DAVLAT BYUDJETI TARKIBIY VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
Reja:
Davlat byudjeti
Davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni ta’milash yo’llari.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularningklassifikatsiyasi
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b. mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hoz. rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim oʻrinda turadi.
Hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda D.b. daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika D.b., Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi D.b. 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan D.b. qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng D.b.ning shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da 2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanish nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Moliya, byudjet, soliq intizomiga etarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablag’larini maqsadsiz ishlatilishida ko’p sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazoratini kuchaytirishning zarurligini ko’rsatmoqda.
Albatta, byudjet mablag’larini sarflashda byudjetdan qilinadigan xarajatlarning cheklanganligi, byudjet taqchilligining mavjudligi, byudjetda ijtimoiy sohalardan tashqari boshqa xarajatlarga-aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash, iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ham zaruriyat mavjudligini hisobga olishimiz kerak bo’ladi.
Byudjet mablag’larini sarflashda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldiga qo’yilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi ijrosi chuqur tahlil qilinishi, talab darajasida nazorat o’rnatilishi, byudjet tashkilotlarida mablag’larni maqsadli sarflash to’g’risida keng doiradagi tushuntirish ishlari etarli darajada olib borilishi lozim. Byudjet tashkilotlarining xarajatlarni katta qismini kommunal xizmat haqlari egallaydi va ular bilan shartnomalarni aniq, to’g’ri hisoblar bilan tuzish muhimdir. Byudjet tashkilotlarida kommunal xizmatlar (issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya), gaz va elektr energiya sotib olish xarajatlari limitlariga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Bank tizimida byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi tasdiqlanganidan so’ng bir hafta ichida kommunal xizmatlari ko’rsatuvchi, gaz, va elektr energiyasi sotuvchi korxonalar bilan shartnomalarni ushbu xizmatlarga smetalarida ko’zda tutilgan limitlar doirasida tuzishni ta’minlash, hisob- kitoblarni oyma-oy amalga oshirib borish, limitdan ortiqcha ko’rsatilgan xizmatlarga haq to’lamaslik muassasalarda ushbu xarajatlarga mas’ul bo’lgan xodimlarni buyruq bilan biriktiriladi. Kommunal xizmatlar gaz va elektr enegiyasini sotib olishga tuzilgan ikki tomonlama shartnomalarni hududiy moliya idoralarida nazorat-taftish boshqarmalari tekshirgandan so’ng ro’yxatdan o’tkazish va bu jarayondagi intizomga, ta’riflarga va haqiqiy ehtiyojlarga qarabxarajat qilinishining doimiy monitoringi olib boriladi. Suv, issiqlik, gaz, elektr energiyasi is’temol qilinayotgan byudjet tashkilotlarida o’lchov asboblarining to’liq o’rnatilishi va ishlashi nazorat qilinadi.
Hozirgi vaqtda byudjet muassasalarida ortiqcha mablag’ sarflanishini bartaraf etish maqsadida gaz, sovuq suv, issiq suv, elektr energiya tarmoqlari bo’yicha mutaxassislar shartnoma to’g’ri tuzilishi va byudjet mablag’larini maqsadli ishlatilishini nazorat qilib, mablag’larni iqtisod qilishi mumkin. Kommunal xizmatlar bo’yicha shartnomalar tuzilish davrida shartnomalarni sifatli va asosli tuzishni ta’minlash maqsadida malakali xodimlarni jalb qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish rejasini va byudjet majburiyatlari limitini byudjet mablag’larini taqsimlovchilariga va byudjet mablag’i oluvchilariga Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy, vazifa jihatidan, tashkiliy tasniflari ko’rsatkichlari ko’rsatilgan holda, etkazishni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan byudjet mablag’laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro’yxatli bo’lishini, byudjetdan mablag’ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish byudjet mablag’laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi.
Kelgusida davlat byudjeti xarajatlarini boshqarishda mablag’larni maqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, davlat moliya- byudjet, shtat-smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda g’aznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash va uni takomillashtirish yo’llarini belgilashda amalga oshirilgan tahlil natijalariga tayanish bilan birgalikda shu muammolarga nisbatan ilg’or xorijiy mamlakatlarning tajribalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan qayd etish lozimki, so’nggi yillarda iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda samaradorlik nazorati deb nomlanuvchi nazorat turi keng qo’llanilmoqda. Bunda an’anaviy nazorat usullari dasturli baholash, so’nggi natijaga keltirilganligi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga muvofiqligi kabi yangi vositalar bilan to’ldirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |