Davlat soliq xizmati organlari tizimi va tarkibiy tuzilmasi



Download 1,47 Mb.
bet14/17
Sana25.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#704739
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdunazarov (2)

Kutilayotgan natijalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasining hajmi 1 petabaytga va ma’lumotlarni qayta ishlash hamda tahlil qilish tezligi 10 baravargacha oshadi.
2. Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining sifati oshadi va soliqlarni ixtiyoriy to‘lash darajasi 90 foizgacha yetkaziladi.
3. “Onlayn nazorat kassa mashinalari”, “Elektron hisobvaraq-fakturalar” va boshqa markazlashgan tizimlar orqali shakllangan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qo‘shimcha tushumlar jalb qilinadi.
4. Soliq organlariga yuklanadigan vazifalar bo‘yicha biznes-protsesslar ishlab chiqilishi, takrorlanishlar va texnik ishlar qisqarishi hisobiga mehnat unumdorligi ortadi.
5. Yagona platformani yaratish orqali ma’lumotlarni kiritish, to‘plash, shakllantirish, tahlil qilish qulay va soddalashuvi natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5 — 7 barobarga qisqaradi.
6. Tizimga malakali kadrlarni tayyorlash uchun masofaviy ta’lim imkoniyatlari kengayadi.
7. Axborotlar maxfiyligini ta’minlash va tashqi xavflardan himoya qilish hamda ma’lumotlarni xavfsiz va ishonchli saqlash imkoniyatlari 100 foizgacha yetkaziladi.
Soliq nazorati va tekshiruvlarni tashkil etish

Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.


Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to‘lovchilarni soliq bo‘yicha hisobga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart.
Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.
Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari, o‘zlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi o‘zida mavjud materiallar to‘g‘risida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
Soliq organlari soliq nazoratini:

  • Soliq tekshiruvlari;

  • Soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.

Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar, yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi to‘g‘risida soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:

  • Kameral soliq tekshiruvi;

  • Sayyor soliq tekshiruvi;

  • Soliq auditi.

Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
Soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligida;
Soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda.
Soliq organlari quyidagi hollarda ham kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishga haqli:
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga tushganda;
Soliq to‘lovchi tomonidan oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq to‘lovchining hududlarini va binolarini ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq holatlar mustasno.
Hududlarni va binolarni ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar hamda soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa axborotning haqqoniyligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladi. Hududlarni va binolarni ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchida belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida o‘tkaziladi.
Agar soliq to‘lovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi o‘zgartirilib, kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar o‘n kun oldin aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilsa, kameral soliq tekshiruvi ushbu taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq asosida faqat bitta soliq to‘lovchi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Kameral soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi va uning identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr ko‘rsatiladi. Kameral soliq tekshiruvida soliq organining ikki va undan ortiq tekshiruvchi mansabdor shaxslari qatnashganda, tekshirish jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga buyruqda familiyasi birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi javobgar shaxs hisoblanadi. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati kameral soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sanadan boshlanadi. Kameral soliq tekshiruvining umumiy muddati oltmish kundan oshishi mumkin emas.
Kameral soliq tekshiruvi davomida soliq organi ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan so‘rovnoma asosida soliq to‘lovchidan:
Soliqlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda boshqa hisob hujjatlarini;
Taqdim etilgan soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni;
Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni talab qilib olishga haqli.
So‘rovnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak.
Hujjatlarni taqdim etish muddati soliq to‘lovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur bo‘lgan muddatlari ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin. Bunda ariza soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran keyingi kun davomida taqdim etiladi.
Tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarur bo‘lgan hollarda, soliq organlari ushbu hujjatlarni (axborotni) soliq to‘lovchining kontragentidan yoki hujjatlarga (axborotga) ega bo‘lgan boshqa shaxslardan talab qilib oladi. Hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olish ushbu Nizomning 6-bobi
5-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun soliq to‘lovchi tomonidan hujjatlar tasdiqlangan ko‘chirma nusxa shaklida taqdim etiladi. Zarurat bo‘lgan hollarda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga haqli. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tasdiqlangan xulosaga ko‘ra soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlangan holatlar yuzasidan soliq organi tomonidan ikki kun muddatda soliq to‘lovchiga ularni bartaraf etish to‘g‘risida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda talabnoma yuboriladi.
Soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda tegishli soliqlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan soliq organiga taqdim etishi shart. Soliq to‘lovchi talabnomada ko‘rsatilgan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Ushbu asosnomani soliq to‘lovchining nomidan soliq maslahatchilari tashkiloti mustaqil ravishda soliq to‘lovchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan taqdim etishi mumkin.


Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA



Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish