Davlat organlarining me’yoriy hujjatlari Reja: Normativ-huquqiy hujjatlar


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti



Download 21,94 Kb.
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi21,94 Kb.
#658890
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat organlarining me’yoriy hujjatlari

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar, qarorlar va farmoyishlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmoyish va qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar davlat qo‘mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qo‘shma qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Turli me’yoriy - huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek, me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Me’yoriy - huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy -huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shart.
Me’yoriy - huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy - huquqiy hujjat qo‘llaniladi.
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy - huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Agar me’yoriy - huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan me’yoriy - huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Har bir suveren davlatning bosh huquqiy asosi bu uning Konstitutsiyasidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini bosib o‘tganligi bilan tavsiflanadi. O‘tish davridagi murakkab zamonda yaratilgan ushbu bebaho va benazir hujjat asosiy qonun shaklida jamiyatning, xalqning manfaati hamda kelajagiga umid va ishonch uyg‘otdi, ijtimoiy taraqqiyotga mo‘ljal oluvchi yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qizg‘in muhokamalar natijasida suveren demokratik davlatning Konstitutsiyasi sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Asosiy qonunimiz davlat mustaqilligimizning mevasi, mahsuli xalq manfaatini ta’minlovchi oliy qonun sifatida yaratildi va hurligimiz madhiyasi sifatida yashamoqda. Konstitutsiya kelajagi buyuk O‘zbekistonning qad rostlashi uchun, adolatli huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lishi shak-shubxasizdir.

Download 21,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish