Davlat pedagogika



Download 1,39 Mb.
bet120/300
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#283499
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   300
Bog'liq
ОНТОГЕНЕЗ ЁШЛАР 2019

S.L.Rubinshteynning nazariyasiga ko‘ra umumlashtirish va aqliy harakatlarning ko‘chish holati o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini belgilovchi mezon sifatida ishlatilishini nazarda tutadi. U ta’limda tafakkurning mantiqiy shakllari (tushuncha, hukmlar va xulosalar chiqarish)ning tarkib topishi va rivojla-nishi to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliy xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarni bildiradi. Ta’limda tafakkuroperatsiyalarining ahamiyati muammosining yoritilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif ta’limda umumlashtirishning uch xil turi mavjudligini ta’kidlaydi: empirik, nazariy va deduktiv umumlashtirishlardir. S.L. Rubinshteyn mulohazasiga ko‘ra, ushbu umumlashtirishlar yordamida ish tutilsa, topshiriq yo asta-sekin (empirik) yoki “birdaniga” (nazariy) hal qilinishi mumkin.

Rus psixologlari ilmiy tadqiqotlarini to‘rt yo‘nalishga ajratish mumkin, chunki ularning har birida ta’lim va tafakkur tabiati mualliflarning dastlabki nazariy yondashuvlariga bog‘liqligi tufayli tafakkur mustaqilligiga turlicha ahamiyat berilgan.

Birinchi yo‘nalishni N.A.Menchinskaya rahbarligida amalga oshirilgan tadqiqotlar tashkil qiladi. Ular tafakkur faoliyatini uch tomondan o‘rganadilar: birinchidan, tafakkur faoliyatining mahsulotlari, ya’ni o‘quvchilar egallaydigan bilimlar, tushunchalar tadqiq qilinadi. Ikkinchidan, o‘quvchining tafakkur jarayonlari, uchinchidan, o‘quvchida shakllangan va bilimlarni egallash jarayoniga ta’sir qiladigan tafakkur faoliyatining xususiyatlari kabilar. Ushbu muammoni ishlab chiqishda o‘quvchi shaxsiy fikrlash jarayonlarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi ta’limning ob’ektigina emas, balki sub’ekti bo‘lib ham ko‘zga tashlanadi. Mualliflar voqelik bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda tafakkur faoliyatining mahsuldor usullari yoki yo‘llarini shakllantirish muammosiga alohida e’tibor berdilar. Mualliflar tafakkur bilan amaliy harakatlarning o‘zaro munosabatlari turli shakllarga ega ekanligiga ahamiyat qaratadilar: N.A.Menchinskayaning ta’kidlashicha, ijodiy va oqilona fikr yuritish malakasini shakllantirishning mahsuldor usulini o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. Ma’lumki, bu muammoni D.N.Bogoyavlenskiy, E.N.Kabanova - Meller, S.F.Juykov va boshqa mualliflar tadqiq etganlar.

Ikkinchi yo‘nalish P.YA.Galperin va uning shogirdlarining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasida ifodalangan. Bu guruh olimlarining fikricha, alohida olingan fikr psixik hodisa sifatida “...ichki aqliy rejaga o‘tkazilgan, keyinchalik ichki nutqqa aylangan predmetli harakatdir”3.

P.YA. Galperinning ta’kidlashicha, harakatni dastlabki bajarish tafakkurning alohida aktini tashkil qiladi. Muallif orientirlashning 3 xil asosga ajratadi. I tip orientirovka harakati orientirlash asosining to‘liq emasligi bilan tavsiflanadi. II tip orientirovkada to‘liq orientirlash asosida harakatning tuzilishi yuzaga keladi. III tip - materialning asosiy birliklari va ularning birikuv qonunlariga orientirlash, asosan aniq ob’ektlar uchun harakatning orientirlash asosini mustaqil tuzish metodlari aniqlanadi. SHunday qilib, bu nazariyaga ko‘ra, tafakkurning haqiqiy mustaqilligi orientirlash asosining har 3 tipida namoyon bo‘lishi mumkin.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish