Davlat budjeti , uning tarkibi va takomillashtirish yollari
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1.Davlat budjetining daromadlar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi
2.Davlat budjetining shakillanishida soliqlarning tutgan o’rni va ahamiyati
3. Davlat byudjetining soliqli daromadlari tahlili
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Davlat budjetining daromadlar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi
Davlat byudjeti - davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallan-gan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining
taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisobla-nadi.
Budjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Budjet Kodeksining IV bo‘limi “Budjet tizimi budjetlarining daromadlari” deb nomlanadi. Ushbu bo‘limning 9-bobida dav-lat budjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, Kodeksning 50-moddasi “Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish” deb nomla-nadi va unda davlat budjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko‘rsatil-gan.
Davlat budjeti daromadlari tarkibi
1
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O’zbekis-ton Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksining IV bo’limi - Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari‖ deb nomlanadi.
Ushbu bo’limning 9-bobida davlat byudjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, Kodeksning 50-moddasi - Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish deb nomlanadi, ushbu modda bilan O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi belgilab qo’yilgan.
Miqdor jihatdan davlat byudjeti daromadlari mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatida davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog'i mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat byudjetida to’planadi-gan mablag’larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari tanlanadi va joriy etiladi.
Jahon mamlakatlarida siklik ravishda sodir bolib turadigan iqtiso-diy va moliyaviy inqirozlar har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtiso-diy barqarorlik va izchil o’sish sur‘atlarini ta‘minlashga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo’yadi. Bu vazifalarni bajarishda sa-marali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga yo'naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o’rinni egallamoqda. Shu bilan birga umumiy iqtisodiy muvozanatni ta‘minlashga yo'naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog’liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrument-lariga bog'liq bo’lmoqda. Buni o'z navbatida, keyingi yillarda kuzatilayotgan
byudjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat byudjeti daromad ko'rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilli va maqsadli sarf-lanayotgani bilan izohlash mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqli tushumlar alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjeti daromadlari ijrosi-ning so'nggi 3 yillik ma‘lumotlarining tarkibiy tahlilidan ko’rinadiki, bilvosita soliqlarning jami byudjet daromadlaridagi salmog’i 55,0-53,7 foizni tashkil etmoqda, ya‘ni davlat byudjeti daromadlarini shakllanti-rishda bilvosita soliqlarning fiskal ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Byudjet daromadlarining qariyb beshdan bir qismi esa to’g'ri soliqlar evaziga shakllanadi. 2016-2018-yillarda ular bo’yicha tushumlar jami byudjet daromadlarining 23,1-20,6 foizini tashkil qilgan.
Bir xil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘lib, markazlashgan pul fondi bo‘lgan davlat budjetini va davlatning boshqa maqsadli jamg‘armalarini majburiy tashkil etadigan soliqlar va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliq tizimi deb ataladi.
Barcha soliqlarni soliqqa tortish obyektiga, iqtisodiy mohiyatiga va budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqqa tortish ob’ektiga ko‘ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhla-nadi:
Oborotdan olinadigan soliqlar;
Daromaddan olinadigan soliqlar;
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqa-ruvchilarining yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy
shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va
bilvosta soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilar-ning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy jihatdan to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lov-chisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to‘lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To‘g‘ri soliqlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‘l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stav-kalari ko‘paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to‘lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bo‘lib, soliqning haqiqiy og‘irligi keyingi (so‘nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu yerda haqiqiy soliq to‘lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga usta-ma ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozor-larda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshi-rib yuborilsa, korxonalar
sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, budjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni - muomaladagi ortiqcha pul massasini kamay-tirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‘l-gan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‘g‘ri soliqlar stavkasi-ni kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘-paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin. Masalan. AQSh da to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet daro-madida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qila-yotganidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi.
Budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi (9.2-rasm).
Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni - mudofaa, milliy havfsizlikni ta’minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliya-lashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning
uchun uning budjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo‘lishi shart. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslarning daroma-di (foydasi) dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi.
Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy budjetlar daromadlilik darajasini tartibga solib turish maqsadida ajratmalar ajratilishi mumkin. Bordi-yu, ajratmalar evaziga ham mahalliy budjetlarning xarajatlari qoplanmasa, u holda subventsiya yoki dotatsiya beriladi. Agar kelgusi yilda mahalliy budjetlarning o‘z manbalari barqarorlashib, soliqlari hajmi ko‘payib borsa, respublika soliqlaridan ajratmalar berishning zaruri-yati bo‘lmaydi.
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mehnatkashlarga yaqin bo‘lganligidan ular ijtimoiy masalalarni - maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin odatda bu soliqlar va yig‘imlar ular budjetlari xarajatlarining 30-40
foizini qoplaydi, xolos. Mahaliy budjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb masala-lardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy hukumatgina o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishi mumkin. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning budjetiga tushadi. Ular hisobidan boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
U yoki bu mamlakatdagi muayyan hududning soliq tushumlari barqarorligi ushbu hududning rivojlanganlik darajasiga, unda ishlab chiqarish hajmlarining oshib borishiga, iqtisodiyotning tarmoq tarkibiga, kichik biznesning rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishi
2
Davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta‘minlash maqsadida hududlarning iqtisodiy va unga bog'liq ravishda byudjet salohiyatini yaxshilash, hududlardagi soliq bazasini kengaytirish maqsadida tadbir-korlik faoliyatini va kichik biznesni rivojlantirish, hududlarga xorijiy investitsiyalar oqimini rag'batlantirish, mamlakat byudjet amaliyotida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari g'azna ijrosini samarali va to'g'ri
tashkil qilish, byudjet mablag'larining maqsadli ishlatilishini ta‘minlash, moliya-byudjet-g’aznachilik organlari xodimlarining malakali bo'lishiga erishish, byudjet ijrosining avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda byudjet ijrosining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini ta‘minlash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lovlarga soliq deyiladi.
Yig‘im deganda budjet tizimiga to‘lanadigan Soliq kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni
amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi ob’yektiv zaruratdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’yektlar
ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, ular soliqlarning ob’yektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatning norentabel (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshqalar) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlar ob’yektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi. Vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun- qoidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga
oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi, bundan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag‘ sarflaydi, qolaversa, fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni ob’yektiv zarur qilib qo‘yadi.
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.