Yordamchi ishlab chiqarishda asosiy ishlab chiqarish yoki korxonaning asosiy faoliyati uchun yordamchi (ko`makchi) bo`lgan ishlab chiqarishlar bo`lib, ular quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: - Yordamchi ishlab chiqarishda asosiy ishlab chiqarish yoki korxonaning asosiy faoliyati uchun yordamchi (ko`makchi) bo`lgan ishlab chiqarishlar bo`lib, ular quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
- 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
- 2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar»
- Bu schyotlar aktiv bo`lib, debetida yordamchi ishlab chiqarish bo`yicha qilingan xarajatlar, kreditida ishlab chiqarish tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar haqikiy tannarx summasi aks ettiriladi. Bu schyotlarning debeti hisobot davrida boshiga qolgan tuganlanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini ko`rsatadi.
2310 va 2320-schyotlarida xarajatlarni hisobga olishda quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlar foydalanadi: - - turli xil energiyalar, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko`rsatish;
- - transport xizmatlarini ko`rsatish;
- - asosiy vositalarni ta`mirlash;
- - instrumentlar, shtamplar, qurilish detallari, konstruktsiyalar tayyorlash yoki qurilish materiallarini boyitish(asosan qurilish korxonalarida);
- - tosh, shag’al, qum va boshqa rudasiz materiallar kazib olish;
- - yogoch tayyorlash va yog’och arralash;
- - qishloq xo`jalik mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash(asosan savdo korxonalarida);
- - maxsus kiyimlar va maxsus poyafzallarni ta`mirlash ,tikish va boshqalar.
Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlar – instrumentlar, ta`mirlash tsexlari va transport tsexlari turli ishlarni bajaradi, ko`p texnolologiya operatsiyalaridan iborat mahsulotlar tayyorlaydi yoki xizmatlarni ko`rsatadi. - Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlar – instrumentlar, ta`mirlash tsexlari va transport tsexlari turli ishlarni bajaradi, ko`p texnolologiya operatsiyalaridan iborat mahsulotlar tayyorlaydi yoki xizmatlarni ko`rsatadi.
- Har bir mahsulot va ishlar bo`yicha rejalashtirish va mahsulot tannarxini hisoblash buyurtmalar va kal’ulyatsiya moddalari bo`yicha olib boriladi.
- 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar» schyotlarining debetida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish bilan bevosita bog’liq bo`lgan to`g’ri xarajatlar, yordamchi ishlb chiqarishni bajarish va xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan egri xarajatlar va brakdan ko`rilgan yo`qotishlar aks ettiriladi.
- 2310 va 2320 – schyotlar debetlanganda quyidagi schyotlar kreditlanishi mumkin:
- 0211 – 0290 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga;
- 1010, 1070, 1090 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan materiallar summasiga;
- 1210, 1310 – schyotlari – sarflangan arzon va tez eskiruvchi buyumlar summasiga;
Do'stlaringiz bilan baham: |