Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Konsolidatsiyalashgan byudjet tushunchasi, unu tuzishning zarurligi va maqsadi



Download 2,36 Mb.
bet8/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

3.4.

Konsolidatsiyalashgan byudjet tushunchasi, unu tuzishning zarurligi va maqsadi



Tayanch so’z va iboralar: davlat tuzilishi shakllari; byudjet tuzilishi; budjet tizimi; byudjetlari byudjetlararo munosabatlar; konsolidatsiyalashgan byudjet; Budjet tuzilishi modellari; unitary davlat tuzilishi; federativ davlat tuzilishi


3.1. Davlat tuzilishi shakllari va ularning mamlakatdagi byudjet tuzilishiga ta’siri. Budjet tuzilishi modellari

Byudjet tuzilishining qanday bo’lishi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog’liq bo’ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provintsiyalar, oblastlar, o’lkalar, erlar kabi) o’rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko’ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo’linadi. Unitar va federativ davlat tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan (3.1-rasm).





3.1-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari1
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o’z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo’lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo’lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Frantsiya, Italiya, Vengriya, Qozog’iston, Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O’zbekiston kabi davlatlar kiradi.2
Federatsiya davlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi. Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a’zosi (subyektlari) bo’lgan davlat tuzilmalari(shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki avtonom respublikalar va b.)dan tarkib topadi. Ularning har biri o’z ma’muriy-hududiy bo’linishiga ega. Butun federatsiya uchun umumiy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, har bir federatsiya subyektining hududida o’z davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va mahalliy organlari faoliyat ko’rsatadi. Federatsiya a’zolari (subyektlari) o’zining sud organlari va boshqa adliya organlariga ham ega bo’ladi, o’z konstitutsiyasi va qonunlarini qabul qiladi.3 Federativ davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya kabi davlatlar kiradi.
K
Konfederatsiya - davlatlarning ittifoqi bo’lib, xalqaro-huquqiy xarakterga ega. Konfederatsiya yangi davlatning vujudga kelishiga olib kelmaydi. Jahon tarixida konfederatsiyalar vujudga kelib, ulardan federativ davlatlar ajralib chiqqanligi bilan bog’liq voqealar uchrab turadi. Ayrim davlatlar amalda federativ davlatlar bo’lsada (Shveytsariya, Kanada), o’z nomlarida konfederatsiya qo’shimchasini saqlab qolganlar. Yaqin o’tmishga qaraydigan bo’lsak, ayrim konfederatsiyalar tashkil etilib, uzoqqa cho’zilmaganligiga guvoh bo’lamiz (masalan, Senegambiya - Senegal va Gambiyaning 1981-1988-yildagi ittifoqi).
onfederatsiya
nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir. Konfederatsiya davlatlar birlashmasi yoki ittifoqi bo’lib, uni tashkil etuvchi davlatlar o’z mustaqilligini to’la saqlab qoladi, o’zining hokimiyat, boshqaruv va adliya organlariga ega bo’ladi. Konfederatsiyaga a’zo davlatlar o’z faoliyatini muvofiqlashtirish uchun qo’shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat’iy belgilangan sohalarda faoliyat ko’rsatadi va qat’iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.) maqsadlarni ko’zlaydi. Konfederatsiyaga ba’zan davlatlarning federatsiyaga birlashish sari tutgan yo’lidagi oraliq bo’g’in deb ham qaraladi. Konfederatsiya alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)da ham mavjud.

Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag’larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (3.2-rasm).




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish