AMALIYOTCHI TALABAGA TAVSIFNOMA
Do‘smuratov Raximjon Baxtiyot o`g`li pedagogik amaliyotni o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashda tarix fani o’qituvchisi Mustafoqulova Munojatga astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi.
O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib, o’zi ham mustaqil tarzda darslarni o’tkazdi, muntazam mashg’ulotlar olib bordi.
Darsdan tashqari paytlarda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o’quvchilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o’tadi.
Kelajakda Do‘smuratov Raximjon Baxtiyor o`g`li malakali pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |