Tarixiyxotira - bu ijtimoiy ongni kuchli regulyatori hisoblanadi. Biz zamonaviy davrda Rossiya jamiyati haqida gapirish bo'lsa, u ruslar, shuningdek, boshqa xalqlar orasida, deb aytish uchun xavfsiz hisoblanadi, ochiq-oydin ma'naviy inqiroz hisoblanadi. Shuning uchun, XXI asrda mamlakatimiz keksa avlod uchun asosiy vazifasi yosh avlod ustuvor shakllanishini lozim va mamlakat o'tmish xotira tutish iroda qilinadi.
Oʻtmishda, baʼzi koʻchmanchi xalkdarda, bandi (asir) tushgan-larning sochi qirtishlab olingan boshiga yangi soʻyilgan tuyaning boʻyin terisi qop-lanib, terining boshni tobora qattiq qisi-shi oqibatida xotirasi, akd-idroki, umu-man, insonga xos xislat-fazilatlaridan maxrum etilgan shaxs. ◆ Manqurt oʻzining kim ekanini, qaysi urugʻ-aymoqdan ekanini, is-mini, bolalik kezlarini, ota-onasining kim-ligini butunlay yoddan chiqargan boʻlib, oʻzi-ning odamligini ham unutib yuboradi.Ch. Aytmatov, «Asrga tatigulik kun» .
Ana shunday (manqurtga xos) xislat, xususiyatga ega boʻlgan shaxs. ◆ Bu tu-zum oʻz xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, oʻz avlod-ajdodlarini bilmay-digan manqurtlarga tayanar edi. Мустақилликка эришганимиздан сўнг дунёнинг қайси шаҳарларида сақланаётган миллий меросимизнинг минглаб ноёб намуналари юртимизга олиб келинди?
Самарқанддаги Регистон майдони ҳақида нималарни биласиз?
Registon maydoni yoki Registan — Oʻzbekistonda, Samarqandning Registon maydonida joylashganYotiq matn 3 ta madrasadan (Ulugʻbek, Tillakori, Sherdor) tashkil topgan meʼmoriy majmua.
Dastlab 1417—1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydonning sharqiy qismiga Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420—1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619—1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47—1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.[1] Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Koʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.
“Самарқанднинг юраги” дея эътироф этиладиган тарихий ёдгорликни айтинг?
Registon - bu nom har bir samarqandlik uchun bag‘oyat tanish nom. Registon maydoni qadim-qadimdan boshlab Samarqandning boshidan kechgan shodlik va qayg‘uli kunlarning tirik, tilsiz guvohidir. Mirzo Ulug‘bek zamonasidan buyon bu maydon Samarqand ahli uchun Bosh maydon hisoblanadi. Samarqand hukmdorlarining farmonlari shu yerdan e’lon qilinadi. Yovga qarshi erk jangiga otlangan jasur lashkarlar, aynan, shu maydonda qasamyod qilishib keksalardan duo-fotiha olganlar... Registon maydonida olib borilgan arxeologik qazishmalarning ko‘rsatishicha, ibtidoiy jamoa davrida bu yerda ulkan changalzor bo‘lib eng qadimgi ovchilar changalzorda har xil yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar. Qazishmalar paytida Registon maydonining eng pastki qatlamlaridan ibtidoiy odamlarning ov qurollari topilgandir. Antik davrda esa hozirgi Registon maydonidan Afrosiyob shaharchasi tomonga katta ariq o‘tkazilgan ekan. VIII-X asrlarda Registon maydoni o‘rnida juda ko‘plab imoratlar paydo bo‘la boshlaydi, chunki, Samarqandni istilo qilgan arablar Afrosiyobdan bir necha minglab mahaliy aholini majburlab ko‘chirgan edilar. Aynan shu davrlarda bu yerda xunarmandlarning ustaxonalari, savdo rastalari bunyod etiladi. XI-XII asrlarda hozirgi Registon maydoni o‘rni va atrofidagi mahallalar tashqi mudofaa devori bilan o‘ralib "tashqi shahar" nomi bilan atala boshlaydi. 1220 yili Afrosiyob Chingizxon tomonidan vayron qilingach, bu yerda yashashni iloji qolmaydi, tirik qolgan xalq hozirgi eski shahar tomonga, ya’ni, Registon maydoni atrofiga ko‘chib o‘tadi. Bu yerdan oqib o‘tuvchi kanal ancha kengayib sayozlasha boshlaydi. Shundan so‘ng, kanal uchun yangi o‘zan qazilib jilovlanadi. Kanalning eski o‘zanida juda ko‘p qum to‘planganligi uchun bu joy Registon, ya’ni, "qumloq joy" deb atala boshlandi. Sohibqiron Amir Temur davrida Registon maydoni o‘rnida markaziy bozor joylashgan edi, shuningdek, bu yerda jahongirning xotini Tuman og‘a tomonidan barpo qilingan usti yopiq savdo timi-rastalar qurilgan edi. Registon maydonining me’moriy tomondan shakllanishi Mirzo Ulug‘bek hukumronligi davridan boshlangan. Samarqandga 40 yil (1409-1449 y.) huqmronlik qilgan ulug‘ munajjim Mirzo Ulug‘bek bu shaharning obodonchiligi borasida hyech narsani ayamadi. Mirzo Ulug‘bekning farmoni bilan Tuman og‘a timining g‘arbiy tomonida hashamatli madrasa qurish boshlanadi.
Мовароуннаҳр ҳақида гапириб беринг?