Balandlik yoki nivelirlash tarmoqlari
Geodezik tayanch punktlarning planiy o‘rinlari bilan birga ba landliklari ham nivelirlash yo‘li bilan aniqlanadi. Nuqtalar balandligini bir sistemada umumdan bo‘lakka o‘tish qoidasi bo‘yicha olib borish uchun davlat nivelirlash tarmoqlari barpo qilingan. Instruksiyaga ko‘ra nivelirlash aniqligiga qarab to‘rt klassga bo‘linadi va I, II, III, IV raqamlari bilan belgilanadi. Har qaysi klassning o‘z aniqligi va nivelirlash qoidasi bo‘lib, I klass yuqori, IV klass esa quyi xisoblanadi.
Bu nivelirlash orqali mamlakatda nivelirlash tarmog‘i yaratiladi. Tarmoqlar nivelirlash yo‘li orqali hosil bo‘ladi. Ma’lum yo‘nalish bo‘yicha ketma-ket nivelirlab, nisbiy balandliklarni aniqlash orqali bosh va oxirgi nuqtalar o‘rtasidagi balandlikni aniqlashdagi yo‘l nivelirlash yo‘li deb ataladi. Bir necha yo‘nalishdagi nivelirlash yo‘llarining o‘zaro kesishib o‘tishi orqali nivelirlash tarmog‘i yaratiladi. Nivelirlash tarmog‘i asosan I va II klass nivelirlash bilan o‘tkaziladi. III va IV klass nivelirlash, asosan topografik s’yomkalarni balandlik bo‘yicha ta’minlash va turli injenerlik masalalarini xal qilishda qo‘llaniladi. Hamma klass nivelirlashdagi punktlar planiy s’yomkadagi kabi erga yoki devor sokoliga mustahkam o‘rnatiladi. Bu nuqtalar reper va marka bo‘ladi. Absolyut balandligi (otmetkasi) ma’lum bo‘lgan va erga turli ko‘rinishda mustahkam o‘rnatilgan qo‘zg‘almas nuqta reper deyiladi. Absolyut otmetkasi ma’lum bo‘lib, katta bino sokoliga o‘rnatilgan teshikli yasalma marka deb ataladi.
I klass nivelirlash eng aniq nivelirlash bo‘lib, asosan, mam-lakatimizdagi dengiz va okeanlarni tutashtiruvchi yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi; bunda dengiz suvlarining yuzasi o‘zaro bog‘lanadi. 1 klass nivelirlash quyi klass nivelirlashlarga asos bo‘lish bilan birga, turli ilmiy masalalarni echishda, masalan, erning ustki qavatida sodir bo‘ladigan geologik o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Bir kilometr yo‘lni nivelirlashda qilinadigan xato, ya’ni o‘rta kvadratik tasodifiy xato ± 0,5 mm dan, sistematik xato esa ± 0,05 mm dan oshmasligi kerak.
II klass nivelirlash 1 klass punktlariga tayanib olib boriladi, ya’ni nivelirlash 1 klassning bir punktidan boshlanib, ikkinchi punktida tugallanadi. Bular perimetri 500 - 600 km li. yopiq poligon hosil qilishi kerak.
1.5- shakl. Tarmoqlar to‘ri:
a — nivelirlash yo‘li; b — nivelirlash tarmoqlarining sxemasi; 1. I klass, nivelirlash punkti, 2. II klass nivelirlash yo‘li, 3. III klass nivelirlash yo‘li, 5. IV klass nivelirlash yo‘li.
14. 6-shaklda II klass poligoni va nivelirlash yo‘li keltirilgan. II klass nivelirlashda bir km dagi xato mm bo‘lishi lozim, bu erda L— yurish uzunligi, km. II klass nivelirlaщ, ko‘pincha, tosh yo‘l, temir yo‘l va daryolar bo‘ylab olib boriladi.
III klass nivelirlash II klass poligon ichida (14. 5-shakl) o‘tkaziladi, bunda yurish yo‘lidagi xato mm bo‘lishi kerak.
IV klass nivelirlash III klass tarmoqlarini to‘ldiruvchi (14. 5-shakl) bo‘lib, yuqori klass punktlariga tayanadi. Nivelirlash xatosi mm bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |