Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019



Download 1,7 Mb.
bet21/23
Sana03.01.2022
Hajmi1,7 Mb.
#313533
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
kimyo-2019

KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR.

ODDIY VA MURAKKAB EFIRLAR, YOG`LAR, SOVUNLAR. UGLEVODLAR.
1. Asalari mumining o`ziga xos hidi qaysi efirga xos?

A) stearin kislotaning miritsil efiri

B) palmitin kislotaning miritsil efiri

C) moy kislotasining butil efiri

D) sirka kislotasning butil efiri
2. Metoksimetan va metilmetanoat formulalarini mos ravishda ko`rsating

A) CH3OCH3; HCOOH

B) CH3OH; HCOOCH3

C) CH3OCH3; HCOOCH3

D) HCOOCH3; CH­3OCH3
3. Stearin triglitseridi yetarli miqdordagi o`yuvchi natriy bilan gidrolizlandi. Reaksiya mahsulot(lar) ini ko`rsating

1) C17H35COOH; 2) C15H31COONa 3) CH2(OH)CH(OH)CH2(OH)

A) 3 B) 2 C) 2,3 D) 1,3
4. Kraxaml gidrolizlanib, H2 yordamida qaytarildi. Olingan organik modda qaysi sinfga taaluqli?

A) spirt B) kislota

C) aldegid D) murakkab efir
5. Selluloza uchun xos bo`lgan javobni ko`rsating.

A) kumush ko`zgu reaksiyasiga kirishadi

B) α – glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan

C) suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi

D) monomeri geksozalarga mansub
6. R1 CH2OH + R2 COOH = CH3COOC2H5 + H2O reaksiya tenglamasidan foydalanib R1 – O – R2 ning formulasini ko`rsating

A) C2H5OC2H5 B) CH3OCH3

C) CH3OC2H5 D) CH3OC3H7
7. Metoksimetanga izomer bo’lgan moddani ko’rsating.

A) dietilefir B) etanol

C) etanal D) sirka kislota
8. Quyidagilardan qaysi biri to’yingan yog’ kislota hisoblanadi? 1) palimitin kislota

2) olein kislota 3) linol kislota 4) stearin kislota

A) 2,4 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,4

9. Rasmda ko`rsatilgan modda uchun to`g`ri fikrni ko`rsating.



A) eterefikatsiya reaksiyasiga kirishadi

B) pentoza

C) gidrolizlanadi

D) glukozaning β – shakli
10) α – glukoza tarkibidagi gidroksil va aldegid guruhlari sonini mos ravishda ko`rsating

A) 4 va 0 B) 5 va 0 C) 5 va 1 D) 4 va 1




11.


Yuqoridagi reaksiya uchun xos bo`lgan javobni toping.

A) glitserin hosil bo`ladi

B) palmitin kislota hosil bo`ladi

C) eterifikatsiya reaksiyasi hisoblanadi

D) suyuq sovun olinadi
12. 2 mol saxarozaning to`liq gidrolizi natijasida qancha (g) mahsulotlar hosil bo`ladi?

A) 720 B) 540 C) 360 D) 180


13. Saxarozaning to`liq gidrolizli uchun 2 mol suv sarflansa, qancha (g) mahsulotlar hosil bo`ldi?

A) 720 B) 180 C) 540 D) 360


14. Trioleatning tristearatdan farqli xususiyatini ko`rsating.

A) Kislotali muhitda gidrolizlanadi

B) CO2 va H2O gacha oksidlanadi

c) ishqoriy muhitda girolizlanadi

D) gidrogenlanish reaksiyasiga kirishadi
15. Propan kislota izomeri hisoblangan murakkab efirning ishqoriy gidrolizdan qaysi moddalar hosil bo`lishi mimkin?

A) C2H5ONa va HCOONa

B) C2H5OH va CH3COONa

C) C2H5ONa va HCOOH

D) C2H5OH va HCOONa
16. Qaysi moddalar ta’sirlashuvi natijasida murakkab efir hosil bo’ladi?

A) glitserin va nitrat kislota

B) etilenglikol va bromid kislota

C) etanol va etanal

D) metanol va etanol
17. Metanol, etanol, metan kislota va etan kislotalardan foydalanib necha xil murakkab efir sintez qilish mumkin?

A) 3 B) 4 C) 6 D) 5


18. 1,5 mol metiletanoat gidrolizidan necha gramm spirt olinadi?

A) 48 B) 46 C) 64 D) 69


19. Glitserin va glukoza uchun umumiy bo’lgan javobni ko’rsating.

A) vodorod bog’ hosil qilmaydi

B) bromli suvda oksidlanadi

C) yangi tayyorlangan Cu(OH)2 bilan ta’sirlashadi

D) suvda yomon eriydi
20. Metilasetat X + Y. X va Y moddalarni aniqlang.

A) X – CH3COOK; Y – CH3OH

B) X – CH3COOH; Y – CH3OK

C) X – CH3COOK; Y – CH3OK

D) X – CH3COOH; Y – CH3OH
21. Saxaroza uchun xos bo’lgan javoblarni tanlang. 1) disaxaridlarga mansub; 2) qaytariladigan uglevod 3) gidrolizlanadi 4) molekular formulasi (C5H10O5)n.

A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 2,3


22. Quyidagi reaksiyaga ko’ra murakkab efirning molar massasini (g/mol) hisoblang.

RCOOCH3 + KOH → C2H5COOK + X.

A) 102 B) 60 C) 88 D) 74
23. Quyidagi ma’lumotlar asosida murakkab efirning molar massasini (g/mol) hisoblang. murakkab efir + HOH Y + Z;

CH2CH2 + H2O Y;

CH3COH + [O] → Z.

A) 60 B) 88 C) 102 D) 74


24. Olein kislota qaysi umumiy formulaga mos keladi?

A) CnH2n–1O2 B) CnH2n–4O2

C) CnH2n–2O2 D) CnH2n–3O2
25. Linol kislota qaysi umumiy formulaga mos keladi?

A) CnH2n–1O2 B) CnH2n–3O2

C) CnH2n–2O2 D) CnH2n–4O2
26. Linolein kislota qaysi umumiy formulaga mos keladi?

A) CnH2n–5O2 B) CnH2n–6O2

C) CnH2n–3O2 D) CnH2n–4O2
27. 2–metilpropanol–2 va R–O–C2H5 o’zaro izomer bo’lsa, radikal tarkibidagi elektronlar sonini hisoblang.

A) 18 B) 16 C) 17 D) 15


28. Metoksietan tarkibidagi qutbsiz bog’(lar) sonini toping.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


29. Metoksipropan tarkibidagi qutbsiz bog’lar sonini toping.

A) 1 B) 3 C) 4 D) 2


30. CnH2n+1 – COOCH3 tarkibida 8 ta vodorod (H) atomi mavjud bo’lsa, uning molar massasini (g/mol) hisoblang.

A) 60 B) 74 C) 88 D) 102


31. Qaysi modda(lar) eterifikatsiya reaksiyasiga kirishadi? a) triolein b) metilasetat c) glitserin d) trinitroglitserin

A) a,b B) c C) b D) b,d


32. Ochiq zanjirli glukoza molekulasidagi uglerod atomlari qanday gibridlangan?

A) 2 ta sp2, 4 ta sp3

B) 1 ta sp2, 5 ta sp3

C) hammasi sp3

D) 3 ta sp2, 3 ta sp3
33. Quyidagi o’zgarish uchun to’g’ri bo’lgan malumotni toping:

Glukoza glukon kislota.

1) C atomi oksidlanadi 2) C atomi qaytariladi 3) C atomi 2 ta elektron beradi 4) C atomi 2 ta elektron qabul qiladi.

A) 2,4 B) 2,3 C) 1,4 D) 1,3


34. Glukon kislota molar massasini (g/mol) hisoblang.

A) 198 B) 182 C) 180 D) 196

35. X2 modda qaysi sinfga mansub?

A) aldegid B) kislota

C) spirt D) murakkab efir
36. Quyidagi qaysi molekula tarkibida 4 ta OH guruhi mavjud?

A) glukoza B) glitserin C) etilenglikol D) riboza


37. Qaysi moddalar kumush (I) – oksidning ammiakdagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishib oksidlanadi? 1) etanal 2) sirka kislota 3) glukoza 4) sazaroza 5) etilatsetat 6) etilformiat

A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 2,3 D) 1,4


38. 0,2 mol metoksimetan massasini (g) hisoblang.

A) 8,4 B) 9,2 C) 9,6 D) 8,8


39. Qaysi spirt degidratlanganda oddiy efir hosil qiladi, alken hosil qilmaydi?

A) 2,3–dimetil–butanol–1

B) butanol–1

C) 2,2–demetilpropanol–1

D) 2–metil–propanol–2
40. Quyida berilgan moddalardan disaxaridlarni tanlang. 1) selluloza 2) riboza 3) kraxmal 4) maltoza 5) laktoza 6) fruktoza

A) 1,4 B) 2,6 C) 4,5 D) 1,3


41. Fotosintez jarayonida 30 g glukoza hosil bo’lishi uchun sarflanadigan CO2 miqdorini (mol) toping.

A) 4 B) 2 C) 3 D) 1


42. Glukon kislota molekulasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar sonini ko’rsating.

A) 3 B) 25 C) 4 D) 24


43. 1 mol metoksimetan yonganda necha gramm suv hosil bo’ladi?

A) 36 B) 72 C) 90 D) 54


44. 1 mol etanol molekulalararo degidratlanganda necha gramm organik modda olinadi?

A) 37 B) 74 C) 56 D) 28


45. 1 mol metilformiat to’liq gidrolizlanganda (kislotali muhitda) necha gramm organik moddalar hosil bo’ladi?

A) 60 B) 46 C) 78 D) 32


46. Metilformiat (HCOOCH3) tarkibidagi ω(C) ni toping.

A) 7/15 B) 8/15 C) 2/5 D) 3/5


47. 2 mol glitserin trioleinat gidrogenlanishi uchun 3 mol vodorod sarflangan bo’lsa, hosil bo’lgan organik birikma molekulasidagi π–bog’lar sonini toping.

A) 15 B) 9 C) 12 D) 6


48. Quyidagi reaksiyaga ko’ra 18 g uglerod, 3,6 g vodorod va 13,44 litr (1 atm, 273K) kisloroddan foydalanib maksimal qanday massadagi (g) glukoza sintez qilish mumkin?

C(q) + H2(g) + O2(g) → C6H12O6(q)

A) 45 B) 72 C) 36 D) 54
49. To’yinmagan yog’ kislotalaridan iborat aralashma KOH bilan 5:1, brom bilan 7:8 massa nisbatda reaksiyaga kirishadi. Ushbu kislotalar H2 bilan to’liq gidrogenlanganda sirka kislota gomologlari hosil bo’lsa, gidrogenlanish mahsulotlarining molar massasini (g/mol) hisoblang.

A) 284 B) 280 C) 286 D) 282


50. 7,4 g metilasetat 8,4 g KOH tutgan eritma bilan qo’shib qizdirildi. So’ngra aralashma quritildi. Olingan qattiq qoldiq massasini (g) hisoblang.

A) 9,8 B) 6,4 C) 12,8 D) 11,8


51. Etanol va sirka kislota aralashmasini to’liq neytrallash uchun 80 g 6,25 % li NaOH eritmasi sarflandi. Xuddi shunday massali aralashma o’zaro to’liq ta’sirlashib (H+ ishtirokida) 8,8 g murakkab efir hosil qildi. Dastlabki aralashma massasini (g) toping.

A) 11,75 B) 13,25 C) 10,6 D) 12,1


52. 15,6 g metil spirti va chumoli kislota aralashmasining eterifikatsiya reaksiyasi (H+) natijasida 10,8 g efir olindi. Dastlabki aralashma to’liq yondirilganda 8,96 litr (n.sh.) CO2 hosil bo’lsa, efirning hosil bo’lish unumini (%) hisoblang.

A) 75 B) 70 C) 90 D) 80


53. Murakkab efir ishqoriy sharoitda gidrolizlanganda 9 g bir atomli to’yingan spirt va 12,3 g natriyli tuz olindi. Spirt haydalib, natriy bilan ishlanganda 0,075 mol gaz ajraldi. Efir massasini (g) aniqlang.

A) 18,4 B) 9,12 C) 13,4 D) 15,3


54. 6 ⦁ NA dona elektron bo’lgan noma’lum to’yingan karbon kislotaning metil efiriga ishqor ta’sir ettirilganda 12 g karbon kislotaning natriyli tuzi olingan bo’lsa, dastlabki efirning molar massasini (g/mol) hisoblang.

A) 102 B) 88 C) 74 D) 116


55. Etil spirtini sintezlashda kislorodning 16, sirka kislotani sintezlashda 18 izotoplaridan foydalanilgan bo’lsa, eterefikatsiya mahsulotlarining molar massalari (g/mol) qanday bo’ladi?

A) 88 va 20 B) 90 va 20

C) 90 va 18 D) 88 va 18
56. Kaliy alkogolyat tarkibida kislorodning massa ulushi 1/7 bo’lsa, shu spirtning 1 mol formiat efiri tarkibidagi atomlar sonini aniqlang.

A) 20 ⦁ NA B) 14 ⦁ NA C) 23 ⦁ NA D) 17 ⦁ NA


57. 3,1 g etilenglikol sirka kislota bilan (H+ ishtirokida) reaksiyaga kirishib 1:4 mol nisbatdagi ikki xil efir hosil qildi. Agar Mr qiymati kata efirning miqdori ko’p bo’lsa, sarflangan sirka kislota miqdorini (mol) hisoblang.

A) 0,1 B) 0,08 C) 0,09 D) 0,05


58. Glukozaning bir qismi spirtli, boshqa qismi moy kislotali bijg’itildi. Olingan gazlar (n.sh) aralashtirilganda molar massasi 30 g/mol ni tashkil etdi. Glukozaning qancha qismi spirt hosil qilib bijg’igan?

A) 1/2 B) 2/3 C) 1/3 D) 3/5


59. Glukozaning bir qismi spirtli, boshqa qismi moy kislotali bijg’itildi. Olingan gazlar (n.sh) aralashtirilganda molar massasi 33,5 g/mol ni tashkil etdi. Glukozaning qancha qismi moy kislota hosil qilib bijg’igan?

A) 2/3 B) 1/3 C) 3/5 D) 2/5


60. 65,7 g oligosaxaridning to’liq gidrolizidan 72 g faqat bitta mahsulot – glukoza hosil bo’ldi. Oligosaxarid molekulasidagi glukoza qoldig’i sonini toping.

A) 9 B) 8 C) 12 D) 10


61. Glukozaning bijg’ishi natijasida 70,4 g moy kislota hosil bo’lsa, shunday miqdordagi glukoza olish uchun qancha (g) maltoza kerak bo’ladi?

A) 119,7 B) 136,8 C) 239,4 D) 273,6


62. Bir atomli to’yingan spirt va bir asosli to’yingan karbon kislota o’zaro eterifikatsiya reaksiyasiga kirishishi natijasida 4,5 g suv hosil bo’ldi. Olingan efirni to’liq yondirish uchun 10 mol havo sarflanadi. Efirning molar massasini (g/mol) hisoblang. (φ(O2) = 0,2)

A) 144 B) 116 C) 60 D) 88


63. 90 g glukoza spirtli bijg’ishi natijasida olingan spirt sirka kislota bilan ta’sirlashib (H+ ishtirokida) 2,7 ⦁ NA dona C tutgan murakkab efir hosil qildi. Agar ikkinchi reaksiya unumi 75% bo’lsa, birinchi reaksiya unumini (%) hisoblang.

A) 90 B) 80 C) 85 D) 75


64. Fenilformiat gidrolizi uchun 8 g NaOH tutgan eritma sarflandi. Ushbu namuna kumush ko’zgu reaksiyasida necha gramm Ag ajratadi?

A) 43,2 B) 10,8 C) 54,0 D) 21,6


65. Etilformiat va etilasetatdan iborat aralashmani gidroliz qilish uchun 150 g 8% li natriy ishqor eritmasi sarflanganda 21,8 g tuzlar aralashmasi hosil bo’ldi. Boshlang’ich aralashma massasini (g) aniqlang.

A) 25,0 B) 23,6 C) 24,0 D) 22,2


66. Murakkab efir ishqoriy sharoitda gidrolizlanganida 9,6 g bir atomli to’yingan spirt va 24,6 g natriyli tuz olindi. Spirt haydalib, natriy bilan ishlanganda 3,36 litr (n.sh) gaz ajraldi. Efir massasini (g) aniqlang.

A) 18,8 B) 22,2 C) 14,8 D) 26,2


67. 270 g glukoza spirtli bilg’ishidan hosil bo’lgan gaz NaOH eritmasidan o’tkazilganda teng mol miqdordagi 228 g o’rta va nordon tuz olindi. Agar ikkinchi reaksiya unumi 100% bo’lsa, birinchi reaksiya unumi (%) hisoblang.

A) 75 B) 80 C) 70 D) 90


68. To’yingan bir atomli spirtning 24 g miqdori molekulalararo degidratlanishidan 3,6 g suv hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan organik birikmaning bitta molekulasi tarkibida nechta qutbli bog’ mavjud?

A) 12 B) 20 C) 16 D) 8


69. 18,4 g etanol (H+ ishtirokida) to’liq degidratlandi. Hosil bo’lgan aralashma kaliy permanganat ta’sirida neytral muhitda oksidlanganda 17,4 g cho’kma olingan bo’lsa, degidratlanishdan olingan oddiy efir massasini (g) hisoblang.

A) 7,4 B) 3,7 C) 11,1 D) 14,8


70. Glukoza X(organik kislota). X modda og’ir suvda eritilib, Na ta’sir ettirilganda 6,72 litr (n.sh) H2 ajralgan bo’lsa, xuddi shunday miqdordagi X modda yetarli metanol bilan ta’sirlashib (H+ ishtirokida) necha gramm efir hosil qiladi? (vodorodning boshqa xildagi molekulalari hosil bo’lishi hisobga olinmasin)

A) 21 B) 24 C) 22,8 D) 25,8


71. Mol nisbati 1:2 bo’lgan maltoza va saxaroza aralashmasi gidrolizlanishidan olingan mahsulot(lar) bijg’ishidan hosil bo’lgan moy kislota 0,8 mol NaOH bilan to’liq reaksiyaga kirishsa, gidrolizdan so’ng necha gramm fruktoza hosil bo’lgan?

A) 72 B) 18 C) 36 D) 54


72. 18,5 g murakkab efir ishqoriy sharoitda gidrolizga uchraganda 0,25 mol etanol hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan natriyli tuz massasini (g) hisoblang.

A) 17 B) 20,5 C) 24 D) 29,4


73. Tarkibida 12,04 ⦁ 1023 dona H atomlari bo’lgan murakkab efirni (to’yingan bir atomli spirt va to’yingan bir asosli karbon kislotadan hosil bo’lgan) to’liq gidroliz qilish uchun 80 g 10 % li NaOH eritmasi sarflandi. Murakkab efirning molar massasini (g/mol) hisoblang.

A) 102 B) 88 C) 74 D) 116


74. 17,1 g maltozaning gidrolizlanishidan olingan glukoza bijg’itildi (η = 75 %) . Hosil bo’lgan sut kislotaga mo’l miqdorda Na metali ta’sir ettirilganda ajralib chiqadigan gazning hajmini (l, n.sh) hisoblang.

A) 3,36 B) 8,96 C) 6,72 D) 4,48


75. Maltoza gidrolizidan olingan glukoza massasi boshlang’ich disaxarid massasidan 3,6 grammga ortiq bo’lsa, undan olingan sut kislotani mo’l miqdordagi Na metali bilan o’zaro ta’siridan qancha hajm (l, n.sh) gaz olinadi?

A) 16,8 B) 13,44 C) 17,92 D) 20,16


76. Glukoza sut kislotali bijg’itilganda (η = 60 %) sp3 – gibrid orbitallari soni 2,4 ⦁ NA donaga kamaygan bo’lsa, uning boshlang’ich miqdorini (g) hisoblang.

A) 60 B) 90 C) 45 D) 120


77. Benzoy kislota va bir atomli to’yingan spirtdan hosil bo’lgan murakkab efir namunasida [N(H)/N(O) = 6] kislorod atomlari uglerod atomlaridan 1,6 molga kam bo’lsa, ushbu namuna gidrolizidan necha gramm spirt hosil bo’ladi?

A) 13,8 B) 6,9 C) 6 D) 12


78. Glukozaning 1/3 qismi oksidlanganda 39,2 g glukon kislota olindi. Qolgan qismi spirtli bijg’itilganda qancha hajm (l, n.sh) gaz ajraladi?

A) 22,4 B) 11,2 C) 17,92 D) 8,96


79. 20 gr o’simlik moyi 200 g 8 % li bromning CCl4 dagi eritmasini rangsizlantiradi. Xuddi shunday tarkibli moy to’liq gidrogenlandi. 60,6 g gidrogenlanish mahsuloti olish uchun sarflanadigan vodorod hajmini (l, n.sh) hisoblang.

A) 8,96 B) 13,44 C) 4,48 D) 6,72


80. Sis–buten–2 namunasi kaliy permanganat eritmasi orqali o’tkazilganda eritma massasi 1,5 g ga kamaydi. Reaksiyada hosil bo’lgan spirt mo’l miqdordagi sirka kislota bilan ta’sirlashib (H+ ishtirokida) necha gramm murakkab efir hosil qiladi?

A) 105 B) 118 C) 130,5 D) 157,5





Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish