Davlat hokimiyati boʻlinish prinsipiga koʻra qonun



Download 217,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana10.02.2022
Hajmi217,63 Kb.
#439582
1   2
Bog'liq
jhdgsioaudfsavck nsdu (3)

demokratlashtirish, 
uning mas’uliyati va mustaqilligini 
kuchaytirish markaziy o‘rin egallaydi. 
Javob 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy 
maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan 
muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. 
Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat 
faoliyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini 
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi 
bevosita Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil 
mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil takomillashtirib borildi. Xususan, 1993-2017 
yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 
2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 yilda 2 marotaba) o‘zgartish 
va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, 
Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga 
bag‘ishlangan 98-moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi 
tahrirda bayon etilganligi ham konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar 
Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba modernizatsiya qilinganligidan dalolat 
beradi. 
Qisqacha 
qilib 
aytganda, 
Konstitutsiyaning 
Vazirlar 
Mahkamasiga 
bag‘ishlangan 98-moddasining 1992 yilgi tahriri 6 qismdan iborat bo‘lib, unda 
Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarlik 
qilishi ruhi sezilib turardi. 2003 yildagi yangi tahririda ushbu 6 qism jiddiy 
o‘zgarishlarsiz saqlab qolindi, shu bilan birga yangi 4 ta qism bilan to‘ldirildi (jami 


9 ta qism, 1993 yilgi tahrirdagi ayrim qismlar birlashgan). 2003 yilda 98-moddada 
ilk marotaba Bosh vazirning roli mustahkamlanib, u konstitutsiyaviy-huquqiy 
maqomga ega bo‘ldi. 98-moddaning 2003 yilgi yangi tahriri Vazirlar 
Mahkamasining huquqiy maqomini (ijro hokimiyatini amalga oshirishi, tarkibiga 
kimlar kirishi belgilandi), Bosh vazirning huquqiy maqomini (Bosh vazir nomzodi 
Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va 
tasdiqlanishi) va vakolatlarini (Vazirlar Mahkamasining a’zolarini O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim etish; Vazirlar Mahkamasi 
faoliyatini tashkil etishi va unga rahbarlik qilishi, uning samarali ishlashi uchun 
shaxsan javobgar bo‘lishi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilishi, 
uning qarorlarini imzolashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga 
binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
nomidan ish ko‘rishi) belgilab berdi, shuningdek, eng muhimi Bosh vazir va 
Prezident o‘rtasida ijro hokimiyatini amalga oshirishdagi vakolatlar taqsimotini 
(Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi 
vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli ekanligi) mustahamladi. 
Konstitutsiya 98-moddasining 2011 yildagi yangi tahriri esa, 15 qismdan (7 ta 
yangi qismlar kiritildi) iborat bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huquqiy holatini sezilarli 
darajada o‘zgartirdi. 98-moddaning 2011 yildagi yangi tahririning eng muhim va 
asosiy, davlat boshqaruvini demokratlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan 
quyidagi ikkita yangiligini qayd etish lozim: birinchidan, ilgari O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan 
ko‘rib chiqilar va tasdiqlanar edi. 2011 yilda esa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri nomzodini ko‘rsatish tartibi butunlay demokratik mazmun kasb etdi, endilikda 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan 
siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan 
bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladigan bo‘ldi. Ikkinchidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik 
votumi bildirish vakolati hamda uni amalga oshirish tartib-taomillari konstitutsiya 
darajasida mustahkamlab qo‘yildi. 
Nihoyat Konstitutsiyamizning 98-moddasi 2014 yilda ham yangi tahrirda 
bayon etildi. Endilikda 98-modda 9 qismdan iborat bo‘lgan maqbul ko‘rinishga 
keldi. 98-moddaning 2014 yildagi yangi tahriri 6 ta yangi qoidani belgilab berdi. 


Birinchi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlari tizimlashtirildi va aniqlashtirildi, 
uning 6 ta vakolati bandlarda aniq-ravshan etib ifodalandi. Muqaddam 98-
moddaning 2011 yilgi tahririda uning atigi 2 ta vakolati aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, 
endilikda ularning soni 6 taga yetdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi ilgari faqatgina 
iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlik qilishi 
belgilangan bo‘lsa endilikda ushbu sohalar moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, 
fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy 
sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va 
amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lishi bilan to‘ldirildi. Shuningdek, 
fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, ularning faoliyati 
ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng 
muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etish kabi yangi vakolat va vazifalar 
belgilandi. 
Ikkinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari “amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” 
qaror va farmoyishlar chiqargan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolat “konstitutsiyaviy 
normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” amalga oshirilishi 
belgilandi. 
Uchinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” oldida javobgar bo‘lgan 
bo‘lsa, endilikda ustuvorlik o‘zgarib, javobgarlik dastlab O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi va undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida etib 
belgilandi. 
To‘rtinchi. Ilgari amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini zimmasidan 
soqit qilgach, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar 
hukumat qanday faoliyat yuritishi masalasi ochiq qolgan edi. Endilikda ushbu 
muammo hal etildi – amaldagi Vazirlar Mahkamasi uning yangi tarkibi 
shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini 
davom ettirib turishi belgilandi. 
Beshinchi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifalari tizimlashtirilib
uning 4 ta asosiy vazifasi belgilab berildi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘rgan bo‘lsa, 
endilikda ushbu vakolatni amalga oshirish uchun “O‘zbekiston Respublikasi 


Prezidentining topshirig‘i” shart bo‘lmaydi, ya’ni Bosh vazirning mustaqilligi 
mustahkamlanib, u ushbu vakolatni mustaqil amalga oshirishi ko‘zda tutildi. 
Oltinchi. Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar 
Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini 
taqdim etishi tartibi joriy etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi, unda belgilangan 
ijro hokimiyatini tashkil etishning demokratik prinsip va qoidalari amaldagi qonun 
hujjatlarida mustahkamlangan va sezilarli darajada boyitilgan. Xususan, 
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni 2003 yil 29 
avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2003 yildan 2017 yilga qadar ushbu 
Qonunga jami 9 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007, 2008, 2009, 
2011, 2014 va 2015 yillarda – 2 martadan hamda 2016 yil). Bularning barchasi o‘z 
navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyati mustaqillik 
yillarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan qoida va prinsiplar 
asosida izchil takomillashib kelayotganligidan dalolat bermoqda. 
Qolaversa, 
Konstitutsiyaning 
98-moddasida 
belgilangan 
Vazirlar 
Mahkamasining vakolatlari tarmoq qonun hujjatlarida rivojlantirilgan. Xususan, 
amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
ijtimoiy-iqtisodiy sohada juda keng doiradagi vakolatlar berilgan. Xususan, Qonun 
hujjatlari tahlili ularning deyarli barchasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining tegishli sohadagi vakolatlariga alohida modda bag‘ishlanganligini 
ko‘rsatmoqda. Masalan, 2016 yil 4 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan “Dori 
vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda Vazirlar 
Mahkamasining 4 ta vakolati (5-modda), 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid 
davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunda 7 ta vakolati (7-modda), 2016 yil 19 
sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 21 
sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 22 
sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonunda 8 ta vakolati (7-modda) belgilab qo‘yilgan. 
Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-
moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hokimiyatlar bo‘linishi 
prinsipiga asoslangan holda ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirib, 
mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohada samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha 
huquqiy maqomini belgilab berdi hamda mamlakatimizda ijro hokimiyati tizimini 


izchil isloh etish va yanada demokratlashtirish va modernizatsiya etishda 
mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Foydalanilgan manba. 
Normativ huquqiy hujjat; 
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. 
Foydalanilgan adabiyotlar
; Odil Qoriyev davlat huquq nazariyasi, 2021 yil
Internet manba;
 
https://constitution.uz/
 
 

Download 217,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish