O’quv ishlari.
Pedagogik amaliyot boshlanganda ta’lim muassasining ichki tartib qoidalari, xavfsixlik texnikasi qoidalari bilan tanishdim. Ta’lim muassasi direktori, ilmiy bo’lim mudiri va ma’naviy ishlar bo’yicha direktor muovini bilan suhbatlashdim. Menga biriktirilgan 7- “V” sinf o’quvchilari bilan tanishdim. Sinf rahbarlik ish faoliyatini yaqindan o’rgandim. Keyingi kunlarda darslarni kuzatib va dars tahlilini olib bordim. Bir nechta ochiq darslarni kuzatdim:
5-sinf Tarixdan hikoyalar fanidan “Yevro‘pada ilm-fan kashfiyotlar” mavzusida o’tkazilgan ochiq darsda o’quvchilar kashfiyotchilar haqida ma’lumotlar aytishdi va tarqatma materiallardan unumli foydalanildi.
6-sinf Qadimgi tarixdan “Afinada demokratiya” mavzusida ochiq darsni kuzatdim. Bu ochiq dars davomida sinf o’quvchilari guruhlarga bo’lib turli metodlar yordamida o’tkazildi. Mavzu o’quvchilar xotirasida yaxshi saqlanib qoldi.
7-sinf O’zbekiston tarixi fanidan “Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi” mavsudagi ochiq dars vaqtidan unumli foydalanildi va o’quvchilarning o’zlari tomonidan guruhlar o’rtasida savol javoblar o’tkazildi.
Ochiq darslarni kuzatish davomida o’zim uchun bir nechta o’qituvchilardan kerakli ko’nikmalarni oldim. Darsni to’g’ri tashkil etish va metodlardan, ko’rgazmali qurollardan unumli foydalanishni o’rgandim.
26-fevral 2022-yilda 7-sinfga O’zbekiston tarixi fanidan “Chingizxon bosqini” mavzusida dars mashg’ulotini olib bordim. Bu darsda AKT dan va mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum” metodidan foydalandim. Uyga vazifani so’rashda savol-javobdan foydalandim.
4-mart 2022-yilda 6 sinf Qadimgi davr tarixidan “Afina demokratiyasi” mavsuda dars olib bordim. Bu mavzuni o’tishda ko’proq o’quvchilarga eslab qolishlari oson bo’lishi uchun ko’rgazmali qurollardan foydalandim. Darslikda berilgan xaritani o’quvchilarga uyga vazifa qilib chizib kelishni topshirdim.
9 - aprel 2022 yil 7-sinf O`zbekiston tarix fanidan “Amir Temur – markazlashgan davlat asochisi” mavzusida dars mashg’ulotini o’tdim. Bu mavzuni AKT dan foydalanib ko’rsatib tushuntirib berdim va o’quvchilar qo’shimcha savollariga javob berdim. Atamalar izohi bilan daftarga yozib olishdi.
15-aprel 2021 yil 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi fanidan “Rim Respubblikasi” mavzusida dars mashg’ulotini o’tdim. Bu mavzuni o’tishda sinfni uch guruhga bo’ldim va krassvord, “G’ildirak” metodi, restavratsiya metodlaridan foydalanib mustahkamlash va takrorlashni olib bordim. Bunda o’quvchilarda tarix faniga qiziqish va mavsularni yaxshi eslab qolishi kuchaydi.
Darslar davomida birinchi sinflarda o'quvchilarni ismidan, shaxsiy xususiyatlaridan, individual qobiliyatlaridan va bilimlaridan xabardor emasligim sababli qiyinchiliklarga duch keldim.
Kichkina hayajonim tufayli qiyinchiliklar ham yuz berdi, ba'zida men voqealar paytida adashib qoldim. Barcha dastlabki darslarning boshida o‘quvchilarning intizomi bilan bog'liq qiyinchiliklar bo'lgan, ammo dars davomida bu qiyinchiliklar hal qilindi, chunki biz bir-birimizni yaxshiroq bilib oldik va o‘quvchilar bilan til topisha oldik.
Keyingi darslar a'lo darajada o'tdi. Men tartibni buzuvchilarni allaqachon bilganman, ularning qoidabuzarliklarini to'xtatganman. U o'quvchilarning ismlarini va ularning mavzuga bo'lgan munosabatlarini, mavzu bo'yicha bilimlarni, o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini bilardi, bu ular bilan muloqotimni va individual topshiriqlarni taqsimlashni osonlashtirdi.
Darsda o‘tira olmaydigan o‘quvchilarni quyidagi tartibda jazoladim va ularni ogoxlantirdim. Ular o‘z xatolarini tushunib yetishdi va boshqa bunday qilmasliklari haqida aytib uzur so‘rashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |