2.Davlat budjetining shakillanishida soliqlarning tutgan o’rni va ahamiyati
Yuqorida ta‘kidlanganidek, milliy daromadni qayta taqsimlash va shu asosda byudjet daromadlarini shakllantirishning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. Turli mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-95 foizni tashkil etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undiriladi va bu jarayonda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy boyligi manbalarining tugab borishiga olib kelmasligi;
soliqlarning ularni to’lovchilar o’rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi;
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta‘sir ko’rsatmasligi;
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
davlat uchun soliqlarning undirilishi arzonga tushishi;
Soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasli-gi, xususiy biznes subyektlarining soliq to’lashdan bosh tortishiga olib kelmasligi va xufya iqtisodiyotning yuzaga kelishiga sharoit yaratmas-ligi.
Korxonalar, tashkilotlar, firma va kompaniyalar tovar mahsulotlari-ni ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli xizmatlarni ko’rsatgani-da, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to’lovlarini amalga oshiradilar. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham soliq munosabati bo'lmaydi. Soliq munosabatlarida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida davlat byudjetiga mablag'larni majburiy tarzda jalb qilish jarayoni amalga oshiriladi.
Soliqlar majburiy pullik to’lovni ifoda etuvchi, soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy pul munosabatlarini anglatadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti - erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot, ya‘ni har bir iqtisodiy subyekt, tadbirkor o'z tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va o’zi iste‘molchini topib, unga mahsulotini sotish huqu-qiga ega. Shuning uchun davlat ular daromadlarining bir qismini taqsimlab, oddiy ajratma sifatida davlat byudjetiga olib qo'ya olmaydi. Erkin iqtisodiy subyektlarning daromadlarini davlat0 hisobiga undirish uchun qonun chiqa-ruvchi organning qarori, ya‘ni qonuniy asos bo'lishi zarur. Erkin iqtisodi-yot sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo’ladi, demokratik to’lovga aylanadi.
Soliq munosabatlarini tashkil qilishda, soliq to’lovchilar va davlat o'rtasida daromadlarning taqsimlanishida tomonlarning iqtisodiy manfa-atlarini albatta e‘tiborga olish zarur. Davlat o'zining ehtiyojlarini qondi-rish manfaatidan kelib chiqib, soliq to’lovchilar daromadlarini istagani-cha olib qoya olmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning ma‘lum chega-rasi mavjud. Bu chegarani davlat soliq to'lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Taqsim-lash jarayonlaridagi oqilona nisbatning buzilishi soliq to'lashdan bosh tortish, soliq bazalarini yashirish, xufyona iqtisodiyotga o’tib ketish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makrodarajada iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzil-masini yara-tish va boshqa umumjamiyat ehtiyojlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to’plash maqsadida foydalaniladi. Bir xil mohiyatga ega bo'lgan, markaz-lashgan pul fondi bo’lmish davlat byudjeti va davlatning boshqa maqsadli jamg’armalarini shakllan - tirishga xizmat qiladigan soliqlar va yig’imlar turlarining yig’indisi soliq tizimi deb ataladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23―Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari nomli moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi.
Soliq qonunchiligida belgilangan barcha soliqlarni soliqqa tortish obyektiga, iqtisodiy mohiyatiga, byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga va to’lovchilariga ko’ra quyidagicha guruhlash mumkin.
Soliqqa tortish obyektiga ko’ra soliqlar quyidagi mezon- larga qarab guruhlanadi:
Tovar aylanmasidan olinadigan soliqlar;
daromaddan olinadigan soliqlar;
mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;
yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Soliqlarlarning turli mezonlarga ko’ra guruhlanishi
qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona bojlari va yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi.
Oborotdan (tovar aylanmasidan) olinadigan soliqlarni undirishda tovar aylanmasi soliq bazasi bo’lib xizmat qiladi, ularga qo’shilgan
Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to’lovi ham oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlar foydadan, daromaddan, dividend ko’rinishidagi daromadlardan undiriladi, bu guruh soliqlarga yuridik shaxslardan foyda solig’i, jismoniy shaxslardan daromad solig’i, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliq kabilar kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan mol-mulk solig’i kiradi. Ushbu soliqlar-ning stavkalari subyektlarga tegishli bo’lgan mol-mulkning qiymatiga nisbatan o’rnatiladi va undiriladi.
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan yer solig’i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra soliqlar egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta soliqlarga guruhlanadi. To'g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. To'g’ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda kuzatilmaydi. Bu soliq-larga daromaddan va mulkdan to'lanadigan barcha soliqlar kiradi. To’g’ri soliqlar bo’yicha to’g’ridan to’g'ri daromaddan soliq to’langanligi bois, soliq stavkalarining kamaytirilishi korxonalar daromadining muayyan qismini ularning ixtiyoriga qoldirib, ular investitsion faoliyatini kengaytirish imkoni-ni yaratadi. Bu soliqlarning stavkalari ko'paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari cheklanib qoladi, iqtisodiy rivojlanishi susayadi. Davlat bu guruh soliqlar bo’yicha stavkalarni pasaytirish yoki ko’tarish bilan iqtisodi-yotning rivojlanish sur‘atlariga fiskal mexanizmlar orqali ta‘sir ko’rsatadi.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to’lovchilari mahsulot ishlab chi-qaruvchilar (yuklab yuboruvchilar), xizmat ko’rsatuvchilar va ishlar bajaruvchilar bo’lib, soliqning haqiqiy og’irligi esa keyingi (so’nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga ustama ravishda qo’yiladi va mahsulotning sotilishi bilan soliq summasi davlat byudjetiga kelib tushadi. Bu soliqlar mamlakat-da ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, milliy bozorning tovarlar bilan ta‘minlanishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to'g'ridan to'g'ri ta‘sir etmaydi, ularning investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi chuqur tahlil qilinmasdan turib oshirib yuborilsa, mahsulotning narxi ko'tarilib ketadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini sotish bilan bog'liq qiyinchilik-larga uchraydilar, bu esa foydaning ham, byudjetga to'lovlarning ham kamayishiga olib keladi. Egri soliqlarning yana bir jihati shundaki, ular orqali muoma-ladagi ortiqcha pul massasi kamaytirilib, inflyatsiya sur‘at-lari jilovlab boriladi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo'lgan aholi-ning real daromadlarini (iste‘mol buyumlari va xizmatlarning egri soliqlar hisobiga qimmatlashishi sababli) pasaytiradi. Egri soliqlar tarkibiga qo’shil-gan qiymat solig’i, aksiz solig'i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. Jahon soliq amaliyotida to’g'ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivoj-lanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin.
Masalan, AQSHda to'g’ri soliqlar byudjet daromadlarining qariyb 90 foizini tashkil qiladi. Asosan iste‘molga solinadigan egri soliqlar salmog’ining yuqori bo’lishi past darajadagi rivojlanishdagi va rivojlana-yotgan mamlakatlarga xosdir.
Byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga ko’ra soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi.
Har bir darajadagi hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, o’zlariga tegishli bo’lgan byudjetga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Markaziy hukumat umum-davlat va umumjamiyat miqyosidagi vazifalarni – makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni samarali boshqa-rish va tartibga solish, mudofaa, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash infratuzilmasini yaratish, davlat ahamiyatidagi ijtimoiy xizmat-larni moliyalashtirish, atrof-muhit muhofazasi va ekologik muvozanatni saqlash va boshqa bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Shu sababli mamlakatning markaziy byudjetida (O'zbekistonda–respublika byudjeti-da) byudjet tizimi mablag’larining salmoqli qismi markazlashadi.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjetining daromadlari bo’lib, ularga: qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)ga soliq, jismoniy shaxslardan daromad solig’i, yer qari-dan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yagona soliq to’lovi, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat‘iy belgilangan soliq kabilar kiradi.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga ko’ra guruhlanishi
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, mahalliy byudjetlarga doimiy va to'liq biriktirib beriladi. Ularga: mol-mulk solig’i yer solig’i, benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste‘moli uchun soliq, yagona yer solig’i kabi soliqlar kiradi. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi, ular hisobidan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy hukumatlar asosan hududiy darajadagi ijtimoiy masalalar-ni – ta‘lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchi-ligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin ko'p hollarda bu soliqlar va yig’imlar ular byudjetlarining balansliligini ta‘minlay olmaydi va natijada byudjet-lararo transfertlardan foydalanish mexanizmlari ishga tushadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yurtimizda iqti-sodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiy erkinlashtirish, davlat boshqaruvchilik funksiyasini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Shu bilan birgalikda milliy ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirish, budjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlash, budjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik muhim ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, soliqlar orqali iqtisodiyotni boshqarish mexanizmini to’g’ri, oqilona ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish lozim bo’ladi. Bu haqda fikr yuritar ekan birinchi Prezident I.A. Karimov shunday ta’kidlaydi: “Soliq siyosatini takomillashti-rish iqtisodi-yotni barqarorlashtirishga va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqa-ruvchi omil bo’lib qoladi”.
Bugungi kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini amalga oshirish yo’lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruza-lari, tavsiyalari va sharhlari o’rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Shularning asosida 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi3 ishlab chiqil-di. Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi - olib borilayotgan islohotlar samara-dorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi-ni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir4. Bozor iqtisodiyoti sharo-itida budjet-soliq siyosatining asosiy vazifalari iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayo-ni o’stirishga va uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Ushbu maqsadga erishish uchun Harakatlar strategiyasida O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi belgilab olindi, ular quyidagilardan iborat:
ko‘rsatadi. Ularning Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Miqdor jihatdan budjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda davlatning ulushini absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda dav-latning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda budjetda to‘planadigan mablag‘larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi.
Davlat budjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bo‘lib, davlatning funksiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Budjet so‘zi g‘azna ma’nosini bildirar ekan, uning mohiyati ham davlatning qo‘lida markaz-lashtirilgan pul jamg‘armalarining tashkil etilishi va davlatning siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar yuzasidan pul munosabatlarini bildiradi. Davlat budjeti moliya tizimi hamda davlat moliya bo‘g‘inining asosiy qismidir.
Mahalliy budjetlar -hududiy moliyaning asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Mahalliy budjetlarning daromadlari, asosan, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, soliqsiz daromadlar, yuqori turuvchi budjet tashkilotidan olinadigan ajratmalardan tashkil topadi.
- mahalliy budjetlar bo‘g‘inlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti;
- viloyatlar budjeti;
- shaharlar budjeti;
- tumanlar budjeti;
- shaharlar tarkibidagi tumanlar budjeti (Toshkent shahrida);
- tumanlar tarkibidagi shaharlar budjeti.
Davlat budjetining harakat qilish mexanizmi ikki ko‘rsatkichda bo‘ladi:
Davlat budjetining daromadlari.
Davlat budjetining harajatlari
Daromadlar – bu davlatning sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun moliyaviy baza hisoblanadi.
Budjet daromadi birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilari tomoni-dan jami ijtimoiy mahsulotni qiymatini taqsimlash natijasida shakllangan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat ixtiyorida vujudga kelgan qiymatni maqsadli fondler hududlar-aro va tarmoqlararo fondlarni tashkil etish uchun qayta taqsimlash xususiyatga ega-dir. Davlat budjeti har yili ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublika-si davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari boshqa iqtisodiy kategoriyalar: soliq, narx, kredit, foyda, tannarx, qiymat va hakazolar bilan birgalikda turli munosabatlar-ga kirishar ekan, ular ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqlar va soliqlarga tenglashtiriluvchi majburiy to‘lovlar;
Davlat mulkini xususiylashtirishdan keladigan daromadlar;
Davlat zayomlari;
Qog’oz pullar emissiyasi va boshqalar.
Davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo‘lib soliqlar hisoblanadi. Soliqlar soliq qonunchiligi vositasida joriy etiladi. Soliqlar asosan fiscal, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Davlat budjeti daromadlarini shakillan-tirish soliqlarning fiskal funksiyasini kasb etsa, ayrim tarmoqlar rivojlani-shini rag‘batlantirish maqsadida turli xil imtiyozlar beriladi va kam daromadli aholining soliqlardan ozod etish, ularni davlat tonmonidan moliyalashtirish hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi. Hozirgi sharoitda davlat budjeti daromadlarini shakllantirish-ning samarali manbai bo‘lib soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar hisoblanadi.
Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’ektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsat-maydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektib amal qilishini talab etadi.
Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir.
1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi va 1998 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Ushbu kodeks soliqlar va yig‘imlarni yagona hujjatga to‘pladi, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq turlarini belgiladi.
1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi va 1998 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Ushbu kodeks soliqlar va yig‘imlarni yagona hujjatga to‘pladi, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq turlari-ni belgiladi.
Shuningdek, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning huquqiy asoslari-da muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 1997 yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksini keltirib o‘tishimiz mumkin.
Soliq tizimini tartibga solish va mukammalashtirish moliyaviy tizimni rivoj-lantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usul hisoblanadi.
Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol-mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar).
Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yuri-tuvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishi-miz mukin:
Bojxona organlari vakolatidagi davlat byudjetiga to’lanadigan bojxona to’lovlari bo’yicha 23 322,5 mlrd so’m aniqlashtirilgan prognoz belgilanib, amalda 24 708,4 mlrd so’mga yoki 1 385,9 mlrd so’mga ko’p (105,9 foiz) bajarilgan.
Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, budjet daromadlarining shakllanishida 2020-yilda ham bilvosita soliqlarning ulushi yuqori bo‘lib, jami daromadlarning 34,9 foizi ushbu daromadlar hisobidan shakllanmoqda; bevosita soliqlarning ulushi 34 foizni tashkil qilmoqda, ya’ni budjet daromadlarining qariyb 3 dan bir qismini bevosita soliqlar tashkil qiladi; resurs to‘lovlari va molk-mulk solig‘ining budjet daromadlarini shakllantirishdagi ishtirokini ular tashkil qilib turgan 16 foizlik ko‘rsatkichdan ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |