Davlat budjetining boshqaruvga va boshqa xarajatlari административные и другие расходы государственного бюджета administrative and other costs of the state budget


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili



Download 36,7 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi36,7 Kb.
#894854
1   2   3   4
Bog'liq
Suxanberdiyev

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Davlat budjeti xarajatlari samaradorligini oshirish, moliyalashtirishning yo‘nalishlari, tarkibini shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha bir qancha fan nomzodlari va mutahasislar ilmiy ishlar va xulosa, takliflar keltirib o‘tishgan. Jumladan iqtisodchi olimlar B.Nurmuxamedova, Sh.Xamdamovlarning “Davlat moliyasi” nomli darsligida moliyaviy nazorat, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi, davlat budjeti, budjet daromadlari va xarajatlari, budjet defitsiti, budjet tizimi va tuzilmasi, budjet jarayoniga oid masalalari nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan[1]
M.A.Xasanovning ilmiy tadqiqot ishida davlat budjeti barqarorligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari davlat budjeti, budjet daromadlari va xarajatlari, budjet defitsiti, budjet tizimi va tuzilmasi, budjet jarayoni, davlat krediti, budjetdan tashqari jamg‘armalar, ijtimoiy ta’minot, sug‘urta, uy xo‘jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalar tadqiq etilgan.[2]
Shuningdek, xorijlik iqtisodchi Yegor Timurovich Gaydar “Davlat budjeti” nomli darsligida davlat moliyasi sohasida institutsional islohotlarni amalga oshirilishining asosiy ko‘rsatgichlari tahlil qilingan. Amalga oshirilayotgan islohotlar negizida dastlab davlat budjeti ijrosiga jahon tajribasida sinalgan, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi g‘aznachilik tizimi tahlil qilingan[3].
Uzoq xorijlik olim Nevsomning ilmiy maqolasida budjet kamomadini qoplash manbalari, mexanizmlarini optimallashtirish muammolari tahlil qilingan[4].
Tahlil va natijalar.
Davlatning budjetni shakllantirish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash, ijro etish, shuningdek, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash bo‘yicha faoliyati budjet jarayoni deb ataladi.
Agar davlat budjetining rejalashtirilgan daromadlari uning xarajatlaridan ortiq bo‘lsa, bu budjet profitsiti deb ataladi.
Budjet xarajatlarining uning daromadlaridan rejalashtirilgan oshib ketishi budjet taqchilligi deb ataladi. Budjetni ijro etish jarayonida budjet taqchilligi darajasi budjetni tasdiqlash paytida belgilangan ko‘rsatkichdan oshib ketganda yoki budjetning kutilayotgan daromadlari sezilarli darajada kamayib ketganda, hokimiyat vakillik organining takliflari asosida ijro etuvchi organ xarajatlarni kamaytirishning qonuniy mexanizmini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Budjet xarajatlarining bunday “qisqarishi” sekvestr deb ataladi.
Davlat budjetining daromadlari – amaldagi tasnifga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin va qaytarib olinmaydigan mablag‘lardir.
Davlat daromadlari quyidagilardan shakllanadi:

  • markaziy va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan undiriladigan soliqlar;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatdan olinadigan daromadlardan, shuningdek davlat mulkidan olinadigan daromadlardan tashkil topgan soliq bo‘lmagan tushumlar;

  • maqsadli budjet mablag‘larining daromadlari.

Davlat budjeti xarajatlari - bu davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan mablag‘lar.
Davlat xarajatlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • harbiy;

  • iqtisodiy;

  • ijtimoiy ehtiyojlar uchun;

  • tashqi siyosiy faoliyat uchun;

  • ma’muriyatni saqlash uchun.

Davlat xarajatlari davlat va xususiy korxonalar tomonidan davlat maqsadlariga erishish uchun davlat uchun zarur boʻlgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar turlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan xarajatlardir.
Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, davlat xarajatlari moliyaviy da’volarni yaratmaydigan yoki o‘chirmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlardir.
Davlat xarajatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tovarlar va xizmatlarni davlat xaridlari;

  • davlatdan xususiy sektorga pul muomalalari;

  • davlat xizmatchilarining ish haqi;

  • ijtimoiy to‘lovlar;

  • davlat qarziga xizmat ko‘rsatish;

  • transferlar.

Davlat xarajatlari tasnifi quyidagi tuzilishga ega:

  1. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra:

  • joriy xarajatlar - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini joriy moliyalashtirishni, joriy moliyalashtirish uchun grantlar, subsidiyalar va subvensiyalar shaklida boshqa budjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi budjet xarajatlarining bir qismi;

  • kapital xarajatlar - innovatsion va investitsiya faoliyatini ta’minlovchi budjet xarajatlarining bir qismi;

  • yuridik shaxslarga investitsiya maqsadlarida budjet ssudalari sifatida berilgan mablag‘lar;

  • davlat mulki bo‘lgan mulkni yaratish yoki ko‘paytirish xarajatlari;

  1. Ssudalar (byudjet ssudalari)ni qaytarib berishni ta’minlash:

  1. harbiy:

  • milliy mudofaa va davlat xavfsizligi, mudofaa san’oati konvertatsiyasini amalga oshirish.

  1. iqtisodiy:

  • tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

  • investitsion va innovatsion dasturlar;

  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning davlat zaxiralarini, davlat moddiy zaxirasini to‘ldirish;

  • davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va to‘lash;

  • davlat mulkini shakllantirish;

  • iqtisodiy xarakterdagi boshqa xarajatlar.

  1. ijtimoiy:

  • davlat pensiyalari va nafaqalarini, boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash uchun davlat budjetidan tashqari jamg‘armalariga kompensatsiya;

  • davlat mulki bo‘lgan yoki davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi muassasalarni saqlash;

  • ijtimoiy maqsadlar uchun boshqa xarajatlar.

  1. tashqi iqtisodiy va tashqi siyosat:

  • milliy manfaatlarga muvofiq xalqaro faoliyatni amalga oshirish (davlatlararo shartnomalar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan kelishuvlarni amalga oshirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tashkilotlarga badallar);

  • xalqaro hamkorlik sohasidagi va davlatning tashqi siyosat dasturiga muvofiq boshqa xarajatlar.

  1. boshqaruv apparatiga texnik xizmat ko‘rsatish uchun:

  • prezident, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati, saylov komissiyasi, ijro etuvchi hokimiyat va ularning hududiy organlari faoliyatini ta’minlash;

  • boshqa xarajatlar.

2022-yil uchun Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3%i miqdorida belgilandi, konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 280,13 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat budjeti xarajatlari 188,91 trln so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari – 58,18 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi – 7,73 trln so‘m miqdorini tashkil etdi.

2022-yilda davlat budjeti xarajatlarida konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlarining ulushi1


Xulosa
Xulosa qilib aytganda davlat budjeti xarajatlari tizimi davlat moliya va iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Davlat boshqaruv xarajatlari hokimiyatning mazkur siyosatini ta’minlab beruvchi, davlatning ichki va xalqaro jamiyatda faol sub’ektiv aralashuvini ta’minlab beruvchi muhim iqtisodiy argumentdir. Davlatning barcha iqtisodiy siyosati aynan davlat budjet siyosatini qo‘llab-quvvatlash va davlat moliyalashtirish salohiyatini kengaytirish hisoblanadi. Xar bir yo‘naltirilgan mablag‘ to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish iqtisodiy samaradorlikni yuzaga keltiradi.

Download 36,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish