Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi son


III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARISH TARTIBI



Download 117,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana12.06.2023
Hajmi117,84 Kb.
#950849
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9aa4c1040aca2fbd3672e2ebf7e63ddffafb5aad

III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARISH TARTIBI
3.1. “Balansda saqlovchi” “Ijaraga beruvchi” ishtirokida “obyekt”ni (onlayn – auksion savdosiga 
chiqarilgan holatida) 5 (besh) ish kuni ichida “Ijaraga oluvchi”ga foydalanishi uchun (to‘liq) dalolatnoma 
Фарғона вилояти.


asosida topshiradi.
3.2. “Ijaraga oluvchi” ijara muddati tugaganda, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki 
haqiqiy emas deb topilganda “obyekt”ni 5 (besh) ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga soz va but holatida 
dalolatnoma bilan qaytarib topshiradi.
3.3. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish “Balansda saqlovchi”, “Ijaraga 
oluvchi va “Ijaraga beruvchi” tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolanadigan dalolatnoma bilan 
rasmiylashtiriladi.
3.4. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish yoki qaytarish – qabul qilish dalolatnomasi taraflarning 
vakolatli rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolangan kunda “obyekt” topshirilgan, qabul 
qilingan hisoblanadi.
Dalolatnomada tuzilgan sana, shartnomasining rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) va “obyekt”ning 
texnik holati ko‘rsatiladi.
3.5. “Obyekt” qaytarib topshirilayotganda kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunchilik hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollardan tashqari) “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnoma shartlariga muvofiq holatga 
keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha “Balansda saqlovchi” uni qabul qilishni rad etishga 
haqli. Bu muddatda shartnoma asosida ijara haqi hisoblanib, to‘lov davom etadi.
3.4. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnomaning shartlariga muvofiq belgilangan muddatda 
qaytarmagan taqdirda, buning oqibatida yetkazilgan zararni, shu jumladan “obyekt”dan foydalangan davri 
uchun hisoblangan ijara haqini “Ijaraga beruvchi”ga to‘lab beradi.
IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
4.1. “Obyekt”dan foydalanganlik uchun ijara haqi “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni dalolatnoma asosida 
qabul qilib olgan kundan boshlab hisoblanadi.
4.2. “Ijaraga beruvchi” “obyekt” belgilangan muddatda dalolatnoma asosida qabul qilib olinishi uzrli 
sababsiz kechiktirganda ijara haqini hisoblash shartnoma tuzilgan (imzolangan) kundan boshlab hisoblanadi.
4.3. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”dan faqat “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK 
tomonidan rasmiylashtirilgan elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan 
faoliyatlar turini amalga oshirishda foydalanadi.
4.4. “Obyekt”dan belgilangan faoliyat turlaridan boshqa yo‘nalishda foydalanish taqiqlanadi.
4.5. Elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan faoliyatlar turini 
o‘zgartirish faqat ushbu obyektni auksionga qayta joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
4.6. Shartnomaga tomonlar imzolangan kundan keyin 5 (besh) ish kuni ichida “online-ijara.uz” 
dasturida qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali quyidagi ilovalar rasmiylashtiriladi:
1-ilova - “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
2-ilova - “Obyekt”ning joriy yil yakuniga qadar hisoblangan ijara to‘lovi miqdori hamda ijara haqini 
to‘lash muddati va taqsimoti.


4.7. Shartnoma unga qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali 1- va 2-ilovalar rasmiylashtirilib, 
imzolanganidan keyin “Ijaraga beruvchi” tomonidan “online-ijara.uz”dasturida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
4.8. Shartnomaga qo‘shimcha kelishuv 5 (besh) ish kunlik muddatda rasmiylashtirilmaganligi 
shartnoma kuchga kirmagan deb hisoblanishiga va amalda qo‘llanilmasligiga sabab bo‘ladi.
4.9. “Ijaraga oluvchi” tomonidan “obyekt”da “Balansda saqlovchi”ning roziligi asosida va “Ijaraga 
beruvchi”ni ogohlantirgan holda mukammal (kapital) ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda, mukammal 
(kapital) ta’mirlash xarajatlari Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari o‘tkazgan ekspertiza xulosasi asosida 
“Balansda saqlovchi”ga ajratiladigan ijara to‘lovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi.

Download 117,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish