2. Bolalarni ijtimoiy himoyasi
Bolalarning ijtimoiy himoyasi davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, butun mamlakatning kelajagi uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga bog’liq.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish muammolari istalgan vaqtda har qanday jamiyat uchun dolzarbdir. Buning sababi bolalarda jismoniy, aqliy va hayotiy tajribalarining etarli darajada bo’lmaganligi, kattalarning qaramog’iga muhtojligi, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv darajasida esa – ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligidadir. Shuning uchun bolalarni qo’llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini oqilona qondirish, xavflardan himoyalash inson, insoniyat jamiyati va umuman davlatning vazifasi hisoblanadi. Bolalik tushunchasi o’z navbatida, aniq ijtimoiy muhofaza qilish ob’ektini aniqlash uchun qilinadigan turli bilim sohalarida, o’z ta’rifiga ega bo’lgan o’lchovli yondashuv hisoblanadi.
Bola huquqlari Deklaratsiyasi muqaddimasida bola «agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga etishmagan bo’lsa, maxsus ravishda muhofaza va g’amxo’rlikka, binobarin, tug’ilguncha va tug’ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e’tiborga olib, Deklaratsiyaning 1-moddasida “Ushbu Konvensiyada 18 yoshga to’lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo’llaniladigan qonun bo’yicha u ertaroq balog’atga etmagan bo’lsa, bola hisoblanadi” deb belgilangan
Shuningdek O’zbekiston Respublikasida bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish dasturining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi va ijtimoiy siyosatining asosini tashkil etadi. Respublikamizda ijtimoiy himoya huquqi bolaning huquqiy maqomini eng muhimlaridan biri bo’lib qoldi.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi – jamiyatda kafolatli hayot sharoitlarni ta’minlash va ularning ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirish uchun barkamol rivojlanishini saqlagan holda turli chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bir tizimdir. Bolalikni ijtimoiy himoya qilish uning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy, huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik-pedagogik vositalar, shakllar va usullar yordamida bolaga ko’mak va yordam ko’rsatishdan iborat. «Bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi» kategoriya sifatida quyidagi asosiy tushunchalarni – ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik farovonligini ta’minlash uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan izchil, keng ko’lamli tushunchalarni «ijtimoiy», «tizim», «himoya», «bolalik» kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning asosiy guruhlari: yetim bolalar; ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar; deviant va pedagogik e’tiborsiz oilalar farzandlari; ko’p bolalarni tarbiyalayotgan oilalar, nogironligi bo’lgan bolalar oilalari; aqliy va jismoniy rivojlanishida orqada qolgan bolalar; ishsiz fuqarolarning farzandlari; qurolli mojarolar qurboni bo’lgan bolalar, ekologik va texnogen falokatlar; qochoqlarning oila a’zolari va mamlakatdan ko’chirilgan shaxslar; ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan bolalar hisoblanadi. Bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish sub’ektlari jamiyat, tashkilot va muassasalar bo’lib, ular quyidagilardir: davlat o’zining tuzilmalari bilan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati shaklida; oilalar va bolalar uchun ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari tarmog’i; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalari va boshqarish organlari, shuningdek mehnat jamoalari, kasaba uyushmalaridir.
Zamonaviy jamiyatda mazkur sub’ektlar orasida bolalarning ijtimoiy himoyasi bo’yicha tajriba va axborotni tarqatadigan ommaviy axborot vositalari va internet tarmog’i alohida o’rin tutadi.
Shu bilan birga, bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy bo’g’ini bolaning ijtimoiylashuvining eng muhim instituti bo’lgan oila bo’lib qoladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi tomonidan 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya qilingan “Bola huquqlari konvensiyasi”, O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi Qonun, Oila kodeksi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Xorijiy ilmiy manbalarda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini turli xusisiyatlarini rivojlanishi o’rganiladi. Shunday qilib, rus eksperti O.V.Stepanov quyidagi xususiyatlarni bayon qiladi:
1. Bolalar ijtimoiy himoyasi tizimi barcha ijtimoiy institutlarning rivojlanishiga bog’liqdir;
2. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi;
3. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va uning ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan ham belgilanadi. T.N.Poddubnaya ishida tarkibiy elementlarning va butun ijtimoiy himoya tizimining batafsil tahlillari mavjud. Muallif bolalarning ijtimoiy himoyalanish samaradorligini ta’minlashning dastlabki shartlari sifatida tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarga e’tiborni qaratadi. Ushbu shartlar orasida quyidagilar ajratilgan: bolalar ijtimoiy muhofazasining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko’rsatadigan maqsadli, tarkibiy, moddiy, protsessual, metodik va qo’llab-quvvatlash kabilardir. Maqsadli komponent bolani ijtimoiy himoyalash yo’nalishini va bolalarni himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan harakatlarning yakuniy natijalarini belgilaydi. Maqsadli komponent asosida bolalarning ijtimoiy himoya funksiyalari quyidagilardir:
- bolani davlat va jamiyatning eng yuqori bahosi deb bilishdan iborat insonparvarlik;
- har bir bolaning zarur ijtimoiy yordam va ehtiyojlarini o’z vaqtida olishi uchun himoya qilish;
- profilaktika, bolalarni ijtimoiy jihatdan hulqidagi o’zgarishlar uchun profilaktika vositasi sifatida harakat qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |