«Noqishloq xo‘jalik korxonalari yer solig‘i hisobi» modulining “Yer solig‘i to‘lovchilar” bandi orqali tumandagi yer uchastkasiga ega bo‘lgan noqishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlari ma’lumotlar bazasi namoyon bo‘ladi, bunda korxona, tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (71200 savdo ko‘rinishida), holati («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishida) korxona, tashkilotlar foydalanayotgan yer uchastkalarining umumiy maydoni, shundan shaharlarda va tuman markazlarida joylashgan zonalar bo‘yicha 1,2,3......,14, qishloq joylarida aholi punktlarida va aholi punktlaridan tashqarida joylashgan korxona, tashkilotlarning yer maydonlari, yer qa’ridan foydalanuvchi korxonalarning karyer maydonlari, yer uchastkasi shaharlar, viloyatlar, tuman markazlariga radiuslar bo‘yicha yaqinligi, soliq solinmaydigan maydoni, korxona tashkilotlarning Soliq kodeksida belgilangan tartibda joriy yilda tanlagan soliq to‘lash tizimi («Yagona soliq», «Yagona yer solig’i» to’lovchilari ko‘rinishda) aks ettiriladi.
“Imtiyoz” bandi orqali korxona tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (71200 savdo ko‘rinishida), holati («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishda) umumiy yer maydoni, soliq solinmaydigan yer maydoni, joriy yil uchun hisoblangan imtiyoz summasi, berilgan imtiyoz turlari (Soliq kodeksi “S.K”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari “PQ”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari “VMQ” ko‘rinishda) aks ettiriladi.
«Qishloq xo‘jalik korxonalari yer solig‘i hisobi» modulining (“Qishloq xo‘jaligi korxonalari”, «Ball bonitet», «Imtiyoz», «Excel») “Qishloq xo‘jaligi korxonalari” bandi orqali tumandagi yer uchastkasiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi namoyon bo‘ladi, bunda har bir xo‘jalikning nomi, SТIR, OKONХ (21150 paxtachilik ko‘rinishida), holati («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishida), korxona tashkilotlar foydalanayotgan yer uchastkalarining umumiy maydoni shu jumladan sug‘oriladigan, lalmi haydaladigan yerlar, bog‘zorlar, uzumzorlar, tutzorlar, bo‘z yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, jami qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlar, ihota daraxtlari, terakzorlar, ko‘llar, ariq va zovurlar, yo‘llar va uvatlar, qurilish ostidagi yerlar, qishloq xo‘jaligida foydalanmaydigan boshqa yerlar, lalmikor, bo‘z yerlardagi sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtlar, tekislik (yog‘ingarchilik bilan ta’minlanadigan) zona, tekislik-tepalik (yog‘ingarchilik bilan ta’minlanadigan) zona, sug‘orilmaydigan pichanzor va yaylovlar, cho‘l mintaqa, tog‘ mintaqa, davlat zahira yer fondi aks ettiriladi.
“Ball bonitet” bandi orqali tumandagi yer uchastkasiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (21150 paxtachilik ko‘rinishida), holati («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishida) Qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 01-100 ballgacha bo‘lgan ball bonitetlar va baholanmagan yerlar to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi.
“Imtiyoz” bandida korxona va tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (21150 paxtachilik ko‘rinishida), holat («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishda) umumiy yer maydoni, soliq solinmaydigan yer maydoni, joriy yil uchun hisoblangan imtiyoz summasi, berilgan imtiyoz turlari aks ettiriladi.
3.1
Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Mazkur Nizom talablari qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini qoplash va chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan tovarlarni respublika hududidan tashqariga olib chiqilayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish bilan bog‘liq kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |