Davlat ijtimoiy siyosat tamoyillari bolalar manfaati yolida



Download 26,54 Kb.
bet3/4
Sana28.05.2022
Hajmi26,54 Kb.
#613771
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat ijtimoiy siyosat tamoyillari bolalar manfaati yolida

- ijtimoiy-pedagogik, o’z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida mutaxassislarning faol mavqeini ta’minlaydi;
- adaptiv – bolalar manfaatlari yo’lida tizim moslashuvchan va o’zgartirish qobiliyatini taklif qilishdir.
Tarkibiy komponenti quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1. Ijtimoiy himoya qonunchilik bazasi. Bolalarni ijtimoiy himoya qilishning asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish samaradorligi bolalarni ijtimoiy himoyalash sub’ektlarining asosiy majburiyatlari va qonunchilikni ishlab chiqish va mustahkamlashga, himoya tizimini joriy qilishning mavjud mexanizmlariga bog’liq.
2. Tashkiliy va boshqaruv tuzilmasi. Ijtimoiy himoya tizimining to’g’ri muvofiqlashtirilgan ishi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sub’ektlarining funksional majburiyatlarini va vakolatlarini aniq taqsimlanishini ta’minlaydi. Strukturani samarali ishlashi, shuningdek, idoralararo munosabatlar, davlat va nodavlat tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
3. Moliyaviy-iqtisodiy va moddiy-texnika ta’minoti bolalarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash uchun barcha moliyaviy tizimni qamrab oladi. Ushbu mablag’larga byudjet mablag’lari va byudjetdan tashqari daromadlar, jumladan, xayriya va homiylik tashkilotlarining mablag’lari kiradi.
4. Ijtimoiy himoya tizimi sub’ektlarining monitoring tizimi. Bolalikni zamonaviy ijtimoiy himoya qilish mazmuni, shuningdek, ijtimoiy himoya sub’ektlari uchun majburiy bo’lgan muayyan prinsiplar bilan tavsiflanadi. Ular: - bolalikni ijtimoiy himoya qilishning asosiy shakllarining universalligi va mavjudligi. Bolalarning ijtimoiy muhofazasiga bo’lgan huquq universaldir, u himoyaga muhtoj bolalarning barchasi uchun qo’llaniladi; - bolalikni ijtimoiy himoya qilish shakllari va turlari. Bolalikni ijtimoiy himoya qilish pensiya, nafaqa va xizmatlar shaklida naqd pul shaklida, huquqiy shakllarda amalga oshiriladi; - bolalikni ijtimoiy himoya qilishning birligi va farqlanishi. Barcha bolalar ijtimoiy muhofaza qilinish huquqiga ega, lekin ular turli darajalarda, turli shakllarda va o’lchamlarda bo’ladi; - kam ta’minlangan oilalar uchun davlat tomonidan tan olinadigan maoshdan kam bo’lmagan miqdorda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish; - har bir bolaning ijtimoiy himoyaga bo’lgan huquqini himoya qilish.
Kasbiy faoliyat tizimi sifatida bolalar muhofazasida ijtimoiy ish 3 ta sohani o’z ichiga oladi:
1) bola va oila darajasida ijtimoiy ish;
2) turli turkumga ega bo’lgan bolalar (yoshi, jinsi, qiziqishlari jihatidan) guruh bilan ijtimoiy ish;
3) jamoatchilik orasida, yashash joylarida ijtimoiy ish.
Shaxs va oila darajasidagi ijtimoiy ish quyidagicha mazmun va mohiyatga ega: individual ishning asosiy maqsadi, individning ijtimoiy moslashuvi va reablitatsiyasi, uni o’rab turgan jamoatchilik orasida ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishdan iboratdir. Masalan, bolaning oila tarkibida jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom o’sishi ota-onalarning ijtimoiy-madniy mavqei hamda moddiy ta’minlanganligiga, ularning bolalarga yetarli darajada diqqat-e’tiborini ajrata olishlari borasidagi imkoniyatlariga, ta’lim muassasalarining joylashuvi (yaqin va uzoq), mazkur oila qaerda yashayotganligiga bog’liqdir. Sanab o’tilgan barcha vaziyatlarda bola va ularning ota-onalari qonunchilikda belgilangan huquqlaridan foydalanishlarida doimo malakali mutaxassis yordamiga ehtiyoj sezadilar. Ijtimoiy xodim tomonidan bunday oilaga qiyinchiliklarni aniqlash, ijtimoiy resurslar manbaiga murojaat qilish uchun maslahatlar berishi va tegishli joylar tomonidan qo’llab-quvvatlash ishlari tashkillashtirilishida yordam berishi mumkin1.
Ko’pincha ijtimoiy xodimlarga noaxloqiy yoki kriminal xarakterga ega bo’lgan bolalar guruhlari (voyaga yetmagan bolalarning jinoyatchilik, daydilik, uyushtirilgan fohishabozlik, noaxloqiy yo’nalishga ega bo’lgan guruhlari va hokazo) bilan ishlashga to’g’ri keladi.
Ijtimoiy xodimning alohida e’tiborga molik faoliyat sohalaridan biri, yashash joyida, jamoatchilik orasida xizmat ko’rsatishdan iboratdir.
Bu xizmatlar ijtimoiy xizmatlar turining ko’payishi, jamoatchilik munosabatlarining mustahkamlanishi, yashash joyining o’zida iliq va muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik iqlimning yaratilishi, shuningdek, turli ko’rinishdagi lokal tashabbuslar asosida yordam guruhlarini tashkillashtirishga yo’naltirilgan.
Bu sohada O’zbekistonga xos bo’lgan “mahalla” kabi maxsus jamoatchilik tuzilmasining keng imkoniyat va qadriyatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat turi sifatida uning mohiyatini quyidagicha belgilash mumkin. Ijtimoiy ish – individ, oila va guruhlarga ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish hamda barkamol tarzda ijtimoy jihatdan o’zligini namoyon etishda to’sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarni bartaraf etishi yoki kompensatsiya qilish maqsadidagi ko’rsatiladigan yordamdir.

Download 26,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish