ilovasida belgilangan muddat va miqdorda yuz foiz oldindan to‘lash tartibida amalga oshirish;
- “Ijaraga beruvchi” so‘ragan ma’lumotlar va hujjatlarni berish;
- “Ijaraga beruvchi”ning ijara to‘lovini ta’minlash, qarzdorlikni qoplash haqidagi talabnomasini ko‘rib
chiqish va belgilangan muddatda qarzdorlikni tan olishi yoki tan olmasligini ko‘rsatib, qarzdorlik qoplanishi
muddatini ma’lum qilib yozma javob (ma’lumot) berish;
- “obyekt”dan foydalanishda amaldagi sanitariya-gigiyena, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga
amal qilish;
- “obyekt”dan faqat belgilangan yo‘nalish (maqsad)larda foydalanish, garovga qo‘yilmasligini va
boshqacha tarzda uchinchi shaxslar tomonidan foydalanilmasligini ta’minlash,
uni yaroqli va soz holatda
saqlash;
- “obyekt”ni tiklash, joriy yoki kapital ta’mirlash, jumladan qayta jihozlash yoki moslashtirishni faqat
“Balansda saqlovchi”ning yozma roziligi bilan xarajatlar shartlari kelishilgan tarzda amalga oshirish;
- shartnomani muddatidan oldin bekor qilish istagi haqida 10 (o‘n) ish kuni ichida “Ijaraga beruvchi”
va “Balansda saqlovchi”ni yozma ravishda ogohlantirish;
- “obyekt” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari,
Davlat mulkini sotishda
tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida xususiylashtirilgan taqdirda,
shartnomani
muddatidan avval bekor qilib, “obyekt” sotilgan kundan 5 (besh) ish kuni ichida “obyekt”ni
“Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirish;
- shartnoma muddati tugaganda, muddatidan avval bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda
“obyekt”ni 5 (besh) ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirish;
- “obyekt”ga zarar yetkazilganda bu haqda “Balansda saqlovchi”ga yozma xabar berish va yetkazilgan
zararni ixtiyoriy ravishda qoplash (tiklash);
- “obyekt” qaytarilayotganda kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan
tashqari) “obyekt”ni ikki hafta muddat ichida topshirilgan paytdagi holatiga
keltirish yoki yetkazilgan
zararni qoplash;
- pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi va boshqa rekvizitlari “Ijaraga beruvchi”ni bu
haqda 5 ish kuni ichida xabardor qilish;
- “obyekt”da o‘zining aybi bilan kommunal
avariya holati yuz bersa, uni tuzatish va ta’mirlash
ishlarini o‘z hisobidan amalga oshirish;
- “obyekt” bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berilganda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish;
- elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan g‘olibga yuklatilgan
majburiyatlar va qo‘shimcha shartlarni (mavjud bo‘lganda)
bajarish;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajarish.