin, so’z yasovchi, lug’aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar yetakchi morfemadan so’ng qo’shilishi mumkin: M: be-ma’ni-lar-ga, bad-nafs-lar-dan, ser-unum-dor-lik.
5. Ba’zi so’zlarda yetakchi morfema +lug’aviy shakl yasovchi morfema+so’z yasovchi morfema ko’rinishida morfemalar joylanishi mumkin. M: isi –t-ma, isi-t-kich, qayna-t-ma, maqta-n-choq, yashir-in-cha, y-ish-li, kuy-in-chak, qur-il-ma, yon-il-g’I, yoq-il-g’I, qisqa-r-t-ma, yet-ar-li, zerik-ar-li, ayt-ar-li.
6. Ba’zi so’zlarda asos + so’z yasovchi qo’shimcha + lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha+so’z yasovchi qo’shimcha ko’rinishida morfemalar joylashadi. M: es-la-gan-lik, qisqa-r-t-ma, ko’p-ay-t-ma, muz-la-t-gich, qo’l-la-n-ma.
7. Ayrim so’zlarda asos +sintaktik shakl yasovchi + so’z yasovchi qolipida morfemalar joylashishi mumkin. M: o’z –i-cha, kerag-i-cha.
TOVUSH O’ZGARISH HODISASI
O’zbek tilida asosga , ya’ni yetakchi morfemaga ko’makchi morfema qo’shilganda sso’z asosidagi ma’lum bir nutq tovushi tushishi , ortishi ,o’zgarishi mumkin .Bunday hodisalarga tovush o’zgarish hodisasi deyiladi . Bu hodisa uchga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |