Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


O‘zbekiston Respublikasining yaqin va o’rta istiqboldagi byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Download 2,36 Mb.
bet27/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

O‘zbekiston Respublikasining yaqin va o’rta istiqboldagi byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini amalga oshirish yo’lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o’rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Shularning asosida 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi­ni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi1 ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi - olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir2. Ushbu maqsadga erishish uchun Harakatlar strategiyasida O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi belgilab olindi, ular quyidagilardan iborat:

  1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 

  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 

  3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 

  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 

  5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 

Mazkur yo’nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo’limlardan iborat. Xususan, “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan yo’nalish yaqin va o’rta istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

  • makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish,

  • milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish,

  • qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish,

  • iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish,

  • xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish,

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish,

  • hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish,

  • investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.

Yuqorida sanab o’tilgan ustuvorliklarni bajarish byudjet-soliq siyosatida ham muayyan o’zgarishlarni amalga oshirish zarurligini nazarda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojiga keng imkoniyat yaratish maqsadlari mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar ana shu maqsad ro’yobiga qaratilgan.
Ma’lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarishni rag’batlantirish, davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida har yili Byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari qabul qilinadi. 2017-yilgi soliq va byudjet siyosati pirovardida aholining turmush farovonligini oshirishga yo’naltirilgan.
2017-yilga mo’ljallangan davlat byudjeti, davlat maqsadli jam­g’armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyo­satining asosiy yo’nalishlari makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Xususan, yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,9 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,2 foizga, kapital qo’yilmalar hajmi esa 9,6 foizga o’sishi prognoz qilinmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan xarajatlar yal­pi ichki mahsulotga nisbatan 2,2 foiz miqdorida bo’lishi kutilmoqda, bu esa o’tgan yildagi ko’rsatkichga nisbatan 19,5 foizga ko’pdir.
Davlat byudjetida asosiy e’tibor ijtimoiy sohani rivojlantirishga, ya’ni ta’lim, sog’­liqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ish xaqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar hamda boshqa birinchi darajali to’lovlarni o’z vaqtida moliya­lashtirishga yo’naltirilgan. Bu, o’z navbatida, aholi real daromadlarining o’sishi, turmush darajasi va xarid qobiliyatining yanada oshishiga xizmat qiladi.
2017-yilga mo’ljallangan byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlarga, muhandislik, yo’l-transport hamda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga, shuning­dek, mintaqalarning daromad bazasini oshirish orqali byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa hududlarda infratuzilmaning yanada rivojlanishi, yo’llarning yaxshilanishi hamda tuman va shaharlarning iqtisodiy ­salohiyati yuksalishini ta’minlashi lozim.
Soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2016-yildagi 20,2 foizdan 18,9 foizga kamaytirishni, soliq ma’murchiligining shaffofligini ta’minlash orqali uni yaxshilashni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo’l­lab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Soliq tizimining bar­qarorligini ta’minlash maqsadida asosiy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning (foyda solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi, qo’shilgan qiymat solig’i va jismoniy shaxslarning daromad solig’i, yagona ijtimoiy to’lov) stavkalarini saqlab qolish belgilangan.
Davlat byudjetida yildan-yilga ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag’larning ulushi oshib bormoqda. 2016 yilda bunday mablag’lar byudjet xarajatlarining 59,2 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017-yilda 59,7 foizgacha ko’paytirilishi belgilangan.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish