Fashistik rejim. Bu totalitarizmning eng yuqori pog‘onalariga xos shakllardan biri bo‘lib, millatchilik mafkurasi, bir millatning boshqalaridan afzalligi to‘g‘risidagi tasavvurlar bilan, o‘ta agressivligi bilan ajralib turadi.
Fashizmni tavsiflovchi xususiyatlar:
dinsizlik, umuman dinga dushmanlarcha munosabatda bo‘lish;
doimiy va go‘yo “ideal” tuzum sifatida huquqiy totalitarizmni barpo etish;
partiya yakka hukmronligini o‘rnatish va ulardan o‘sib chiquvchi korrupsiya va ahloqiy buzilishlar;
millatchilik va jangovar shovinizmga mukkasidan ketish;
safsatabozlik, laganbardorlik va despotiya suyak-suyagiga singab ketgan sezarizmga butun borlig‘i bilan berilib ketish.
Do'stlaringiz bilan baham: |