29-modda. Bojxona organlari xodimlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash Bojxona organlari xodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
30-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlari xodimlari, boquvchisini yo‘qotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.
31-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat sug‘urtasi Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.
32-modda. Bojxona organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek halok bo‘lganlarning oilalariga bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga ularni bojxona organlaridagi xizmatga va Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar 33-modda. Bojxona organlarining ramzlari Bojxona organlari bayroq hamda farqlash belgisiga ega bo‘lishi mumkin.
Bojxona organlarining bayrog‘i hamda farqlash belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
34-modda. Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarida budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilishi mumkin.
Bojxona organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus transport vositalaridan, shu jumladan bojxona organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, bo‘yoqli rangli grafik sxemaga ega bo‘lgan transport vositalaridan, shuningdek boshqa maxsus vositalardan foydalanadi.
Bojxona organlarining moddiy-texnika va transport ta’minotidan foydalanishi tartibi, shuningdek ularning normalari hamda limitlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.