Mundarija
Kirish........................................................................................................................3
1.
“Xato”ga berilgan tarif.........................................................................................5
2.
Texnologik qism....................................... ...........................................................8
3.
Texnik qism..................................................... ..................................................13
4.
Hisobiy qism.................................................................... .................................25
Xulosa....................................................................................................................34
Foydalanilgan adabiyotlar.....................................................................................35
3
KIRISH
Davlat ta’lim standarti o’quvchilarning har biriga ta’lim olishda keng
imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori
natijaga erishishlarini
rag’batlantirish va shu orqali o’quv – biluv jarayonining farqli tashkil etilishini
ta’minlash uchun da’vat etilgan
Yuqorida aytilgan mezon va talablarga rioya qilgan holda. Respublikamizda,
zamonaviy bilim malaka va ko’nikmalarga ega va yosh avlodni tarbiyalashda
zamonaviy metod va uslublardan foydalana oladigan
yetuk kadrlar tayyorlash
dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Shu borada, hech shubhasiz, o’z vaqtida, ya’ni bundan 20-yil oldin Kadrlar
tayyorlash va shuningdek, maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarni
qabul qilganimiz ta’lim - tarbiya sohasida eski qolip va asoratlardan holi bo’lgan,
bugun o’zgalarning havasini tortayotgan yangi
tizimni hayotimizda tadbiq
etganimiz haqiqatdan ham tarixiy bir voqea bo’ldi, desak, adashmagan bo’lamiz.
Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob
beradigan avlodni shaklantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini
o’z qo’liga olishga qodir bo’lgan farzndlarimiz bugun minbarga chiqmoqda.
Ma’lumki, Davlat ta’lim standartlarida uzluksiz ta’lim
tizimining har bir
mustaqil ta’lim turi boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizlik va uzviylik
tamoyillariga asosan bog’lanishi ko’zada tutilgan.Shu o’rinda har bir ta’lim turi va
bosqichi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, oldingisidan keyingisiga o’tishda
ta’lim jarayoni samarali kechishi uchun o’qituvchi va o’quvchidan alohida
tayyorgarliklarni talab etishi aniq. Bunday muammolar asosan o’rta maxsus, kasb –
hunar va oliy ta’lim muassasalar o’rtasidagi ta’lim mazmuni va jarayonini tashkil
etishdagi uzluksiz va uzviylik masalasini hal etishda mavjuddir. Bu borada fizika
fani katta imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, fizika fani izchil, bosqichma – bosqich
boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’rganish o’quvchilar
mustaqil fikrlash
qobiliyatini o’stirishga yordam beradi. Respublikamizda fizika fani asoslari turli
bosqichlarda faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasalarining ta’lim mazmuniga
mos ravishda o’quvchilarning psixologik va pedagogok
xususiyatlariga muvofiq
4
muayyan izchillikni o’rnatish fanlar, boblar, mavzular, o’quv materiallari orasida
uzviylikni ta’minlash asosida amalga oshiriladi. Shunday ekan, fizika fani asoslarini
yorituvchi kurslar o’rtasida uzviylikni ta’minlash, o’quv materiallarini turli bosqich
ta’lim muassasalari o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash,
ularning muayyan mantiqiy ketma – ketlik, fanlararo
uzviylik hamda izchillik
asosida joylashtirish, o’quv jarayonida uzviylik tamoyilining yetakchi o’rin tutishiga
erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga keltiradi.