To‘yinmagan uglevodorodlar
1. Vodorod, teng hajmdagi etin va etendan iborat gazlar aralashmasi Ni katalizatori ustidan o‘tkazildi. Dastlabki gazlar aralashmasining o‘rtacha molar massasi (g/mol) nechaga teng bo‘lganda reaksiyadan so‘ng faqat etan hosil bo‘ladi?
A) 15 B) 20 C) 17,5 D) 12
2. 30,9 g etan va buten–1 aralashmasi bromli suv orqali o‘tkazilganda aralashma hajmi 3,36 litr (n.sh.) ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi gazlarning mol nisbatini toping.
A) 4:1 B) 6:1 C) 3:1 D) 5:1
3. Noma’lum alkin molekulasi to‘liq bromlanish reaksiyasi tenglamasining o‘ng va chap tomonidagi atomlar yig‘indisi 22 ga teng bo‘lsa, alkinning molar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 40 B) 68 C) 54 D) 26
alkadiyen
|
hajm
(1, n.sh.)
|
yoqish uchun sarflangan kislorod hajmi (1, n.sh.)
|
X (gaz)
|
A
|
5,5a
| 4.
Jadvaldan foydalanib 1 mol alkadiyen tarkibidagi m(C) : m(H) ni hisoblang.
A) 8:1 B) 15:2 C) 9:1 D) 7,5:1
5. 16,8 g noma’lum alken kaliy permanganatning suvli eritmasida ohista oksidlandi. Hosil bo‘lgan cho‘kmani to‘liq eritish uchun 200 ml 4 M li xlorid kislota eritmasi sarflangan bo‘lsa, noma’lum alkenni aniqlang.
A) propen B) penten C) eten D) buten
6. 16,8 litr (n.sh.) gaz holidagi alkan va alken aralashmasi bromli suv orqali o‘tkazilganda idish massasi 10,5 g ga ortdi, gazlar hajmi esa 1,5 marta kamaydi. Bitta alken molekulasi tarkibidagi atomlar sonini toping.
A) 12 B) 9 C) 6 D) 15
7. 50 ml butin–1 va butan aralashmasiga 22 ml vodorod qo'shib ma’lum sharoitda Ni katalizatori ustidan o‘tkazildi. Gidrogenlanish reaksiyasi to‘liq sodir bo‘lgach, gazlar aralashmasining hajmi 56 ml ni tashkil etdi. Barcha o‘lchashlar bir xil sharoitda amalga oshirilgan bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushini (%) hisoblang.
A) 80 B) 76 C) 70 D) 84
8. Mol nisbatlari 6:5 bo‘lgan propan va noma’lum alken aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda yondirildi. Bunda kislorodning 1/3 qismi alken uchun sarf bo‘lgan bo‘lsa, ushbu alkenni aniqlang.
A) propen B) penten C) eten D) buten
9. 1–xlorpropanga KOH ning etanoldagi eritmasi ta’sir ettirilganda 80 % unum bilan 33,6 g yagona organik mahsulot – alken olingan bo‘lsa, sarflangan xloralkan massasini (g) aniqlang.
A) 78,5 B) 62,8 C) 54,8 D) 94,2
10. 2 mol pentandan ikki bosqichda 54,4 g izopren olindi. Agar birinchi bosqichda reaksiya unumi 80 % bo‘lsa, ikkinchi bosqich reaksiya unumini (%) hisoblang.
A) 75 B) 85 C) 60 D) 50
11. 20 litr asetilen va etan aralashmasi degidrogenlanishidan 30 litr asetilen va vodorod aralashmasi olindi. Olingan gazlar aralashmasining o‘rtacha molar masasini (g/mol) hisoblang.
A) 18 B) 15 C) 16 D) 17
12. Ekvimolar nisbatda olingan etan va etilendan iborat 290 g aralashma to‘liq degidrogenlanishi natijasida hosil bo‘lgan asetilen massasin: g va vodorod hajmini (1. n.sh. hisoblang.
A) 162; 201,6 B) 108; 134,4 C) 216; 268,8 D) 260; 336
13. 0,01 mol benzol gomologi to‘liq yondirildi. Ajralgan gaz 370 g 1 % li kalsiy gidroksid eritmasiga yuttirildi, bunda 3 g cho’kma ajraldi. Benzol gomologining formulasini aniqlang. (Kalsiy gidroksid to’liq sarflangan)
А) С9H12 В) C7H8 C) C6H6 D) C8H10
14. Alyuminiy karbid va kalsiy karbid aralashmasi qanday mol nisbatda olib gidrolizlanganda hosil bo‘lgan uglevodorodlarning vodorodga nisbatan zichligi 10,5 ga teng bo’ladi?
A) 1:3 В) 41 С) 1:2 D) 1:1
15. Geliyga nisbatan zichligi 10 ga teng bo‘lgan ochiq zanjirli to’yinmagan uglevodorodlar aralashmasini to‘liq gidrogenlash uchun aralashma hajmidan ikki marta ko'p vodorod talab etiladi. 80 g shunday aralashmani yoqish uchun qancha hajm (litr n. sh.) kislorod kerak?
A) 134,4 В) 179,2 C) 201,6 D) 156,8
16. 32,8 g alkin yetarli kislorodda yonishidan olingan CO2 gazi 1,2 mol neon bilan aralashtirildi. Hosil bo‘lgan gazlar aralashmasining molar massasi 36 g/mol bo‘lsa, alkinni aniqlang.
A) butin B) pentin C) geksin D) propin
17. 26,4 g etan va buten–2 aralashmasi bromli suv orqali o‘tkazilganda, aralashma hajmi 3,36 1itr (n.sh.) ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi gazlarning mol nisbatini toping.
A) 5:1 B) 3:1 C) 4:1 D) 6:1
18. Propin bromning CCl4 dagi 50 % li 160 g eritmasi orqali o‘tkazilganda ikki xil bromli hosila olindi. Agar molar massasi kichik hosilaning miqdori molar massasi katta hosiladan 3 marta ko‘p bo‘lsa, reaksiya uchun sarflangan propin hajmini (litr, n.sh.) aniqlang.
A) 8,96 B) 5,6 C) 6,72 D) 11,2
19. Alkin to‘liq gidrogenlanganda 17,6 g modda olindi. Shuncha miqdor alkin yonganda mol 1,2 mol CO2 hosil bo‘lsa, bitta alkin molekulasidagi atomlar sonini aniqlang.
A) 10 B) 13 C) 4 D) 7
20. 5 mol toluol KMnO4 va H2SO4 aralashmasi bilan oksidlandi. Olingan organik moddalar aralashmasi tarkibidagi sp2 – gibridlangan orbitallar soni dastlabki toluol tarkibidagidan 24 ⦁ NA ga ko‘p bo'lsa, oksidlanmagan toluol massasini (g) hisoblang.
A) 138 B) 184 C) 46 D) 92
21. 5 mol izopropilbenzol KMnO4 va H2SO4 aralashmasi bilan oksidlandi. Olingan organik birikmalar tarkibidagi uglerod atomlari soni dastlabki izopropilbenzol tarkibidagi uglerod atomlari sonidan 8 ⦁ NA ga kam bo‘lsa, reaksiya unumini (%) hisoblang.
A) 70 B) 75 C) 80 D) 90
22. Metan va noma’lum alkendan iborat 1,2 mol aralashma to‘la yondirilganda 145,2 g CO2 va 68,4 g H2O hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi alkenni aniqlang.
A) penten B) buten C) eten D) propen
23. Etan va asetilendan iborat 5 litr aralashmaga 5 litr vodorod qo‘shib nikel katalizatori ustidan o'tkazilganda aralashma hajmi 5/4 marta kamaygan bo‘lsa, oxirgi aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang. (barcha hajmlar bir xil sharoitda o‘lchangan)
A) 1/4 B) 1/8 C) 5/8 D) 3/8
24. 8,96 litr (n.sh.) alken gidratlanganda 4,2 g birlamchi spirt va 19,8 g ikkilamchi spirt hosil bo‘ldi. Alken formulasini aniqlang.
A) C3H6 В) C2H4 C) C4H8 D) С5H10
25. Is gazi va alkendan iborat aralashmadagi alkenning massa ulushi 8/9 va hajmiy ulushi 4/5 bo‘lsa, alkenni aniqlang.
A) penten B) buten C) eten D) propen
26. Benzol gidrogenlanganda 32 g Br2 tutgan eritmani rangsizlantiradigan siklogeksan va siklogeksen aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki benzol yoqilganda 2,4 mol CO2 hosil bo‘lsa, gidrogenlanish reaksiyasidan olingan siklogeksan massasini (g) hisoblang.
A) 16,8 B) 25,2 C) 12,6 D) 8,4
27. 16,8 g alken kaliy permanganat eritmasiga to‘liq yuttirilishi natijasida kaliy permanganat eritmasining massasi 18 g ga kamaydi. Alkenning formulasini aniqlang.
A) C4H8 B) C2H4 C) C5H10 D) C3H6
28. Mol nisbatlari 1:2 bo‘lgan alken va vodoroddan iborat aralashma (Ni ishtirokida) qizdirildi. Muvozanat holatdagi gazlar aralashmasining o'rtacha molar massasi 12,8 g/mol bo‘lsa, alkenni aniqlang. (η = 50 %)
A) C4H8 B) C3H6 C) C5H10 D) C2H4
29. Teng massadagi С2H4 va O2 aralashmasi portlatilganda 4,48 litr (n. sh) CO2 hosil bo‘lsa, ortib qolgan modda va uning massasini (g) aniqlang.
A) O2; 6,4 В) С2H4; 6,8 С) С2H4; 5,6 D) O2; 9,6
30. Metandan ikki bosqichda benzol olinadi. (СH4 → C2H2 → C6H6 ) 11,7 g benzol olish uchun necha mol metan sarflanadi? (η1 = 75 %, η2 = 100 %)
A) 1,8 B) 1,6 C) 1,4 D) 1,2
31. 52 g asetilenga oldiniga HX, so‘ngra HY galogenidlar 1:1 mol nisbatda qo‘shilganda 287 g mahsulot olindi. Reaksiyada qanday galogenlar ishlatilgan?
A) Br va J B) F va Br C) Cl va J D) Cl va Br
32. CH4 1500°C da qizdirilganda atsetilen hosil qiladi. Agar olingan gazlar aralashmasida hajm jihatdan 1/7 qismi atsetilen bo’lsa. reaksiya unumini (%) toping.
A) 75 B) 60 C) 50 D) 40
33. Alken o‘z tarkibidagi atomlar sonidan 3 marta kam atom tutgan suvni to‘la biriktiradi. Olingan spirt bitta molekulasi tarkibidagi atomlar sonini hisoblang.
A) 9 B) 18 C) 12 D) 15
34. Metan va etin aralashmasida uglerod massasi vodorodnikidan 4 marta ortiq. Shu aralashma mo’l bromli suvdan o‘tkazilganda hajm necha marta kamayadi?
A) 2 B) 2,5 C) 1,25 D) 4
35. Mol nisbatlari 1:2 bo‘lgan alken va vodorod aralashmasi (Ni ishtirokida) qizdirildi. Muvozanat holatdagi gazlar aralashmasining o’rtacha molar massasi 18,4 g/mol bo'lsa, alkenni aniqlang. (η = 50 %)
A) C3H6 В) C4H8 C) C5H10 D) С2H4
36. Noma’lum alkenning 1/3 qismi brom bilan reaksiyasidan 64,8 g dibromalkan, qolgan qismi vodorod xlorid bilan reaksiyasidan 55,5 g monoxlor hosil bo‘lsa, alkenni aniqlang.
A) penten B) propen C) eten D) buten
37. Alkan degidrogenlanishi natijasida alken, alkin va vodoroddan iborat aralashma hosil bo‘ldi. Vodorod ajratib olingandan keyin hajm 672 ml ga, massa 1656 mg ga teng bo’lsa, alken va uning miqdorini aniqlang.
A) n(С4Н8) = 0,012 mol B) n(С3H6) = 0,024 mol
C) n(C3H6) = 0,006 mol D) n(C4H8) = 0,018 mol
38. 0,3 mol alken kaliy permanganatning suvli eritmasida oksidlandi. Reaksiyadan so‘ng eritmadagi atomlar soni 2,1 ⦁ NA ga ortgan bo‘lsa, alkenni aniqlang. (NA = 6 ⦁ 1023 mol–1)
A) C4H8 B) C3H6 C) C5H10 D) C2H4
39. 16,8 litr (n.sh.) asetilen katalizator ishtirokida (Hg2+) gidratlanganda π – bog‘lar soni 3,612 ⦁ NA donaga kamaydi. Hosil bo‘lgan organik modda massasini (g) hisoblang.
A) 26,4 B) 30,8 C) 33 D) 28,6
40. X alkindagi H atomlari soni С atomlari sonidan 1,5 marta, Y alkindagi H atomlari soni С atomlari sonidan 1,6 marta ko‘p bo‘lsa, X va Y ga mos keladigan alkinlar sonini ko‘rsating. (Fazoviy izomerlar hisobga olinmasin.)
A) X = 3; Y = 4 B) X = 2; Y = 3 C) X = 3; Y = 5 D) X = 2; Y = 4
41. 0,2 mol butan degidrogenlanganda o‘rtacha molar massasi 23,2 g/mol bo‘lgan buten–1, trans–buten–2, sis–buten–2, butadien–1,3 va vodoroddan iborat aralashma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan aralashma necha mol bromni biriktira oladi?
A) 0,4 B) 0,5 C) 0,3 D) 0,45
42. Etan, etilen va asetilendan iborat aralashmani yondirish uchun 0,6 mol kislorod sarflandi va 0,4 mol suv hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmaning o‘rtacha molar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 27 B) 29 C) 30 D) 28
43. Benzol va stiroldan iborat aralashma 200 g 8 %li bromli suv eritmasini rangsizlantiradi. Xuddi shunday aralashma to‘liq yondirilganda 2 mol karbonat angidrid ajraladi. Dastlabki aralashma tarkibidagi benzol miqdorini (mol) hisoblang.
A) 0,2 B) 0,3 C) 0,1 D) 0,4
44. Benzol va toluoldan iborat aralashma teng ikki qismga ajratildi. Birinchi qismi kaliy permanganatning kislotali eritmasida oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan karbon kislota natriy gidrokarbonat bilan ta’sirlashib 0,2 mol gaz ajraldi. Qolgan qismi to‘liq yondirilganda 2 mol karbonat angidrid ajraldi. Dastlabki aralashma tarkibidagi benzol miqdorini (mol) hisoblang.
A) 0,4 B) 0,2 C) 0,05 D) 0,1
45. Asetilen va propandan iborat aralashma bromli suv solingan idish orqali o‘tkazilganda idishning og‘irligi 5,2 g ga ortdi. 0‘shancha miqdordagi aralashma yondirilganda 29,12 litr (n.sh.) karbonat angidrid hosil bo‘lsa, dastlabki aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 13,2 B) 15,6 C) 10,2 D) 18,4
46. 20 litr (n.sh.) etin va etendan iborat aralashmaga 80 litr (n.sh.) vodorod qo‘shilib platina katalizatori ustidan o‘tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamaydi. Boshlang‘ich aralashmani to‘la yoqish uchun qancha hajm (l, n.sh.) kislorod kerak bo‘ladi?
A) 60 B) 55 C) 57,5 D) 44,8
47. 0,6 mol alkan va etilen aralashmasi teng ikki qismga ajratildi. Birinchi qismi bromli suv solingan idishdan o'tkazilganda idish massasi 2,8 g ga ortdi. Ikkinchi qismi to‘liq yondirilganda 14,4 g suv hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi alkanning massasini (g) hisoblang.
A) 12 B) 17,6 C) 6 D) 8,8
48. Ekvimolar nisbatda olingan alkan va alkendan iborat 17,92 litr (n.sh.) aralashmaning yarmi bromli suvga yuttirilganda idish massasi 11,2 g ga ortdi. Aralashmaning qolgan qismi to‘liq yondirilganda 1,2 mol suv hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmaning o‘rtacha molar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 36 B) 29 C) 22 D) 43
49. M(o’r) = 55,6 g/mol bo‘lgan buten–1 va butin–1 dan iborat aralashmani to‘liq yondirish uchun 2,95 mol kislorod sarflandi. Xuddi shunday aralashmani to‘liq gidrogenlash uchun necha mol vodorod sarflanadi?
A) 0,9 B) 0,8 C) 0,6 D) 0,7
50. Ekvimolar nisbatda olingan alken va vodorod sulfiddan iborat aralashma to‘liq yondirildi. Yonish mahsulotlari bariy gidroksid eritmasiga yuttirilganda umumiy massasi 122,2 g bo‘lgan cho‘kmalar olindi. Cho‘kmalar kaliy permanganatning kislotali (HNO3) eritmasida eritilganda 46,6 g bariy sulfat hosil bo’ldi. Alkenni aniqlang.
A) buten B) propen C) penten D) eten
51. Ekvimolar nisbatda olingan alken va vodorod sulfiddan iborat aralashma to'liq yondirildi. Yonish mahsulotlari bariy gidroksid eritmasiga yuttirilganda umumiy massasi 242,4 g bo‘lgan cho‘kmalar olindi. Cho'kmalar kaliy permanganatning kislotali (HNO3) eritmasida eritilganda 69,9 g bariy sulfat hosil bo‘ldi. Alkenni aniqlang.
A) penten B) eten C) propen D) buten
52. Benzol va siklogeksan aralashmasi to‘liq degidrogenlanganda ( kat., to ) aralashma massasi 1,2 g ga kamaydi. Olingan mahsulot quyosh nuri ishtirokida xlorlanganda massasi 85,2 g ga ortdi. Dastlabki aralashma massasini (g) bisoblang.
A) 16,2 B) 40,8 C) 32,4 D) 24,6
53. Benzol va siklogeksan aralashmasi to‘liq degidrogenlanganda (kat., t°) aralashma massasi 1,8 g ga kamaydi. Olingan mahsulot quyosh nuri ishtirokida xlorlanganda massasi 106,5 g ga ortdi. Dastlabki aralashmadagi benzol massasini (g) hisoblang.
A) 15,6 B) 7,8 C) 11,7 D) 23,4
54. Benzol, siklogeksan va. siklogeksendan iborat aralashma bromli suv bilan ishlanganda massasi 16 g ga ortdi. Xuddi shunday aralashma to‘liq degidrogenlanganda 0,5 mol benzol va ma’lum miqdor H2 ajraldi. Ajralgan H2 hajmi (n.sh.) dastlabki aralashmani siklogeksangacha gidrogenlash uchun sarflanadigan H2 hajmidan 2 marta kam. Boshlang‘ich aralashmadagi benzol massasini (g) hisoblang.
A) 31,2 B) 7,8 C) 23,4 D) 15,6
55. Buten–1 va vodoroddan iborat aralashma (M(o’r) = 23,6 g/mol) katalizator ustidan o‘tkazildi. Agar gidrogenlanish reaksiya unumi 50 % bo‘lsa, hosil bo‘lgan gazlar aralashmasining molar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 30,5 B) 28 C) 31 D) 29,5
56. Metan, etin va etandan iborat aralashmani gidrogenlash uchun sarflangan vodorod hajmi aralashma hajmiga teng. Xuddi shunday aralashmani yoqish uchun sarflangan kislorod hajmi aralashma hajmidan 2,55 marta ko‘p bo‘lsa, dastlabki gazlar aralashmasidagi φ(СH4) ni aniqlang.
A) 0,3 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,25
57. Etan, butin–2 va xloroprendan iborat aralashma yetarli kislorodda yondirilib, reaksiya mahsulotlari 20°C gacha sovutilganda 30,7 g suyuqlik olindi. Ushbu suyuqlikda natriy gidrokarbonat eritilganda 4,48 litr (n.sh.) gaz ajralgan bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi xloroprenning hajmiy ulushini (%) hisoblang. (CO2 ning suvda erishi hisoblanmasin)
A) 20 B) 25 C) 40 D) 30
58. Gaz holidagi alkin va vodorod aralashmasi (D(He) = 2,4) Ni katalizatori ustidan o‘tkazilganda bromli suvni rangsizlantirmaydigan gazlar aralashmasi (D(He) = 4) olindi.
Alkinning molar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 70 B) 54 C) 40 D) 26
59. Noma’lum uglevodorod stexiometrik nisbatdagi kislorodda yondirildi. Olingan mahsulotlar ohakli suvga yuttirilganda 20 g cho‘kma tushdi va eritma massasi 8,5 g ga kamaydi. Noma’lum uglevodorod quyidagilardan qaysi biri bo'lishi mumkin?
A) penten–1 B) butin–1 C) 2–metilpropen D) propan
60. 5 mol metan, etan va asetilen aralashmasi (DH2 = 10,9) bromli suvdan o‘tkazilganda aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 5 ga teng bo‘lib qoldi. Boshlang‘ich aralashma yetarli kislorodda yondirilganda necha mol CO2 hosil bo‘ladi?
A) 6 B) 6,8 C) 7,5 D) 7,2
61. Etilen va asetilen gazlari aralashmasi yetarli kislorodda yondirildi. Hosil bo'lgan gazlar aralashmasi tarkibida φ(CO2) = 60 % bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi asetilenning massa ulushini aniqlang. (Suv bug‘lari kondensatsialanmagan.)
A) 55 B) 40 C) 65 D) 75
62. 1 mol asetilen katalitik dimerlanganda birlamchi uglerod atomlari soni 30 % ga kamaydi. Hosil bo‘lgan aralashmadagi π – bog‘lar sonini hisoblang.
(Dimerlanish mahsuloti ( CH2 = CH — C ≡ CH )
A) 3,4 ⦁ NA B) 1,4 ⦁ NA C) 2,8 ⦁ NA D) 1,7 ⦁ NA
63. 13,4 g eten va etin aralashmasi tegishli sharoitda gidratlanganda 22,4 g kislorodli organik birikmalar olindi. Boshlang‘ich aralashma yondirilganda necha gramm suv hosil bo‘ladi?
A) 14,4 B) 10,8 C) 16,2 D) 12,6
64. Buten–2 va propandan iborat aralashma mo‘l miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasidan o‘tkazilganda eritma massasi 0,6 g ga kamayadi. Xuddi shunday tarkibli aralashma to‘liq yondirilganda 2,1 mol karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Boshlang‘ich aralashma hajmini (litr, n.sh.) hisoblang.
A) 13,44 B) 26,88 C) 22,4 D) 11,2
65. Propan va propindan iborat aralashma bromli suv orqali o’tkazilganda idish massasi 12 g ga ortdi. Xuddi shunday sifat va miqdor tarkibga ega aralashma yondirilib, yonish mahsulotlari fosfor (V) – oksid solingan nay orqali o‘tkazilganda nayning massasi 25,2 g ga ortdi. Boshlang‘ich aralashmadagi φ(С3H4) ni toping.
A) 80 % B) 20 % C) 40 % D) 60 %
Do'stlaringiz bilan baham: |