Davlat boshqaruvida fuqarolarning qatnashuvini kengaytirish.
Reja:
1. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni.
2. Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatining kuchaytirilishi.
3. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi.
4. Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishningmuhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi,ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoityaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi–erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish,mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi,millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyatishunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqaehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi:
birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiliginitashkil qiladi. Binobarin,xususiy mulk–fuqarolik jamiyati shakllanishi va funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi.
2 – Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun kengimkoniyatlar yaratilishi mumkin.
3 – Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat:
a) – har qandaydemokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishninazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishisharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardanxabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishningyagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plabfunksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyatiinstitutlariga o‘tkazish hisoblanadi.
b) – O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar - ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlattipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar,jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyathayotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
c) – O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlatnotijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo‘yicha markazlar, jamg‘armalar,assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo‘lib, ular, mamlakatimizdafuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlashdamuhim rol o‘ynaydi.
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tib boorish jarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlattashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining rolikattadir.
Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olinganshaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shuasnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbarxohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan,fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiyfaoliyat asosini tashkil qiladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga a’zo bo‘lgan kishilar,shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amalqilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati,o‘tkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi.
Hozirda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat a’zolarining manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyatiinstitutlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning o‘zligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda o‘zini o‘zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir.
Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlariva jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlatnotijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti –jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad3(foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni(foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarishtashkilotidir”
1. “Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiymaqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi”
2. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari 3-sektor deb ham yuritiladi. 1-sektor davlatga qarashli bo‘lgan muassasalar(masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limmuassasalari kabilar shular jumlasidandir), 2-sektor esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardafaoliyat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari(masalan, birlashmalar, kichik va o‘rtabiznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan tortib o‘rta va kichik korxonalar, kichik, o‘rta biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli xususiy korxona va tashkilotlar kiradi.
Nodavlat va jamoat birlashmalari o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida fuqarolar manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balkifuqarolik institutlari orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o‘z manfaatlarini qonun ustuvorligiga asoslangan tarzda himoya qila olsagina hayotdan qoniqib yashaydi, o‘zi yashayotgan jamiyatni adolatli deb biladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘liq amal qilib borishida nodavlat va jamoatbirlashmalarining roli beqiyosdir. Aynan mana shu nodavlat va jamiyat tashkilotlariO‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar - birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar,markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyati darajasi bilan belgilanadi. Mazkurtuzilmalar ijtimoiy munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, diniy, ta’lim-tarbiyava turmush tarzi kabi sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘znavbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
Ushbu tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davlat tomonidan emas, balki fuqarolarning o‘zlaritomonidan tashkil qilinadi va mavjud qonunlarga amal qilgan holda davlat tashkilotlari tasarrufidan xoli ravishda faoliyat yuritadi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonun-qoidalar va me’yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, jamoat fondlari kabilarnio‘z ichiga oladi.
Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti tomonidan aniqlanishicha, hozirda O‘zbekistonda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining 40 foizi – ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni himoya qilishga, 14,2 foizi – ayollar va yoshlar muammolarini hal etishga, 13,6 foizi – sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya sohasiga, 12 foizi esa boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
Mustaqillikka erishgan kunimizdan buyon o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonning siyosiy tizimida ulkan va jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Avvalambor, davlatimizning huquqiy poydevori yaratildi. Eng yuksak demokratik talablarga javob beradigan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining birinchi Konstitusiyasi qabul qilindi.
Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. O‘zbekiston parlamenti - Oliy Majlis ilk marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylandi.
Hokimiyat bo‘linishining konstitusion tamoyillari asosida qator qonunlar ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Ijro va sud hokimiyati tarmoqlari shakllandi.
Mamlakatimizda siyosiy o‘zgarishlarga mos ravishda ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy tizim yaratildi. Shu tufayli biz o‘tmishni baholashda barcha fuqarolarning hamfikrliligiga, umummilliy yakdillikka erisha oldik. Siyosiy islohotlarning har tomonlama chuqurlashishi uchun qulay sharoit hozirlandi.
Barchamizga ayonki, yaqin o‘tmishda qilgan ishlarimizni, faoliyatimizni eslar ekanmiz, avvalambor, oldimizda turgan ulkan vazifalar haqida gapirishimiz tabiiydir.
"Bugun biz qanday davlat qurayapmiz? Uning siyosiy va ijtimoiy negizi, uning qiyofasi qanday bo‘lishi kerak? Yangi demokratik jamiyat shakllanishida uning ta’siri qanday bo‘ladi?"- degan savollarga javob topish, bu xususda atroflicha fikr yuritish fursati yetdi.
Albatta, bu masalalar bizning Konstitusiyamizda o‘z ifodasini topgan. Maqsadimiz aniq - bozor iqtisodi tamoyillariga asoslangan, erkin, ochiq, demokratik davlat qurish. Biroq ana shu maqsad sari qadam qo‘yar ekanmiz, qurayotgan davlatimizning shaklini, qiyofasini o‘zimiz yaqqol tasavvur qilishimiz kerak. Shu maqsadga erishish uchun jamiyatimizning taraqqiyot bosqichlarini aniq belgilab olishimiz zarur.
Bular murakkab, ayni paytda g‘oyat muhim masalalardir. Biz bu savollarga qanchalik to‘g‘ri javob topa olsak, adolatli, demokratik jamiyat qurishning eng maqbul va ma’rifiy yo‘llarini shunchalik tezroq topamiz. Xalqimiz kelajagi, Vatanimiz istiqboli ana shunga bog‘liq.
Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo‘q. Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita inson bulmaganidek, bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat ham yo‘q. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas.
Har bir davlat - betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir.
Kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kompleks oʻrganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
1. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Taʼsischilar kengashining institutni Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini oʻrganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida fundamental va amaliy tadqiqotlar tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida oʻrta va uzoq istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va strategik yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolik jamiyati rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini va ushbu sohada huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, jamoatchilik boshqaruvida ularning ishtirokini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash;
ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligi, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralarining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari bilan hamkorlik darajasini, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va joriy etishni tashkillashtirish, ular asosida Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati holati va rivojlanish tendensiyalari haqida davriy va maxsus ilmiy-tahliliy maʼruzalar hamda boshqa materiallar tayyorlash;
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini, aholining ijtimoiy kayfiyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa vazifalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini oʻrganish va tizimli tahlil qilish;
raqobatdosh koʻppartiyali tizimning rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, siyosiy partiyalar tomonidan oʻz elektorati manfaatlari yoʻlida oʻtkaziladigan tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolar faolligini oshirish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining muammolarini tizimli oʻrganish;
fuqarolik jamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishni tashkil etish, ularning yakunlarini tahlil qilish va umumlashtirish, shu asosida sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vazifalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqida jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganishni tashkil etish, umumlashtirish va tahlil qilish, tegishli ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish;
fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga tegishli professional koʻnikmalarini shakllantirishda va ishbilarmonlik malaka darajasini oshirishda koʻmaklashish;
davlat va jamiyat oʻrtasida ochiq muloqotni tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, aholi bilan qayta aloqa mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishning optimal yondashuvlarini ishlab chiqish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish borasida rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini oʻrganish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy-uslubiy va axborot jihatdan taʼminlash.
3. Markaz va uning hududiy boʻlinmalarining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 115 nafardan iborat boʻlgan tuzilmalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Markaz direktori, zarur hollarda, Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga egaligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Belgilansinki:
Markaz nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Markaz qayta tashkil etilayotgan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining huquq, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markaz direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi rahbari oʻrinbosari hisoblanadi;
fuqarolik jamiyati institutlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Markaz bilan ham kelishiladi;
Markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun shartnoma asosida yetakchi ilmiy, taʼlim va tahliliy, shu jumladan, xorijiy muassasalar ekspertlarini jalb etish huquqiga ega;
davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama koʻmaklashadi, jumladan, Markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun unga zarur shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek, soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi, Markaz tomonidan oʻtkazilgan tahlillar yakunlari boʻyicha kiritilgan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqadi;
2019-yil 1-noyabrdan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Markaz xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Qayd etilsinki, ushbu bandning sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan subsidiya shaklida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
5. Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan taʼminlash tartibi saqlab qolinsin.
Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
xalqaro moliya va boshqa institutlar, chet el tashkilotlari grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga, shuningdek, Markazning taʼsischi – tashkilotlariga har yili uning buyurtmanomalariga binoan Markaz faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish tavsiya etilsin.
6. Markazga:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha seminarlar, ilmiy va ekspert muhokamalarini muntazam oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilarini hamda ekspert-tahlil yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy va boshqa taʼlim muassasalari talabalari (tinglovchilari)ni ish oʻrganuvchi-tadqiqotchi sifatida jalb etgan holda ilmiy-oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirgan holda 2020-2022 yillarda Markaz xodimlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy tadqiqot va tahliliy institutlariga ish oʻrganish uchun yuborish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish tavsiya etilsin.
7. Belgilansinki:
a) fuqarolik jamiyati rivojlanishi boʻyicha Markaz tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillarning natijalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |