Aim.uz
Davlat hokimiyatining tuzilishi.
Reja:
1. Davlat hokimiyati tushunchasi.
2. Qonun chiqaruvchi hokimiyat
3. Ikki palatalik parlament haqida
4. Oliy Majlis faoliyati
Davlat hokimiyati tushunchasi
Davlat apparati bir-biri bilan o’zaro boqliq bo’lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining yiqindisidir.
Davlat apparati quyidagi belgilari bilan boshqa tashkilotlardan ajralib turadi:
Davlat apparati boshqarish bilan shuqullanuvchi alohida fuqarolar guruhidir;
Davlat apparati davlat funkciyalarini bajarishga vakolatli bo’lgan va o’zaro bo’ysunish yoki kelishib olishi asosida boqlangan davlat organlari va muassasalari tizimidir;
Davlat apparati xalq irodasini amalga oshirish, o’z vazifasini bajarishi uchun zarur vositalar va qurollarga ega bo’lgan organlardir.
O’zbekiston davlat apparati respublika iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotini boshqaruvchi turli davlat organlaridan iborat bo’lib, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar:
birinchidan, davlat apparati organlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi, uning irodasini ifoda etadi;
ikkinchidan, davlat hokimiyatning barcha organlari davlat nomidan harakat qilib, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshiradi;
uchinchidan, davlat hokimiyati organlari o’z vazifasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan berilgan tegishli vakolatga, huquq va burchlarga ega;
to’rtinchidan, davlat organlari qabul qilgan huquqiy aktlar barcha O’zbekiston fuqarolari uchun majburiydir;
beshinchidan, davlat organlari ma`lum davlat tomonidan o’rnatilgan tartibda tuziladilar;
oltinchidan, davlat organlari ma`lum bir miqdorda o’z ixtiyoridagi moddiy resurslar va har xil muassasalar, tashkilotlar orqali o’z oldida turgan vazifalarini amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi. Hokimiyatning uchala tarmoqi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Boshqa bironta organ hokimiyatga da`vogarlik qilolmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi» deb ko’rsatilgan (7-modda).
Qonun chiqaruvchi hokimiyat
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni - Oliy Majlis amalga oshiradi.
Ijro etuvchi hokimiyatni - Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradi.
Sud hokimiyatni - barcha sud organlari amalga oshiradi.
Hozirgi zamon parlamentlari o’zlarining tuzilishlari, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, mamlakatlar siyosiy tizimida tutgan o’rni, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarning soni bilan ham farq qiladilar, Masalan: AQh 535 deputatdan iborat Kongress, Turkiya 550 nafar deputatdan iborat Buyuk Millat Majlisi, hveciyada 349 deputatdan iborat Riksdag, Misrda 454 deputatli Xalq Majlisini misol qilib ko’rsatish mumkin. Ko’rinib turibdi-ki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular o’z mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa - qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy-huquqiy amaliyotida ilk bor parlament instituti taraqqiy etgan mamlakatlarning boy tajribasidan unumli foydalanib, respublika konstitusiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo’linish principlariga asoslangan davlat organlarining tizimi shakllantirilmoqda.
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’qrisida»gi 1994 yil 22 sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun Oliy Majlis faoliyati mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis o’z vakolatiga berilgan har qanday masalani o’z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etdi. Oliy Majlis o’z faoliyatida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish principiga asoslanib, u davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan fuqarolar ega bo’lishi mumkin degan qoida belgilab qo’yilgan. AQh Konstitutsiyasida 25 yoshga to’lmagan shaxs Kongressning vakillari palatasi a`zo bo’lishi mumkin emas, deb ta`kidlanadi. Yaponiya parlamentining vakillari palatasiga 25 yoshga to’lgan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to’lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin.
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar tushunchasiga «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’qrisida» gi qonunda aniqlik kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning organlari yiqilishida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, Bosh Vazir va Vazirlar Mahkamasining a`zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy Xujalik sudining raislari, Bosh prokuror, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, shuningdek o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpoqiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy sudi, Oliy Xo’jalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.
Ikki palatalik parlament
Parlament so’zi - ang. parliament, franc. parlement , parle - gapirish degan ma`nosini bildiradi.
Tarixda birinchi parlamentlar 12-13 asrlarda vujudga kelib, 16-18 asrlarda keng rivojlana boshladi. Ba`zi olimlarimizning fikricha birinchi parlament Buyuk Britaniyaga xos bo’lib, u 1265 yillarda tashkil topgan. Parlament organi hisoblangan Senat qadimgi Rim imperiyasida faoliyat yuritgan. Uzoq vaqt davomida ikki palatali parlament shakli (bikameralizm) mavjud bulib, bir palatali parlament shakli deyarli bo’lmagan. Jahon kolonial tizimi maqlubiyatga uchrashi va yangi davlatlar vujudga kelishi sababli ko’p mamlakatlarda bir palatali parlament shakli rivojlana boshladi. Lekin ba`zida uch palatali JARda, Yugoslaviyada etti palata strukturasiga ega parlament ham bo’lgan. Parlament u yoki bu davlatda har-xil shaklda tashkil topishi mumkin.
Masalan, (Franciya, Gollandiyada) quyi palata halq tomonidan bevosita saylov orqali,yuqori palata esa mintaqa organlarining vakili sifatida bilvosita tayinlanish yo’li orqali vujudga kelishi mumkin.
Norvegiya Islandiyada quyi palata xalq tomonidan saylanadi, yuqori palata saylanganlarning ichidan tanlov asosida shakllanadi.
Italiyada 5 senator umrbod Prezident tomonidan tayinlanadi, demak ayrim davlatlarda yuqori palataning qandaydir qismi umrbod tayinlanishi mumkin.
Xitoyda esa parlamentning barcha a`zolari ko’pbosqichli bilvosita saylov orqali, umumxitoy halq yiqini vakillari tomonidan saylanadi.
Yuqori va quyi palatalar miqdor tarkibi, tuzilish bir-biridan farq qiladi.
O’zbekiston Respublikasining bo’lajak ikki palatali parlament tartibi, vakolatlari, maqomlari va boshqa jihatlariga ko’ra quyi palata faqat doimiy asosda ishlovchi deputatlardan tarkib topadi, dedilar parlament to’qrisidagi bildirgan fikrlarida Prezidentimiz
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq 10 sessiyasida Oliy Majlisning Senati to’qrisida va Qonunchilik palatasi to’qrisidagi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi.
Senta to’qrisidagi qonun 32 moddadan, Qonunchilik palatasi to’qrisidagi qonun 38 ta moddadan iborat.
Yuqori palata Senat deb nomlanib, bevosita saylovchilarning manfaatlarini emas, eng avvalo, hududlarning manfaatlarini ifoda etadi. Senat Qoraqalpoqiston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan iborat saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpoqiston Respublikasi Jo’qorqi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo’shma majlislarida mazkur deputatlar saylangandan so’ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.
Senatning o’n olti nafar a`zosi fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan va alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan Respublikamiz Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Cenat ish faoliyati asosan sessiyalarda amalga oshiriladi, quyi palata tomonidan tayyorlangan qonunni muhokama qiladi va o’z qarorini chiqaradi.
Senat a`zosi bo’lish uchun nomzod 25 yoshida va kamida Respublikamiz hududida besh yil muqim yashagan bo’lishi lozim. Senat hududiy vakillik palatasi bo’lib, Senat a`zolaridan – senatorlardan tashkil topadi. Ayni bir shaxs bir paytning o’zida Qonunchilik palatasining deputati va Senat a`zosi bo’lishi mumkin emas.
Senatning vakolat muddati – besh yil.
Senat a`zolari Senatda doimiy asosda ishlashlari mumkin. Senatda doimiy asosoda ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining to’rdan birgacha bo’lgan miqdorda belgilanadi.
Mazkur vakillar orasida viloyat Kegashlari deputatlari bilan bir qatorda tuman va shahar Kengashlarining deputatlari ham bulishi nazarda tutiladi. Bu vakillar mahalliy Kengash deputatligicha qolaverib, faoliyati a`zolarining doimiy asosida ishlashga boqliq bo’lmagan yuqori palataning yalpi majlislariga muntazam ravishda to’planib turadilar. hu tarzda yuqori palata a`zolari mamlakat parlamentida umumdavlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilish bilan birga, amalga oshirilgan ishlar to’qrisida joylarda hisobot berib turadilar va shu orqali qonun chiqaruvchi organning saylovchilar bilan aloqasini ta`minlab turadilar. eng asosiysi, qabul qilinayotgan qonunlar hayot talablariga, ijtimoiy amaliyotga mos bo’lishiga erishiladi.
Senatning asosiy vazifasi quyi palata qabul qilgan qonunlarni tasdiqlashdan iborat bo’ladi.
Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o’tkaziladi. Senatning birinchi majlisi Senat tarkib topgandan keyin bir oydan kechiktirilmay O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Qonunga binoan quyi palataning nomi qonunchilik deb ataladi va 120 deputatdan iborat bo’ladi. Bu palata saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyalik asosida saylanadi. Deputatlar saylovi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan qonunga muvofiq umumiy, teng va to’qridan-to’qri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi. Har bir deputat teng miqdordagi saylovchilarning vakili sifatida ish ko’radi. Mazkur palataning asosiy vazifasi qonunlarni tayyorlash va qabul qilishdan iborat bo’ladi.
Qonunchilik palatasiga saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan shaxs saylanadi. Bu palataning vakillik muddati besh yilga o’rnatiladi.
Qonunchilik palata doimiy ishlaydi va o’z vakolatlari davrida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa turdagi haq to’lanadigan faoliyat bilan shuqullanishlari mumkin emas.
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida o’tkaziladigan majlislaridir. Sesisyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlanib kelgusi yilning iyun` oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi.
Saylovdan keyingi birinchi majlisda Qonunchilik palatasining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerligiga nomzod ko’rsatish va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil qilish uchun, palata ko’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish qonun loyihalarini tayyoolash ishini rejalashtirish masalasini tashkil qilish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma`qullangach, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e`lon qilingan taqdirda yuridik kuchga ega bo’ladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan bir necha o’qishda ko’rib chiqiladi. hu palata tomonidan qabul qilinadi va Senatga yuboriladi. Senat qonunni ko’rib chiqadi hamda uni maqullash yoki rad etish to’qrisida qaror qabul qiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qonunni yana ma`qullasa, qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Komissiya kelishuvga erishilsa, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko’rib chiqilishi kerak. Bu holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va ma`qullash uchun Senatga yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun o’n kun ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuboriladi. Prezident o’ttiz kun ichida qonunni imzolaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni o’tkazish uchun qonunni o’z e`tirozlari bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma`qullansa, qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o’n to’rt kun ichida imzolanishi kerak.
Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda chop etilishi (e`lon qilinishi) kerak.
Ma`lumki yangi parlament tuzilishi natijasida hozirgi parlamentning huquqiy bazasida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, qator qonun hujjatlar qayta qurib chiqiladi. Ikki palatali parlamentni tuzishining yangi tartibini yaratish, huquqiy maqomini, uning vakolatlarini aniqlash, har ikki palataning vakolatlarini qonuniy tarzda taqsimlab qo’yish, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish va boshqa bir qancha ishlarni amalga oshirish lozim.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatning huquqiy maqomi o’zgartirilishi natijasida, hokimiyat barcha tizimlari o’zaro barqaror, uyqun, samarali hamkorlik qilishlarini ta`minlash zarurligi vujudga keladi. Ya`ni, ijro etuvchi hokimiyatning va ijroya hokimiyatini, butun davlat hokimiyatini boshqaruvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomi ham shunga yarasha o’zgartirilishi talab qilinadi. hu sababli hokimiyat tizimlarining muvozanatini saqlab qolish hamda ular ishini samarali tarzda muvofiqlashtirib borish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yillik qilib o’zgartirish to’qrisidagi taklif xalqning ovozi bilan tasdiqlandi. Bu esa parlamentning mazkur islohoti o’tkazilgandan so’ng Prezidentga hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari o’zaro hamkorligini, bu tarmoqlarning birgalikdagi faoliyatini yanada samaraliroq ta`minlash imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 5 apreldagi “ Davlat hokimiyati vakillik organlarining hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi muddatlari to’qrisida”gi Qaroriga binoan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov 2004 yil dekabr` oyi uchinchi o’n kunlikning birinchi yakshanbasida, Respublika Prezidentining saylovi esa 2007 yil dekabr` oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi.
Bu ulkan ishlarni amalga oshirish, Vatanimiz ko’zlagan marralarga erishish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va pirovardiga etkazish borasida yangi qonunlar qabul qilinishi, amaldagi qonunlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish lozim.
Respublikamiz Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi “Yangilanish va o’zgartirishlar jarayoni ortga qaytmaydi” nutqlarida quyidagi principlarni ko’rsatib o’tdilar.
Birinchidan – davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishida demokratik andozalar va tamoyillarni yanada chuqurroq tadbiq etish, hokimiyat – ya`ni, qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o’zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga, ularning mustaqilligini ta`minlash, har qaysi tarmoq o’z vazifa va burchini bajarishi uchun amaliy mexanizmlarini hayotda tashkil qilib berish.
Ikkinchidan – inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, ularning kafolatlarini so’zda emas, real hayotda ta`minlash.
Uchinchidan – iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda qat`iy choralar
To’rtinchidan – “Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tish” degan shiorni amalda ruyobga chiqarish.
Bu principlarni amalga oshirish uchun, birinchidan, davlatning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan o’zini o’zi boshqarish tuzilmalariga o’tkazish lozim.
Ikkinchidan – nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko’mak va yordam ko’rsatish darkor. Bu maqsadlarni real amalga oshirish uchun Prezidentimiz yangi «Nodavlat, jamoat tuzilmalari va uyushmalarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat ko’rsatish kafolatlari va shartlari to’qrisida» qonun ishlab chiqish payti keldi, dedilar.
Oliy Majlis faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi endilikda ikki palatalik organ tariqasida faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutciyasida o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’qrisidagi qonuniga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutciyasini qabul qilish unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
O’zbekiston Respublikasining konstitutciyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
O’zbekiston Respublikasining referendumini o’tkazish to’qrisida va uni o’tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
O’zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqarish haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish;
O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, chegaralarini o’zgartirish;
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o’zgartirish;
Davlat mukofotlari va unvonlarini ta`sis etish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo’mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko’rib chiqish va tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili va uning o’rinbosarini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko’rib chiqish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tuqilganda urush holati e`lon qilish to’qrisidagi farmonini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
Xalqaro shartnomalarni ratifikaciya va denonsaciya qilish;
Ushbu Konstitutciyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatida ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’qrisidagi masalalarni hal etish;
O’zbekiston faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boqliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati mutlaq vakolatlariga:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutciyaviy sudini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimdan ozod qilish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimdan ozod etish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimdan ozod etish to’qrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’qrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati a`zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’qrisidagi masalalarni hal etish;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
O’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boqliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
Tekshirish savollari:
Davlat hokimiyati deganda nimani tushunasiz?
O’zbekiston Respublikasining davlat hikimiyati tuzilishini izohlab bering.
Oliy Majlis faoliyati qanday amalga oshiriladi?
Oliy Majlis faoliyatida qanday o’zgarishlar bo’ladi?
Ikki palatali Oliy Majlisning faoliyatini gapirib bering.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |