Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ning


Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida intellektual anglash malakalari shakllantirish metodik muammo sifatida



Download 32,82 Kb.
bet4/9
Sana13.06.2022
Hajmi32,82 Kb.
#665486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Intellektual anglash malakalari kichik soxasi bo’yicha ta’limiy

Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida intellektual anglash malakalari shakllantirish metodik muammo sifatida.

O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida maktabgacha ta’lim eng asosiy tizim hisoblanadi. Ushbu soha uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan qabul qilingan qaror va farmoyishlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish, maktabgacha ta’limga qamrab olinayotgan bolalarni maktab ta’limiga to‘laqonli ravishda tayyorlab berish ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu qarorlar ichida “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qaror dastur sifatida faoliyat boshladi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichini qo‘tarish, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
- bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;
- 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash.
Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida respublikaning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yo‘lining uzviy va bosqichma-bosqichligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturiga asosan, quyidagi vazifalar belgilandi:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik vazamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishningsamarali integratsiyasini ta’minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
- bolaning noyobligi;
- «Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
- Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
- bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:
- jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; - bilish jarayonini rivojlanishi; - ijodiy rivojlanish.
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
- intellektual-anglash malakalari;
- elementar matematik malakalar;
- tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yoshli) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilarni tashkil etadi:
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
· jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
· ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
· nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; · bilish jarayonining rivojlanishi; · ijodiy rivojlanish.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi sohasida bolalarga mashg‘ulotlarni mujassamlashtirish, hayot bilan bog‘lab olib borish, bolalarda o‘z-o‘zini xavfli kasalliklardan,noxushliklardan himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlari olib boriladi.
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari nutq o‘stirish, tevarak – atrof bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish, badiiy adabiyot mashg‘ulotlarida nutq, muloqot, kommunikatsiya, o‘qish va yozish malakalari rivojlantiriladi.
Bilish jarayonining rivojlanishi - maktabgacha ta’limda barcha faoliyat davomida amalga oshiriladi. Bunda bolaning intellektual imkoniyatlari rivojlantiriladi. Mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlardan tashqari tadbirlar, sayohatlar davomida bolalarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirib boriladi. Bu ishlar asosan, matematik tasavvurlarni rivojlantirish, atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish malakalari rivojlantiriladi.
Ijodiy rivojlanish- bolalarda dunyoni badiiy his qilish va unga estetik munosabatda bo‘lish hislari shakllantiradi. Bu ishlar musiqiy hamda ma’naviyma’rifiy tadbirlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, tasviriy faoliyat, musiqa va applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar ijodiy jihatdan rivojlantiriladi. Bu rivojlanish natijasida bolada hayotiy vaziyatlarni oqilona hal etish malakalari ham shakllanadi.
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu yoshda yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar bog‘chada hal qilinmasa, maktab ta’limi samarali va muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri oddiy bilimlar va tafakkur usullaridan murakkab bilimlarga o‘tishdan iborat. Bu xildagi o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematik bilimlarni egallash uchun zarurdir. Bunday saviyaning yetarli bo‘lmasligi ko‘pgina qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda oddiydan murakkabga o‘tish saviyasining mazmuni quyidagilarni tashkil etadi:
Birinchidan, bola shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirishi kerakki, ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi yaqqol ko‘rinib turadi.Bunda bolada ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahoratini rivojlantirish zarur. Bola o‘ziga tushunarli bo‘lmagan vaziyatlardan kattalar yordami bilan chiqa oladi. Bu bir tomondan, bolaningamaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib, (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish va solishtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarni ajratish kerakki, bu munosabatlarni qo‘llashi bolaga aniq buyumlardan matematik ob’ektlarga o‘tish (masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritishva shu asosda to‘plam munosabatlarini, qism-butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi. O‘yinchoqlar, turli geometrik shakllardan foydalanib mashg‘ulot o‘tish bolalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Ularda o‘yin kompetensiyasi rivojlanadi.
Uchinchidan, maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari o‘z nutqida matematik amallarni qo‘llashda anchagina qiynaladilar. Bolada kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida har bir mashg‘ulotlarda bolalarda matematik nutqni rivojlantirishga erishish muhim. Bunda matematik atamalarni boshqa turdagi mashg‘ulotlarda qo‘llash ham yaxshi natija beradi.
Integratsiyalashgan mashg‘ulotlar bolalarga yozish, hisob-kitob, rasm chizish hamda og‘zaki nutqni rivojlantiribgina qolmasdan, ularning 1-sinfga aqliy jihatdan tayyor holda kelishini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, bolada bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. Bu ko‘nikmalar asosida bolalar maktabda daftar kataklariga raqamlarni yozishga qiynalmaydilar. Tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan matematika mashg‘ulotlari va mashg‘ulotlardan tashqari amaliy ishlar maktabda raqamlarni yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun zamin yaratadi. Bunda tarbiyachilar raqam elementlarini yozishni o‘rgatishlari lozim. Buning ham turli usullari mavjud. Raqam elementlarini yozishda raqamlarni buyumlarga o‘xshatish yaxshi natija beradi. Masalan, 1 raqami barmoqqa, ikki soni oqqushga o‘xshaydi va h.k.
Davlat talablariga binoan, 6-7 yoshli bolalar hayotda
- son va sanoqning ahamiyatini tushunishi;
- geometrik shakllar va figuralarni bilishi;
- 20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarishi;
- 10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);
- son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi,
- guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?); - hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ketlikda joylashtira olishi; - shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchay olishi kerak.
Bolada son va sanoqning ahamiyatini tushuntirish ishlari matematika mashg‘ulotlarida va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda olib boriladi.
Mashg‘ulotlarda berilgan nazariy materiallar sayr, nutq o‘stirish mashg‘ulotlari, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, otaonalar bilan hamkorlik asosida uyda va bog‘chadan tashqarida (do‘konda, bozorda...) mustahkamlanadi.
Son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi avvalambor bolaning son va raqamlar, ularning mazmun-mohiyati, nimani anglatishi, sonlarning o‘ng va chap tomon qo‘shnilarini o‘rgatish, kichik sonlardan katta sonlar tomon o‘sib borish va kamayib borish tartibi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish orqali o‘rgatiladi.
Guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi malakalari (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?)–to‘plam, solishtirish, munosabat tushunchalarishakllanishi asosida quriladi. Bu tushunchalarni shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlik, bolani o‘rab turgan atrof-muhit, olingan bilimlarning tasdig‘ini amaliy faoliyatda ko‘rish, avvalambor, guruh va to‘plam tushunchalarini ongli bilish asosida ularni solishtirish, bir-biridan farqlash malakalari rivojlantiriladi.
Darhaqiqat, bolani maktabga tayyorlash murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki bolaning 1-sinfga tayyor holda borishi nafaqat ustozlar, balki oilaning yoshi katta a’zolari, ota-onalar zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida matematik tasavvurlarni shakllantirish ishlariga metodik muammo sifatida e’tibor qaratilishi va mavjud muammolarning bartaraf etilishi maktabgacha ta’limning sifatli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi .



  1. Download 32,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish