15.III- turlanishli otlar qanday xususiyatlarga ega?
16.III-turlanishli otlarning o‘zagi qanday aniqlanadi?
17. Qanday otlar teng bo‘g‘inli ? Qanday otlar teng bo‘lmagan bo‘g‘inli otlar deyiladi?
18.III-turlanishdagi mujskiy roddagi otlar Nom.sing.da qanday qo‘shimchalarga ega? Ushbu qoidadan mustasno so‘larni ayting.
19.III-turlanishdagi jenskiy roddagi otlar Nom.sing.da qanday qo‘shimchalarga ega? Ushbu qoidadan mustasno so‘larni ayting.
20.III-turlanishdagi sredniy roddagi otlar Nom.sing.da qanday qo‘shimchalarga ega? Ushbu qoidadan mustasno so‘zlarni ayting.
Qaysi turlanishdagi otlar Gen.sing. va Nom.plur. da bir xil qo‘shimchalarga ega?
Qaysi turlanishdagi otlar Nom.sing. va Nom.plur. da bir xil qo‘shimchalarga ega?
Mashqlar
Nom,Gen,Abl singularis et pluralis da tuslang.
1.Umumiy jigar oqimi. 2. Limfa tomirlari. 3. Bo‘g‘im to‘ri.4. Tovon yuzasi.
5. Peshona shoxi. 6. Qo‘shimcha burun tog‘ayi.
2. Lotin tiliga tarjima qiling .
1.Orqaning va boshning muskuli. 2.O‘ng qo‘l panja barmoqlarining suyaklari. 3. Tomirlar , o‘pkalar,ko‘zlarning kasalliklari. 4. Qovurg‘alarning va kurakning sinishi. 5. Muskullarning paylari. 6. Barmoqlarning paylari. 7. Venalarning teshiklari. 8. Bo‘g‘imlarning boylamlari. 9. Me’daning va tomirlarning devorlari.
10. O‘pkalarning va yurakning tomirlari. 11. Quloqlarning kanallari. 12. O‘pkalarning qirg‘oqlari. 13. Qovurg‘alarning ko‘taruvchi muskullari. 14. Peshona bo‘shliqlarining devorchasi.15.Barmoqlarning chuqur bukuvchi muskullari. 16.Tishlarning ildizlari. 17.Qo‘tir va qutirish kasalliklari.
3. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
1.Musculi levatores costarum longi. 2. Septum corparum cavernosum. 3. Vagina tendinum musculi extensoris digitorum pedis longi. 4. Ganglia plexuum autonomicarum . 5.Ligamenta ossicularum auditus. 6.Processus accesorii vertebrarum lumbalium. 7.Rami communicantes, cum nervo zygomatico . 8.Vaginae tendinum musculi obductoris longi et extensoris brevis hollicis. 9.Nervi digitali tendinum digitorum manus. 10.Vaginae synoviales tendinum digitorum pedes.
11. Tubercula anteriora vertebrarum lumbalium. 12.Rami nasales interni nervi ethmoidalis. 13.Ossa digitorum manus. 14.Cartilagines meatus ocustici.
4. O‘zbek tiliga tarjima qiling .
1.Nervi (sacralis, palatini ,cranialis, intercostales, digitales). 2.Ligamenta flava (ventricularia ,obliqua). 3.Rami laterales (nasales, lienales, intercostales). 4.Vasa superficialia (profunda , lumphatica). 5.Musculi brevis (flexores, extensoris, laterales, infracostales). 6.Canales laterales (optici, palatini dextri,hypoglossi ). 7.Canales palatini minores. 8. Arteria sacrales laterales . 9.Cristae sacrales latarales. 10.Rami communcans albi. 11.Margines laterales.
5. Quyidagi birikmalarni o‘qing va tarjima qiling .
Musculi ossiculorum auditus. 2.Sinus venarum cavarum. 3.Ganglia plexuum. 4.Ligamenta genus. 5.Digiti manus, pedis. 6.Fasciae manuum.
Do'stlaringiz bilan baham: |