Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi
50%, biroq 1 litr uchun/13 500 so‘mdan kam bo‘lmagan
12 600 so‘m
13 800 so‘m
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar
20%
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 5-bandlarida soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) belgilangan, va mazkur tovarlarni olib kirishda qo‘llanilmaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq to‘lovchilari bo‘lib ushbu tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar e’tirof etiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida belgilangan soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga qo‘llaniladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududiga shakar xomashyosini olib kirishga aksiz solig‘i solinmaydi.
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 Aksiz solig‘i / 07.10.04.03 Aksiz solig‘ini to‘lash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari]
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Soliq davri Bir oy soliq davridir.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq to‘lash tartibi Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash 449-modda. Soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.