transplantatio, onis, f –qayta qo‘yish
4-§. Eng ko‘p qo‘llaniladigan grekcha old qo‘shimchalar
Old qo‘shimchalar
|
Ma’nosi
|
Misollar
|
1.a-, an-
|
inkor ma’nosiini (siz)
|
alalia- bolalarda til chiqmasligi yoki nutqning chegaralanganligi . anomalia- tuzilishning tug‘ma nuqsoni.
|
2.anti-
|
qarshi
|
anticoagulanta- qonning ivish sistemasi aktivligini susaytiradigan moddalar.
|
3.dys-
|
buzulish(funktsiyani buzulishi)
|
dysthymia-kayfiyatning buzilishi , parishonlik
|
4.endo-
|
ichki, ichki parda
|
endoscopia- kovak organlarni optik yoritadigan asboblar bilan tekshirish usuli.
|
5.epi-
|
da, ustida,ustki
|
epididymus- moyak ortig‘i.
|
6.hyper-
|
ustida, ustidan (normadan yuqori bo‘lishlikni ko‘rsatadi)
|
hyperergia- organizm yoki organ reaktivligining normadan ortiq zo‘rayib
ketishi.
|
7.hypo-
|
ostida, past ( normadan past
)
|
hyposmia- hidni yaxshi payqamaslik, hid bilish qobiliyatining pasayishi.
|
8.meta-
|
ko‘chirish, bir holatdan boshqa holatga almashtirish.
|
metamorphosis- shakl yoki tuzilish (mas;hujayralar, to‘qimalar) ning o‘zgarishi,
qayta hosil bo‘lishi,tuzilishi.
|
9.para-
|
1.atrofida ;organ, to‘qimani ikkala tomonidan o‘rab olish; 2. o‘xshashlik
|
paraplegia – ikkala oyoq ikkala qo‘lning falaj bo‘lib qolishi
|
10. peri-
|
atrofida, atrofda
|
pericranitis-kalla suyagi usti pardasining yallig‘lanishi
|
11.syn- sym-
|
bilan,birgalikda(harakatning birlashishi, hamkorligi)
|
syngamia- urug‘lanish, yetilgan erkak va ayol jinsiy hujayralarining qo‘shilishi va zigota hosil bo‘lishi.
|
Mustaqil ishlash uchun mashqlar
Old qo‘shimchalarni ajrating,ularni ma’nosini tushuntiring, iboralarni ma’nosini ko‘sating:
anaemia,apathia,dysphagia,aphagia,hyperaemia,amnesia,dysergia,hyperergia, sympathia,synchondrosis,hyperthermia,syndesmosis,hypothermia,hyperkinesia, pericardium,pericarditis,epicondylus,antitoxicus, endocarditis, parametrium, metastasis.
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yasovchi elementlarni qo‘ying:
1.Organ to‘qimalarida kislorod moddasini pasayishi …. oxia 2.To‘qimali elementlarning ko‘payib hosil bo‘lishi ….cystosis 3.Organ yoki tana qismida odatdagi holatdan chetga chiqishi …plasia 4.Tomirlarda gidrostatik haroratning tushushi …. tonia 5.Bachadon pufagiga siydikni kelmasligi … uria
Muskulni kesish ... tomia
Muskul tonusining kuchsizlanishi … tonia
3.Tarjima qiling.
Yurak kasalligi, yurak yetishmasligi,yurak mushagi infarkti, bosh miya insulti, jigarni ko‘chirish, yiringni kesib tashlash,suyakni plastik operatsiya qilish, me’dani
12 barmoqli ichakka o‘tish joyini kesib tashlash, ko‘krak qafasini kesish, bel sohasidagi kasallikni aniqlash yoki davolashda to‘qimalarni kovak igna bilan teshish, bolalikda miyani falaj bo‘lishi.
Nota bene!
Do'stlaringiz bilan baham: |