Davlat boshqaruvi va fuqorolik jamiyati instutlari o’zaro munosabatlari



Download 28,07 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi28,07 Kb.
#204049
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DAVLAT BOSHQARUVI VA FUQOROLIK JAMIYATI INSTUTLARI O


DAVLAT BOSHQARUVI VA FUQOROLIK JAMIYATI INSTUTLARI O’ZARO MUNOSABATLARI

Fuqarolarning huquq — erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda demokratik qadriyatlarni rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli alohida. Bu loyihaning monitoring ishlari natiyjasiga binoan 2015 yil aprel oyi holatiga ko‘ra Qorakalpog‘iston Respublikasida jami 525 ta nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlandi. Shundan, 222 tasi hisob ro‘yxatidan, 303 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.


Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida «Tadbirkor ayol», «Orol oltin merosi», «Nogironlar jamiyati» Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limlari, «Qoraqalpog‘iston lider ayollar assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar faol ishtirok etib kelmoqda. Ular ushbu faolliklari bilan aholining turli qatlamlarini ishbilarmonlikka tortishda va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali oilalar iqtisodiy bazasini mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga yaqindan yordam ko‘rsatmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirishda ular tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar samarali amalga oshirilmoqda. Ya’ni, aholining ish bilan ta’minlanishida, yoshlarni kasbga yo‘naltirishda, uy bekalarining faolligini oshirishda NNT o‘z hissalarini qo‘shmokda. Ularning davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borishi katta samara berayotir.
Bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatning turli sohalaridagi yangilanishlarga, ularning rivojiga o‘zining samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda».
Fuqarolik jamiyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Institutning Hududiy bo‘linmasi «Ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va demokratiyalashtirishni monitoring qilish» guruhi tomonidan 2014 yilda tahliliy monitoring ishlari olib borildi. Jumladan, Institut tomonidan respublikadagi bosma nashrlarni o‘rganish mobaynida «Hududiy gazetalar monitoringi yakunlari» choraklik to‘plamlarini tayyorlash amaliyoti davom etmoqda. Ulardan ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi hududiy nashrlarda chop etilgan tanqidiy va tahliliy ruhdagi eng muhim materiallar joy oldi. Shular bilan bir qatorda tanqidiy materiallar chop etilishi va ularda ko‘tarilgan muammolar yechimiga tegishli davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining munosabati tizimli ravishda monitoring qilinib kelinmoqda.
«Ommaviy axbarot vositalari liberallashtirish va demokratiyalashtirishni monitoring qilish» guruhi tomonidan har bir OAV va tajribali jurnalistlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 54 ta ommaviy axborot vositasi ruyxatdan o‘tib, faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning 37 tasi gazeta, 9 tasi jurnal, 4 tasi televideniye, ikkitasi radio, 1 axborot-byulleten va Qoraqalpog‘iston axborot agentligidir. Respublikadagi gazetalar asosan 3 ta tilda – qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. «Qaraqalpaq Adebiyati» gazetasida ingliz tilida ham materiallar chop etilib boriladi.
Prezidentimizning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z yerkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana bir muhim davrni boshlab berdi.
Respublikada chiqadigan «Taraqqiyot ko‘zgusi», www.amunews.uz Internet veb sayti, Elliqqal’a-TV, «Aqmang‘it tan’I’», «Qaraqalpaq A’debiyati’», «Mening oilam» gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 2014 yil tashkil etilgan grant tanlovida jami 70500,0 mln. so‘mlik loyihalarni yutib oldilar.
Lekin shu bilan birga ushbu sohada ham mavjud muammolar ko‘zga tashlanadi. Hududdagi ommaviy axborot vositalari son ko‘rsatkichlari yetarlidir, ammo sifat to‘g‘risida bunaqa deb bo‘lmaydi. Sababi gazetalar sahifalarida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi muammolar tahliliga bag‘ishlangan tanqidiy materiallar kam berilmoqda.
Respublikadagi 54 ta ommaviy axborot vositalaridan faqat to‘rttasi o‘z binosiga, beshtasi o‘z transportiga ega. Qolgan aksariyat ommaviy axborot vositalari zarur sharoitlarga ega bo‘lmagan ijaradagi binolarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavjud muammolarni hal qilish uchun OAV xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yaxshi shart-sharoitida mehnat qilish uchun imorat, bino masalasini hal qilish zarur. Shuningdek, gazetalarning barchasiga internetga ulanish va o‘z veb-saytini ochishga amaliy yordam ko‘rsatish zarur deb hisoblaymiz.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga oid islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining roli alohida ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda 401 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, shundan 141 tasi ovul, 15 tasi shaharcha va 245 tasi mahalla fuqarolar yig‘ini hisoblanadi. 2013 yil noyabr-dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishchi guruhlar tomonidan 1 ming 208 nafar nomzod tavsiya etilib, muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 401 ta fuqarolar yig‘inlari raisi va ularning 3600 dan ortiq maslahatchilari saylandi. Saylangan raislarning 324 nafari oliy ma’lumotli, 73 nafari o‘rta maxsus va 4 nafari o‘rta ma’lumotlidir.
Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi rolini kuchaytirish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan yoshlar, ayollar, tadbirkorlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar, fuqarolarning huquqiy savodxonligini o‘rganish borasida sotsiologik tadqiqotlar, monitoring ishlari olib borilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy soni 1763200 nafarni, shundan 30 yoshgachalari soni 1075500 ta umumiy aholining 61 foizini tashkil qiladi. Aholi, jumladan yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi tadbirlarimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Kamolot» YoIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Siyosiy partiyalar va ularning «Yoshlar qanoti», O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilinishi o‘zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda.
Hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ijobiy natijalar berayotgani yoshlarimizning tanlovlarda erishayotgan yutuqlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchi yoshlari orasida har yili o‘tkazilib kelinayotgan «Siz qonunni bilasizmi?» tanlovining yakuniy O‘zbekiston Respublikasi bosqichida 2012 yil Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyning o‘quvchi yoshlari, 2013 yil Nukus ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji o‘quvchi yoshlari va 2014 yilda QDU qoshidagi 3-sonli akademik litsey o‘quvchi yoshlari I o‘rinni egalladi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» YoIH Markaziy Kengashi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, IIV, Bosh prokuratura, siyosiy partiyalarning Markaziy Kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan tuzilgan Memorandumlar albatta o‘z samarasini berib kelmoqda.
Hududiy bo‘linmamiz yoshlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida ham samarali faoliyat olib bormoqda. Bu boradagi ishlarimiz tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirda ta’lim muassassalarida tahsil olayotgan yoshlarning huquqiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasi, dunyoqarashi kengayib, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati, uning rivojlanish istiqbollari, bu boradagi oldimizda turgan strategik vazifalarga oid masalalarni tobora chuqurroq tushinib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda joylarda fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji, jamiyat hayotidagi muhim masalalarni hal etishda nodavlat tashkilotlarining faolligi ortib bormoqda. Bu boradi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi alohida faollik ko‘rsatmoqda. Joriy 2015 yilda ham hamkor tashkilotlar va faol ekspertlar ishtirokida bu yo‘nalishdagi amaliy ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.
 Fuqarolik jamiyati– bir qancha gumanitar fanlarning tushunchasi bo‘lib, ijtimoiy falsafiy jihatdan jamiyatdagi nosiyosiy va siyosiylashmagan ma’naviy va iqtisodiy munosabatlarning yaxlit majmuasi. Ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida ko‘pgina jamiyatshunos olimlar “fuqaro” va “fuqarolik jamiyati”ga o‘z munosabatlarini bildirgan. Fuqarolik jamiyati tushunchasining iddizlari Aristotelning «polis» g‘oyasiga borib taqaladi. Mazkur an’anada fuqaro­lik jamiyati va siyosiy davlat o‘zaro bir-birining o‘rnini bosuvchi atamalar sifatida qaralar edi. Qadimgi grek mutafakkirlari tasavvurida «siyosat» tushunchasi jamiyat hayotining barcha muhim sohalarini: oila, din, ta’lim, madaniyat va boshqalarni qamrab olgan. Ular tor ma’nodagi boshqaruv bilan bog‘lash funksiyalar, masalan, qonunlar ishlab chiqish va ularni qabul qilish, urush, diplomatiya kabilar sifatida qaralgan.

Jamiyat a’zosi bo‘lish jamiyatning fuqarosi - a’zosi bo‘lishni, binobarin uning qonunlariga muvofiq va boshqa fuqarolarga zarar etkazmasdan harakat qilish majburiyatini anglatar edi. Bu holat antik davrda va o‘rta asrlarda inson o‘zini iqtisodiy, diniy, ijtimoiy va boshqa sohalardan tashqarida tasavvur qila olmaganligi bilan izohlanadi. Ushbu sohalar o‘z navbatida davlat bilan, siyosiy tizim bilan ajralmas bir butunlikni tashkil etdi. Hayotning barcha eng muhim sohalari, aslida, davlat, siyosiy ibtidosi bilan sug‘orilgan edi.

Bunday yondashuv XVIII asrgacha o‘zgarmagan holda saqlanib keldi. YAngi davrning mashhur mutafakkirlari J. Lokk, J. J. Russo, I. Kant «fuqarolik jamiyati» va «davlat» tushunchalaridan sinonimlar sifatida foydalandilar. Asta-sekin fuqarolik ja­miyati bilan davlat o‘rtasida chegaralanish yuz beradi.

Fuqarolik jamiyatining kelib chiqishi, tarixiy taqdiri, qirralari, uning davlat hokimiyati bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi «fuqarolik jamiyatini qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organla­riga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutishi rad etib bo‘lmaydigan fakt hisoblanadi.

CHinakam fuqarolik jamiyati deb ijtimoiy hayotning barcha sohalari: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohada eng maqbul mutanosiblikka erishgan, jamiyatning doimiy ravishda oldga qarab harakat qilishi ta’minlangan jamiyatni hisoblash mumkin. Fuqarolik jamiyati shaxslar ittifoqi bo‘lib, ularsiz hech qanday ma’noga ega emas. Jamiyatning sifati uni tashkil etuvchi, ijtimoiy hayot shakllariga o‘z xohish-irodasi intilishlari, ma’naviy mezonlari bilan ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarning sifatiga bog‘liq. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi individual erkinlik g‘oyasining shakllanishi bilan uzviydir.

Fuqarolik jamiyati xususiy mulk egalarining hamjamiyati bo‘lib, bu jamiyatda ularning barchasi ijtimoiy maqomi, diniy va siyosiy qarashlari, irqiy mansubligidan qat’i nazar, huquqiy jihatdan qonun oldida tengdirlar. Fuqarolik jamiya­ti a’zolari qonunda ko‘zda tutilgan barcha vositalar yordamida o‘z manfaatlarini himoya qilishlari mumkin. CHinakam fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror topishining zaruriy sharti iqtisodiy va siyosiy hokimiyat hamda mulk bilan hokimiyat o‘rtasida chegaralanishning mavjudligidir.

Yuksak darajada rivojlangan fuqarolik jamiyati davlat barqarorligining asosini tashkil etadi. Agar davlatga zil keta boshlasa, fuqarolik jamiyatining mustahkam tuzilmalari uni suyab qoladi. Bu ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari uchun xos xususiyatdir.

Yuksak darajada rivojlangan fuqarolik jamiyatining belgilari quyidagilardir:


  • shaxs erkinligining asosiy sharti - odamlar tasarrufida xususiy mulkning mavjudligi;


  • jamiyatda uning turli guruhlari va tabaqalarining turlicha va ko‘pdan-ko‘p manfaatlarini aks ettiruvchi har xil ijtimoiy tuzilmalar, rivojlangan va tarmoqlangan demokratiyaning mavjudligi;


  • jamiyat a’zolarining intellektual, psixologik rivojining yuqori darajada bo‘lishi, ularning mustaqil va erkinligi, aholi qonuniy huquqlarining ta’minlanishi.


Buyuk Britaniya fuqarolari hazil qilib, «bizning davlatga ikki holatda ishimiz tushadi, qutidan xat-xabarlarni olganimizda va ko‘cha harakati qoidalarini buzganimizda», deydilar.

Aksincha, fuqarolik jamiyati zaif rivojlangan mamlakatlarda kishilar doimiy ravishda davlatga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar: u nimanidir tartibga soladi, nimanidir hal qiladi, nimanidir tasdiqlaydi, odamlarning ish va yashash joylariga oid, sayyohlik va ilmiy safarlar bilan bog‘liq masalalarga qadar o‘zi hal etadi.


Download 28,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish