«Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsulotining afzalligi.
Dasturiy mahsulot joriy etilgunga qadar hududiy DSBlardan faqatgina yuridik shaxslarga yer solig‘i bo‘yicha qo‘llanilayotgan imtiyozlar to‘g‘risidagi fermer xo‘jaliklarining soni va yer maydonlaridan tashqari ma’lumotlar olinmas edi.
Dasturiy mahsulot joriy etilgach, dasturiy mahsulotning DSQ pog‘onasidan barcha yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslarning yer solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, imtiyoz qo‘llanilayotgan yer maydoni, imtiyoz qo‘llash asosi va qo‘llanilgan imtiyoz summasi to‘g‘risida ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan.
Yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblariga nisbatan dasturiy mahsulotda hisoblangan yer solig‘i bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar, viloyat bo‘yicha tumanlar, tumanlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida solishtirma ma’lumotlar olinadi.
Yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslarga hisoblangan yer (yagona yer) solig‘i, to‘langan, boqimanda va ortiqcha to‘lovlar to‘g‘risida shuningdek, yer solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar, viloyat bo‘yicha tumanlar va tumanlar bo‘yicha xo‘jaliklar kesimida ma’lumotlar olinadi.
2. «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti ma’lumotlari tarkibi
«Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsilotining ma’lumotlar bazasining tarkibi va mazmuni davlat soliq xizmati organlaridagi mavjud ma’lumotlar va Soliq kodeksining 84-moddasiga asosan «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining hududiy bo‘limlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Noqishloq xo‘jalik korxonalari yer solig‘i to‘lovchilari bo‘yicha:
yer uchastkasini ajratib berilganligi haqidagi ma’lumot, ya’ni yer uchastkasini ajratib berish haqida qaror qabul qilgan organ nomi, qaror sanasi va raqami;
yer uchastkasini ma’muriy va sanoat markazlariga nisbatan joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumot;
soliq to‘lovchining joriy yildagi soliq to‘lash tartibi;
yer uchastkasini hududlar bo‘yicha 0,0001 gektar ko‘rinishida (verguldan keyin to‘rt xonali raqam bilan);
Yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘yicha:
yer uchastkasini ajratib berilganligi haqidagi ma’lumot, ya’ni yer uchastkasini ajratib berish haqida qaror qabul qilgan organ nomi, qaror sanasi va raqami;
soliq to‘lovchining joriy yildagi soliq to‘lash tartibi;
soliq to‘lovchining yer uchastkalari yer turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalarining yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yer turlari bo‘yicha 0,01 gektar ko‘rinishida (verguldan keyin ikki xonali raqam bilan);
yer uchastkasining maydoni sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan haydaladigan, lalmi, bog‘zorlar, uzumzorlar, tutzorlar, bo‘z yerlar, yaylovlarning bir gektar yer maydoni uchun ming so‘mda (verguldan keyin bir xonali raqam bilan) me’yoriy qiymat bahosi;
Qishloq xo‘jaligi korxonalari (yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan) bo‘yicha:
yer uchastkasini ajratib berganligi haqidagi ma’lumot, ya’ni yer uchastkasini ajratib berish haqida qaror qabul qilgan organ nomi, qaror sanasi va raqami;
soliq to‘lovchining joriy yildagi soliq to‘lash tartibi;
soliq to‘lovchining yer uchastkalari yer turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalarining yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yer turlari bo‘yicha 0,01 gektar ko‘rinishida (verguldan keyin ikki xonali raqam bilan);
yer uchastkasining maydoni sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan haydaladigan, lalmi, bog‘zorlar, uzumzorlar, tutzorlar, bo‘z yerlar, yaylovlarning ball bonitetlari tanlanib, yer maydonlari 0,1 gektar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |