1-masala. O’zbekiston Respublikasining 2021-yilgi yevroobligatsiyalari bo’yicha tashqi qarz majburiyatlari 2 mlrd dollarni tashkil qiladi. YAIM miqdori 2021-yil uchun 5.5 mlrd dollar. Yillik inflyatsiya foizi 14-15 foiz atrofida bo’lishi prognoz qilingan, va bu tebranish keying 4 yilda saqlanib qolish ehtimoli yuqori. Aynan tashqi qarz jalb qilingan paytdagi valyuta kursi 1$=10200 so’mni tashkil qilgan. O’zbekiston Respublikasining ayni qarz jalb kundagi oltin valyuta zahirasi miqdori 24mlrd dollarga teng. Bugungi kunda Oltinning narxi oshib borish tendensiyasiga ega deb qaralmoqda. Jalb qilingan tashqi qarzni qayta moliyalashtirishda Davlat bir necha dasturni qabul qilgan.
Tashqi qarzni boshqa tashqi va ichki qarzlar hisobiga moliyalash
Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi uchun tashqi qarz jalb qilish samaradorligini tahlil qiling.
Bunda inflyatsiya darajasi, hozirgi qarz miqdorining YAIMga nisbatan hajmini aniqlang.
Tashqi qarzni qayta moliyalashtirishda Davlat dasturlaridan eng maqbulini asoslagan holda tanlang.
2-vazifa Hozirgi vaziyatda tashqi qarz jalb qilishning ijobiy va salbiy jihatlarini tavsiflang.
2-masala. O’zbekiston Respublikasi ichki qarz jalb qilish maqsadida qiymati 2 trillion so’mga teng bo’lgan g’aznachilik obligatsiyalari emissiya qildi. Obligatsiyalarni so’ndirish muddati 5 yil qilib belgilangan. Qarz muddati oxirida byudjet tomonidan umumiy qoplab beriladigan ichki qarz miqdori 2.8 trillion so’m qilib belgilandi. Hozirgi kunda inflyatsiya ko’rsatkichi 17 foizga teng. Obligatsiyalar inflyatsiyadan himoya qilinmagan obligatsiyalar turkumiga kiradi.
Vazifa
G’aznachilik obligatsiyasiga Davlat tomonidan qancha miqdorda foiz to’lab berilishini hisoblab toping. Ichki qarz beruvchilar uchun ushbu chiqarilgan obligatsiyalar qanchalik foydali bo’lishi mumkin. Javobingizni izohlang.
3-topshiriq. Globallashuv sharoitida Davlatga tashqi qarz jalb qilish orqali rivojlanish yo’lini tahlil qiling. O’rta Osiya mamlakatlarida tashqi qarz hisobiga rivojlanayotgan Davlatlarga misollar keltiring. O’zbekiston Respublikasi uchun tashqi qarz miqdorini belgilashda asosiy me’zon sifatida qaraladigan ko’rsatkichlar tizimini tahlil qiling.